|
8 Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligini baholash me'zonlari. RejaOziq-ovqat xavfsizligini baholashga yondoshuvalarLecture - 8Oziq-ovqat xavfsizligini baholashga yondoshuvalar;
Oziq-ovqat xavfsizligi deganda mamlakat iqtisodiyotining shunday holatini
tushunish lozimki, bunda jahon bozorlari kon’yunkturasidan har bir aholiga davlat
tomonidan ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq keladigan maqsadlarda oziq-
ovqat bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi, ya’ni masalaning bir tomonida taklif
turadi, ikkinchi tomonida talab va iste’molni tibbiy me’yorlar darajasida saqlash
uchun shart-sharoit yaratiladi.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash quyidagi ko’rsatkichlar
yordamida amalga oshiriladi:
•
mamlakatning barcha hududida to’lovga qobil talabga mos keladigan
miqdorda va assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ravishda
mavjudligi;
•
barcha iste’molchilar uchun uning ijtimoiy maqomi va yashash joyidan qat’iy
nazar oziq-ovqat mahsulotlarini minimal darajada iste’mol qilish imkoniyatining
mavjudligi;
•
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi - inson uchun ushbu mahsulotni
yaroqsiz holga keltiruvchi yoki xavfli bo’lgan moddalarning mavjud emasligi;
•
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ya’ni har kuni inson tomonidan unga zarur
bo’lgan miqdordagi kaloriya va ozuqaviy komponentlarning uning yoshi va
faoliyat sohasiga bog’liq ravishda iste’mol qilinishi. Bunda ovqatlanish sifati
ovqatda mutasaddi organlar tomonidan tavsiya qilingan rasional me’yorlarga
muvofiq keladigan oqsil, yog’, uglevodlar, vitaminlar, makro va
mikroelementlarni uyg’unlashtirish orqali ta’minlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun mamlakatning
oziq-ovqat xavfsizligini umumlashtiruvchi mezoni belgilanadi. Aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlanishini baholashda muayyan belgilari asosida ham
miqdori, ham sifati bo’yicha bo’sag’aviy qiymat butun dunyoda mamlakatning
oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlashi va o’tkinchi zahiralarning
darajasi hisoblanadiki, bu zahiralarning 15-20 %ini tashkil qilishi kerak.
2
Dostları ilə paylaş: |
|
|