8 Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligini baholash me'zonlari. Reja


Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko'rsatkichlari va koeffitsiyentlari



Yüklə 271,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix26.10.2023
ölçüsü271,33 Kb.
#130875
1   2   3   4   5
Lecture - 8

Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko'rsatkichlari va koeffitsiyentlari. 
Ma’lum bir davrda qishloq xo’jaligining rivojlanishi nuqtai nazaridan oziq-
ovqat xavfsizligining erishilgan darajasini quyidagi ko’rsatkichlar nuqtai-
nazaridan baholash mumkin: 
1.
Asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning jon 
boshiga to’g’ri keladigan miqdori. Ushbu ko’rsatkich yordamida iqtisodiyotning 
mazkur sektoridagi takror ishlab chiqarish jarayonining dinamikasini ko’rib 
chiqilayotgan davrda aholi sonining o’zgarishini inobatga olgan holda baholash 
mumkin. 


2.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining O’zbekiston Respublikasining 
Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan standartlariga va xalqaro 
standartlarga mosligi. Shu standartlarga muvofiq holda qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarishning ularni jon boshiga iste’mol qilishining yetarli 
darajasini ta’minlash uchun miqdor va sifat tarkibini tavsiya etish mumkin. 
3.
Asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar. 
Davlat yoki hududlar darajasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining 
moliyaviy-iqtisodiy holatini tezkor baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan 
foydalanish mumkin: 
S
qishloq xo’jaligi korxonalarining butun faoliyatidan olingan qoldiq natija 
(foyda minus zarar); 
S
foyda olib yoki zarar ko’rib ishlayotgan korxonalar soni; 
S
umuman qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining va jumladan o’simlikchilik 
hamda chorvachilikning rentabellik darajasi. 
Aloxida uy xo’jaliklarining oziq-ovqat xavfsizligiga asosan aholi jon boshiga 
to’g’ri keladigan daromad ta’sir ko’rsatadi, chunki har bir kishining amalda oziq-
ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari daromadlarning darajasiga bog’liq. 
Daromadlar o’z navbatida oiladagi ishlovchi a’zolarning ish haqi miqdoriga
nogironlar, pensionerlar va aholining kam ta’minlangan qatlamlarining pensiyalari 
va ijtimoiy nafaqalariga; individual faoliyatdan keladigan daromadlarga bog’liq 
bo’ladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan xarajatlarning real pul 
daromadlari bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining, ASMning oziq-ovqat va 
qayta 
ishlash 
sanoati 
mahsulotlari 
narxlarining 
o’zgarishlari 
bilan 
korrelyasiyalashuvi yuz beradi. 
Aholi ovqatlanishining miqdor va sifat ko’rsakichlari bo’yicha quyi chegarasi 
tarkibiga ma’lum bir tovar va xizmatlar to’plami kiritiladigan minimal iste’mol 
savati sifatida qarash mumkin. 
Oziq-ovqat xavfsizligining muhim natijaviy ko’rsatkichi bo’lgan oziq-
ovqatlar savatining qiymati aynan o’sha iste’mol savatidagi mahsulot to’plamiga 
bog’liqdir. Uning miqdori aholining muayyan guruhlari uchun ularning jinsi va 
yoshini inobatga olgan holda minimal iste’mol me’yorlarini tovar ishlab 
chiqariladigan tarmoqda: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish qishloq 
xo’jaligi-qayta ishlash-mahsulotni pirovard iste’molchiga sotish sohasida qaror 
topgan o’rtacha narxlarga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab chiqiladi. Bunda shuni 
nazarda tutish lozimki, turli mamlakatlarda minimal iste’mol savatining 
me’yorlari ilmiy asoslangan ovqatlanish me’yorlaridan ahamiyatli darajada 
farqlanishi mumkin.
1
1
Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. “Аграр сиёсат ва озик-овкат хавфсизлиги”. Укув кулланма. Т.: “УзР 


Minimal iste’mol savatining tovar va xizmatlar to’plamidan kelib chiqqan 
holda yashash minimumi aniqlanadi, u bir kishi uchun insonning minimal 
bioijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydigan minimal iste’mol 
savatining qiymatiga teng bo’lgan minimal daromaddan iborat. Shuni inobatga 
olgan holda yashash minimumi quyidagilar uchun mo’ljallangan: 

turmush darajasini baholash; 

kambag’allik darajasini aniqlash; 

ijtimoiy siyosatning yo’nalishlarini asoslash; 

aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish; 

ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to’lovlarning eng kam miqdorlarini 
asoslash. 

Ko’rsatib o’tilgan omillarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini oziq-ovqat 
mahsulotlarini iste’mol qilishning quyidagi ko’rsatkichlari asosida baholash 
mumkin: 

aholi daromadlarining xarid qobiliyatini baholash: minimal va o’rtacha oylik 
ish haqining, minimal pensiyaning yashash minimumiga nisbati: 

agar ushbu nisbatning qiymati 1 ga teng bo’lsa, oziq-ovqat tovarlarini iste’mol 
qilish darajasi minimal iste’mol savatiga mos bo’ladi. 

agar nisbatning qiymati 1 dan katta bo’lsa,oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol 
qilish darajasi minimal iste’mol savatidan kattaroq bo’ladi. 

asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini amalda jon boshiga iste’mol qilinishi miqdori. 
Mavzu bo'yicha savollar: 
1.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash qanday tamoyillarga asoslanadi? 
2.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash qanday darajalarda aniqlanadi? 
3.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko’rsatkichlari va koeffisiyentlarini 
tavsiflang. 
Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси” босмахонаси нашриёти, 2016. - 77 б.

Yüklə 271,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə