8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»


Bosh hojib yoki ulug‘ hojib (hojibul-kabir)



Yüklə 210,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix31.01.2023
ölçüsü210,18 Kb.
#99794
1   2   3   4   5   6   7   8
Bosh hojib yoki ulug‘ hojib (hojibul-kabir)
– oliy hukmdor shaxsi bilan bog‘liq 
masalalar, marosimlar, marosimlarning nazorati bilan aloqador ishlarga javobgar bo‘lgan. Ular 
sultonning eng zarur topshiriqlarini bajarganlar hamda hukmdorga doimiy ravishda hamrohlik 
qilganlar. Ular vazirlik devonining daftarlari, undagi yozuvlar, arxivlar, moliya sohasidagi 
kotiblar va amaldorlarning hatti-harakatini nazorat qilgan. 
Ustozdor
– xorazmshohlar saroyida xizmatkorlarga bosh bo‘lib, otxonalar, oshxonalar, 
novvoyxonalar, sharobxonalar xo‘jaligini boshqarar edi. Oliy hukmdorning birinchi 
chorlashidayoq ustozdor yetib kelib, sulton topshiriqlarini boshqa xizmatkorlarga yetkazar edi. 
Ustozdor saroyning barcha chiqimlarini amalga oshirgan. Saroy mansablarining barcha 
xarajatlari ham uning zimmasida bo‘lgan. Ustozdor xazinadan chiqadigan barcha sarf-xarajatlar 
uchun doimiy ravishda sultonga hisobot berib turgan. 
Amiri-oxur (miroxo‘r)
– sayischi, sulton otxonalari boshlig‘ining lavozimi. U sultonga 
qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxo‘rlar harbiy yurishlarda ham faol ishtirok 
etganlar. 


Amiri-shikor
– sulton ovlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchisi lavozimi. 
Tashtdor
– sulton hammomlari va hovo‘zlarining boshlig‘i. Uning qo‘l ostida bir necha 
g‘ulom bo‘lgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin odamlar bo‘lgan. Ayrim sultonlar tashtdorlarga 
malik unvonini ham berishgan. Ayrim tashtdorlar hatto o‘n ming askarlarga boshchilik qilib, 
harbiy yurishlarga ishtirok etganlar, ba’zilari esa sultonning shaxsiy elchisi vazifasini ham 
bajargan. 
Sharobdor
– sulton sharobxonasining boshlig‘i. Sharobxonada turli sharoblar tayyorlash 
bilan birga shirin ichimliklar tayyorlash uchun shakar ham saqlangan. Sharobdorlar amirlar 
orasidan tayinlanib, uning qo‘l ostida bir nechta g‘ulomlar bo‘lgan. 
Qissador
– bir hafta davomida sulton nomiga yozilgan ariza va iltimosnomalarni yig‘ib 
payshanbadan jumaga o‘tar kechasi sultonga topshirgan. Juma kuni esa sultonning javobini ariza 
egalariga yetkazgan. Xorazmshohlar saroyida qissador eng obro‘li mansablardan biri 
hisoblangan. 

Yüklə 210,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə