8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»


«al-majlis ul oliy al faxri at-toji»



Yüklə 210,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix31.01.2023
ölçüsü210,18 Kb.
#99794
1   2   3   4   5   6   7   8
«al-majlis ul oliy al faxri at-toji»
deb nomlangan bo‘lib, uni vazir 
boshqargan. 
Vazir 
– mamlakatda sultondan keyingi eng yuqori mansabdor shaxs bo‘lgan. Vazir 
sultonning bosh maslahatchisi bo‘lib, bevosita unga bo‘ysungan. Vazir rasmiy marosimlarda
davlatlararo aloqalarda, mustamlakalar bilan olib boriladigan mo‘zokaralarda xorazmshoh 
nomidan ishtirok etib, sulton va rayiat (fuqarolar) o‘rtasida vositachilik qigan. Barcha davlat 
amaldorlari, jumladan, amirlar, beklar va harbiy boshliqlar vazirga bo‘ysungan. Vazirning 
vazifalari qo‘yidagilardan iborat bo‘lgan: 
- as’hob ad-davanin yoki devonxonalar amaldorlarining boshlig‘i. Yuqori mansabli 
amaldorlarini ishga tayinlagan yoki ishdan bo‘shatgan; 
- davlat amaldorlariga nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavajib) joriy etish ishlarini 
boshqargan; 
- davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy ozuqa va ashyolar bilan ta’minlanishini 
belgilagan; 
- bojxona va xazina faoliyatini nazorat qilgan; 
- sultonga muntazam ravishda hamrohlik qilgan, ba’zi paytlarda qo‘shin jo‘natib ularga 
boshchilik qilgan. 
Xorazmshohlar davlatida vazirlik lavozimi katta hurmatga ega bo‘lib, o‘rta asr 
manbalarining birida vazir haqida shunday ma’lumot beriladi (Z. Bunyodov bo‘yicha): «eng 
yuksak mahkama – vazorat (vazirlik) bo‘lib, barcha jamoat ishlari hamda odamlar hayotining 
to‘g‘ri yo‘ldan borishi u bilan aloqadordir, buning natijasida mamlakatning chiroyi va martabasi 
ortadi, davlatda tartib va qonunchilik o‘rnatiladi… Vazir – idora qilish qonunlarini biladigan, 
davlat kelajagini biladigan, hayotiy tajribaga boy, yaxshi ishlarga undovchi, shon-shuhrat va 
yutuqlarga yetaklovchi, fuqarolar ahvolidan ro‘yi-rost xabardor qilib turadigan, ko‘rsatmalariga 
to‘la ravishda ishonish mumkin bo‘lgan kishi bo‘lishi lozim…» 
Vazirlarga sadr, dastur, xojayi bo‘zruk kabi unvonlar berilgan. Vazir lavozimidagi shaxs 
o‘zining siyohdoni (dovot) va ma’lum xil movutdan o‘ralgan sallasi (dastor) bilan ajralib turgan. 
Ular asosan arab-fors mansabdorlari muhitiga mansub kishilar bo‘lib, arab hamda fors tili, 
ma’muriy ishdagi layoqati, saroy tartib-qoidalarini bilishi shart bo‘gan. Xorazmshohlar 
davlatining vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Hirotdan chiqqan 
arboblar bo‘lgan. Xorazm davlatiga qarashli viloyatlarning ma’muriy boshqaruvida ham vazirlar 
bo‘lgan. Ba’zan shaharlarga ham vazirlar tayinlangan bo‘lib, ular o‘sha madaniy va iqtisodiy 
markazning yagona hokimi ham edilar. Xorazmshohlar davlatida vazir lavozimi dastlab Sulton 
Otsiz hukumatida paydo bo‘lgan. 
O‘rta asrlar yozma manbalarida Xorazmshohlar davlat boshqaruvidagi ko‘pgina mansab 
va lavozimlar haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ularning asosiylari quyidlagilaridir: 

Yüklə 210,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə