2.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining O’zbekiston Respublikasining
Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan
standartlariga va xalqaro
standartlarga mosligi. Shu standartlarga muvofiq holda qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishning ularni jon boshiga iste’mol qilishining yetarli
darajasini ta’minlash uchun miqdor va sifat tarkibini tavsiya etish mumkin.
3.
Asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Davlat yoki hududlar darajasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining
moliyaviy-iqtisodiy holatini tezkor baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan
foydalanish mumkin:
S
qishloq xo’jaligi korxonalarining butun faoliyatidan olingan qoldiq natija
(foyda minus zarar);
S
foyda olib yoki zarar ko’rib ishlayotgan korxonalar soni;
S
umuman qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining va jumladan o’simlikchilik
hamda chorvachilikning rentabellik darajasi.
Aloxida uy xo’jaliklarining oziq-ovqat xavfsizligiga asosan aholi jon boshiga
to’g’ri keladigan daromad ta’sir ko’rsatadi, chunki har bir kishining amalda oziq-
ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari daromadlarning darajasiga bog’liq.
Daromadlar o’z navbatida oiladagi ishlovchi a’zolarning
ish haqi miqdoriga,
nogironlar, pensionerlar va aholining kam ta’minlangan qatlamlarining pensiyalari
va ijtimoiy nafaqalariga; individual faoliyatdan keladigan daromadlarga bog’liq
bo’ladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan xarajatlarning real pul
daromadlari bilan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining, ASMning oziq-ovqat va
qayta
ishlash
sanoati
mahsulotlari
narxlarining
o’zgarishlari
bilan
korrelyasiyalashuvi yuz beradi.
Aholi ovqatlanishining miqdor va sifat ko’rsakichlari bo’yicha quyi chegarasi
tarkibiga ma’lum bir tovar va xizmatlar to’plami kiritiladigan minimal iste’mol
savati sifatida qarash mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligining muhim natijaviy ko’rsatkichi bo’lgan oziq-
ovqatlar savatining qiymati aynan o’sha iste’mol savatidagi mahsulot to’plamiga
bog’liqdir. Uning miqdori aholining muayyan guruhlari uchun ularning jinsi va
yoshini inobatga olgan holda minimal iste’mol me’yorlarini
tovar ishlab
chiqariladigan tarmoqda: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish qishloq
xo’jaligi-qayta ishlash-mahsulotni pirovard iste’molchiga sotish sohasida qaror
topgan o’rtacha narxlarga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab chiqiladi. Bunda shuni
nazarda
tutish lozimki, turli mamlakatlarda minimal iste’mol savatining
me’yorlari ilmiy asoslangan ovqatlanish me’yorlaridan ahamiyatli darajada
farqlanishi mumkin.
1
1
Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. “Аграр сиёсат ва озик-овкат хавфсизлиги”. Укув кулланма. Т.: “УзР
Minimal iste’mol savatining tovar va xizmatlar to’plamidan
kelib chiqqan
holda yashash minimumi aniqlanadi, u bir kishi uchun insonning minimal
bioijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydigan minimal iste’mol
savatining qiymatiga teng bo’lgan minimal daromaddan iborat.
Shuni inobatga
olgan holda yashash minimumi quyidagilar uchun mo’ljallangan:
•
turmush darajasini baholash;
•
kambag’allik darajasini aniqlash;
•
ijtimoiy siyosatning yo’nalishlarini asoslash;
•
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
•
ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to’lovlarning eng kam miqdorlarini
asoslash.
•
Ko’rsatib o’tilgan omillarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilishning quyidagi ko’rsatkichlari asosida baholash
mumkin:
•
aholi daromadlarining xarid qobiliyatini baholash: minimal va o’rtacha oylik
ish haqining, minimal pensiyaning yashash minimumiga nisbati:
•
agar ushbu nisbatning qiymati 1 ga teng bo’lsa, oziq-ovqat tovarlarini iste’mol
qilish darajasi minimal iste’mol savatiga mos bo’ladi.
•
agar nisbatning qiymati 1 dan katta bo’lsa,oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol
qilish darajasi minimal iste’mol savatidan kattaroq bo’ladi.
•
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini amalda jon boshiga iste’mol qilinishi miqdori.
Mavzu bo'yicha savollar:
1.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash qanday tamoyillarga asoslanadi?
2.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash qanday darajalarda aniqlanadi?
3.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko’rsatkichlari va koeffisiyentlarini
tavsiflang.
Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси” босмахонаси нашриёти, 2016. - 77 б.