quyidagi ko’rsatkichlar majmui keltirilgan:
•
oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish uchun iqtisodiy imkoniyatlarning
mavjudligi oziq- ovqatlarga ketadigan xarajatlarning barcha turdagi tovar va
xizmatlarga qilinadigan jami xaraj atl arga ni sb ati dar;
•
ichki bozorning ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha salohiyatli sig’imi-
muayyan oziq-ovqat mahsulotini rasional iste’mol
qilishning jon boshiga
to’g’ri keladigan miqdorining shu mahsulotni iste’mol qilishning amaldagi
miqdoriga ko’paytmasidir;
•
ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha oziq-ovqat mustaqilligining darajasi-
aniq turdagi oziq- ovqat mahsulotini mamlakatning o’zida ishlab chiqarish
hajmining shu mahsulotni amalda iste’mol qilish hajmiga nisbatidir;
•
biologik sifat ko’rsatkichi mahsulotning ozuqaviy qimmati bo’lib, 1 gramm
oziq-ovqat mahsulotida hayotiy muhim ozuqaviy
moddalar va energiyaning
miqdori bilan belgilanadi: energetik quvvat (kkal), oqsil (mg),yog’lar (mg),
uglevodlar (mg);
•
biologik
xavfsizlik
ko’rsatkichi
oziq-ovqat
mahsulotidagi
zararli
ingridiyentlarning miqdori bilan belgilanadi, u yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan
me’yoriy darajadan oshmasligi kerak;
•
inson rasionining sutkalik ozuqaviy va energetik qimmati;
•
har bir alohida oziq-ovqat mahsulotini iste’mol qilishning yetarlilik darajasi;
•
davlat resurslarida don zahiralarining yetarlilik daraj asi;
•
toza ichimlik suvi zahiralarining yetarlilik darajasi;
•
aholining har xil toifalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish
imkoniyatlarining mavjudlik darajasi;
•
mamlakat oziq-ovqat ta’minoti hamda agrosanoat majmualari resurs
ta’minotining importga qaramligi darajasi;
•
strategik, operativ va o’tkinchi oziq-ovqat zahiralarining ularning me’yoriy
darajaliga
taqqoslangan hajmlari;
•
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari
hamda oziqovqat mahsulotlarining ularni umumiy iste’mol qilish hajmidagi va
tovar resurslaridagi ulushi (solishtirma hissasi);
•
oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarning ularning
xavfsizligi, ozuqaviy energetik qimmatini hisobga olgan holda qondirilish
darajasi;
•
ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari,
xomashyo va
oziq-ovqkat mahsulotlarining ichki bozordagi tovar resurslari umumiy
hajmidagi solishtirma hissasini foizdagi ifodasi.
MDH ning a’zolari bo’lmish davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
darajasining majmuaviy bahosi sifatida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va
baliq mahsulotlari, xomashyo hamda oziq-ovqat mahsulotlarining ichki bozordagi
tovar resurslarining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasidan
foydalaniladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholashning xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida
taklif etilgan asosiy bo’sag’aviy qiymat va ko’rsatkichlaridan tashqari
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi salohiyat
darajasini quyidagi
yo’nalishi va mezonlar bo’yicha inobatga olish hamda baholash lozim:
•
qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish salohiyati, u mavjud ishlab chiqarish
quvvatlari, yerlar va mehnat resurslari bo’yicha baholanadi;
•
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining taraqqiyot va barqarorlik darajasi, bunda
mavjud texnika va texnologiyalarning amaldagi sifati,
ASM tarmoqlari va
tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash natijalari inobatga
olinadi;
•
mamlakatimizdagi ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi,
bunga byudjetdan moliyalashtirish va boshqa manbalar ham kiritiladi;
•
mamlakatimizdagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan agrar
mahsulotlar va oziqovqat mahsulotlarining sifati;
•
importning ko’lami, jumladan mamlakatdagi ishlab
chiqarish bilan aholining
oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlari bilan taqqoslangan holda;
•
oziq-ovqat mahsulotlarining ochiqlik dvarajasi bilan import intervensiyasiga
qarshi ta’sir ko’rsatish mexanizmi;
•
atrof-muhitning ifloslanishi va ta’qiqlangan preparatlar, texnologiyalar,
jumladan genmodifikasiyalashgan organizm (GMO), o’sishni rag’batlantirish
vositalari, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish nuqtai-nazaridan
tarmoqning ekologiyalashganlik darajasi;
•
oziq-ovqat xavfsizligiga qo’yilgan talablarning
huquqiy qonunchilikka,
me’yoriy hujjatlar tizimiga, davlat agrar siyosatining yo’nalishlariga hamda
jahon tendensiyalari va me’yorlariga mosligi;
•
oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid va tahlikalar.
3
Dostları ilə paylaş: