8 Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligini baholash me'zonlari. Reja


Oziq-ovqat xavfsizligini baholashga yondoshuvalar



Yüklə 271,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix26.10.2023
ölçüsü271,33 Kb.
#130875
1   2   3   4   5
Lecture - 8

Oziq-ovqat xavfsizligini baholashga yondoshuvalar; 
Oziq-ovqat xavfsizligi deganda mamlakat iqtisodiyotining shunday holatini 
tushunish lozimki, bunda jahon bozorlari kon’yunkturasidan har bir aholiga davlat 
tomonidan ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq keladigan maqsadlarda oziq-
ovqat bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi, ya’ni masalaning bir tomonida taklif 
turadi, ikkinchi tomonida talab va iste’molni tibbiy me’yorlar darajasida saqlash 
uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash quyidagi ko’rsatkichlar 
yordamida amalga oshiriladi: 

mamlakatning barcha hududida to’lovga qobil talabga mos keladigan 
miqdorda va assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ravishda 
mavjudligi; 

barcha iste’molchilar uchun uning ijtimoiy maqomi va yashash joyidan qat’iy 
nazar oziq-ovqat mahsulotlarini minimal darajada iste’mol qilish imkoniyatining 
mavjudligi; 

oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi - inson uchun ushbu mahsulotni 
yaroqsiz holga keltiruvchi yoki xavfli bo’lgan moddalarning mavjud emasligi; 

oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ya’ni har kuni inson tomonidan unga zarur 
bo’lgan miqdordagi kaloriya va ozuqaviy komponentlarning uning yoshi va 
faoliyat sohasiga bog’liq ravishda iste’mol qilinishi. Bunda ovqatlanish sifati 
ovqatda mutasaddi organlar tomonidan tavsiya qilingan rasional me’yorlarga 
muvofiq keladigan oqsil, yog’, uglevodlar, vitaminlar, makro va 
mikroelementlarni uyg’unlashtirish orqali ta’minlanadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun mamlakatning 
oziq-ovqat xavfsizligini umumlashtiruvchi mezoni belgilanadi. Aholini oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta’minlanishini baholashda muayyan belgilari asosida ham 
miqdori, ham sifati bo’yicha bo’sag’aviy qiymat butun dunyoda mamlakatning 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlashi va o’tkinchi zahiralarning 
darajasi hisoblanadiki, bu zahiralarning 15-20 %ini tashkil qilishi kerak. 
2

Yüklə 271,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə