8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»



Yüklə 210,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix31.01.2023
ölçüsü210,18 Kb.
#99794
1   2   3   4   5   6   7   8
amir-al umaro
(amirlar amiri) nomini berardi. 
Qo‘shindagi 10 ming kishilik suvoriylar guruhiga qo‘mondonlik qilgan kishilar
malik
unvoniga ega bo‘lar edi. Janglarda alohida mardlik ko‘rsatgan maliklarga esa 
xon
unvoni 
berilgan. Qo‘shindagi choparlar
 chovush
, ularning boshliqlari esa 
muqaddam chovushiya
deb 
yuritilgan. Maxsus xufiya va ayg‘oqchilar bo‘linmalari 
josusiya
deb atalgan. 
Urush boshlanishidan avval yoki urush e’lon qilingan vaqtda Xorazmshohlar harbiy 
kengash chaqirishar va unda oldinda turgan urush bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinardi. 
Ushbu kengashga Xorazmshohning o‘zi boshchilik qilib, unga yirik harbiy arboblar, ulamolar, 
qonunshunoslar va munajjimlar taklif qilinar edi. Kengashda barcha takliflar ko‘rib chiqilib
so‘nggi qarorni shohning o‘zi qabul qilardi. 
Xullas, XIII asrning birinchi choragida Xorazmshoh Muhammadning harbiy va siyosiy 
uquvsizligi tufayli Horazmshohlar davlati inqirozga uchradi. Shunga qaramasdan o‘zbek xalqi 
o‘rta asrlar davri davlatchiligi tarixida Xorazmshohlar davlati muhim o‘rin tutadi. O‘z davrida 
Xorazm davlati Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Fors Iroqi, Ozarbayjon, Sijiston, 
G‘azna va boshqa davlatlar hamma viloyatlarni o‘z tarkibiga olgan edi. Xorazm saltanati XII 
asrning oxiri – XIII asrning boshlarida musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlati edi. 

Yüklə 210,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə