8 Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligini baholash me'zonlari. Reja


Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va darajalari



Yüklə 271,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix26.10.2023
ölçüsü271,33 Kb.
#130875
1   2   3   4   5
Lecture - 8

Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va darajalari
Xalqaro tashkilotlar miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash uchun MDH 
ishtirokchilari bo’lgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini oshirish 
konsepsiyasida taklif etilgan ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkin. MDH 
a’zolari bo’lgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini oshirish konsepsiyasi 2010 
yil 19 noyabrda MDH hukumat boshliqlari Kengashining Qarori bilan 
tasdiqlangan bo’lib, unda mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi darajasini baholash 


quyidagi ko’rsatkichlar majmui keltirilgan: 

oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish uchun iqtisodiy imkoniyatlarning 
mavjudligi oziq- ovqatlarga ketadigan xarajatlarning barcha turdagi tovar va 
xizmatlarga qilinadigan jami xaraj atl arga ni sb ati dar; 

ichki bozorning ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha salohiyatli sig’imi-
muayyan oziq-ovqat mahsulotini rasional iste’mol qilishning jon boshiga 
to’g’ri keladigan miqdorining shu mahsulotni iste’mol qilishning amaldagi 
miqdoriga ko’paytmasidir; 

ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha oziq-ovqat mustaqilligining darajasi- 
aniq turdagi oziq- ovqat mahsulotini mamlakatning o’zida ishlab chiqarish 
hajmining shu mahsulotni amalda iste’mol qilish hajmiga nisbatidir; 

biologik sifat ko’rsatkichi mahsulotning ozuqaviy qimmati bo’lib, 1 gramm 
oziq-ovqat mahsulotida hayotiy muhim ozuqaviy moddalar va energiyaning 
miqdori bilan belgilanadi: energetik quvvat (kkal), oqsil (mg),yog’lar (mg), 
uglevodlar (mg); 

biologik 
xavfsizlik 
ko’rsatkichi 
oziq-ovqat 
mahsulotidagi 
zararli 
ingridiyentlarning miqdori bilan belgilanadi, u yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 
me’yoriy darajadan oshmasligi kerak; 

inson rasionining sutkalik ozuqaviy va energetik qimmati; 

har bir alohida oziq-ovqat mahsulotini iste’mol qilishning yetarlilik darajasi; 

davlat resurslarida don zahiralarining yetarlilik daraj asi; 

toza ichimlik suvi zahiralarining yetarlilik darajasi; 

aholining har xil toifalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish 
imkoniyatlarining mavjudlik darajasi; 

mamlakat oziq-ovqat ta’minoti hamda agrosanoat majmualari resurs 
ta’minotining importga qaramligi darajasi; 

strategik, operativ va o’tkinchi oziq-ovqat zahiralarining ularning me’yoriy 
darajaliga taqqoslangan hajmlari

mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari 
hamda oziqovqat mahsulotlarining ularni umumiy iste’mol qilish hajmidagi va 
tovar resurslaridagi ulushi (solishtirma hissasi); 

oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarning ularning 
xavfsizligi, ozuqaviy energetik qimmatini hisobga olgan holda qondirilish 
darajasi; 

ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari, xomashyo va 
oziq-ovqkat mahsulotlarining ichki bozordagi tovar resurslari umumiy 
hajmidagi solishtirma hissasini foizdagi ifodasi. 
MDH ning a’zolari bo’lmish davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash 
darajasining majmuaviy bahosi sifatida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va 


baliq mahsulotlari, xomashyo hamda oziq-ovqat mahsulotlarining ichki bozordagi 
tovar resurslarining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasidan 
foydalaniladi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini baholashning xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida 
taklif etilgan asosiy bo’sag’aviy qiymat va ko’rsatkichlaridan tashqari 
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi salohiyat darajasini quyidagi 
yo’nalishi va mezonlar bo’yicha inobatga olish hamda baholash lozim: 

qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish salohiyati, u mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlari, yerlar va mehnat resurslari bo’yicha baholanadi; 

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining taraqqiyot va barqarorlik darajasi, bunda 
mavjud texnika va texnologiyalarning amaldagi sifati, ASM tarmoqlari va 
tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash natijalari inobatga 
olinadi; 

mamlakatimizdagi ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, 
bunga byudjetdan moliyalashtirish va boshqa manbalar ham kiritiladi; 

mamlakatimizdagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan agrar 
mahsulotlar va oziqovqat mahsulotlarining sifati; 

importning ko’lami, jumladan mamlakatdagi ishlab chiqarish bilan aholining 
oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlari bilan taqqoslangan holda; 

oziq-ovqat mahsulotlarining ochiqlik dvarajasi bilan import intervensiyasiga 
qarshi ta’sir ko’rsatish mexanizmi; 

atrof-muhitning ifloslanishi va ta’qiqlangan preparatlar, texnologiyalar, 
jumladan genmodifikasiyalashgan organizm (GMO), o’sishni rag’batlantirish 
vositalari, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish nuqtai-nazaridan 
tarmoqning ekologiyalashganlik darajasi; 

oziq-ovqat xavfsizligiga qo’yilgan talablarning huquqiy qonunchilikka
me’yoriy hujjatlar tizimiga, davlat agrar siyosatining yo’nalishlariga hamda 
jahon tendensiyalari va me’yorlariga mosligi; 

oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid va tahlikalar. 
3

Yüklə 271,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə