9-mavzu. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari



Yüklə 55,5 Kb.
səhifə2/2
tarix19.04.2023
ölçüsü55,5 Kb.
#106148
1   2
9-mavzu. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xus

2.Annotasiya turlari
Mazmuni va maqsadli vazifasi bo’yicha:
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi)
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi)
Mazmunni to’liq qamrab olishi bo’yicha:
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
1. Quyidagi annotasiyalar qanday turda bo’lishi kerakligini belgilang:
- diplom ishiniki;
- dissertasiyaniki;
- kitobniki.
2. Annotasiyalarga misollar keltiring.
Annotasiya – Nimaniki? Nimaga?
1. Bibliografik bayon 2. Annotasiya matni
F.I.O. Asar nomi.- Nashriyot - yil - № - bet.
Matn tipi va vazifasi haqidagi ma’lumotlar; muallif qo’ygan vazifalar; uslublar; annotasiya qilinayotgan asar tuzilmasi bayoni; predmeti va mavzui, matnning asosiy qoidalari.
3.Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar:
1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato - axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Ortiqcha narsalar: kirish so’zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
Annotatsiya namunalari:
Annotatsiya
Mazkur obzor maqolada mustaqillik davrida oʻzbek adabiyotshunosligida yaratilgan taqrizlarning adabiy jarayondagi oʻrni, yutuq va kamchiliklari, taqriz va kitobxon muammosi haqida fikr yuritiladi.
Annotatsiya
Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
4.O’qigan kitoblaringiz bo’yicha annotatsiya namunalarini yozing.
5.Amaliy topshiriq. Iboralardan foydalanib, bir qator maqolalarga annotasiyalar tuzing:
Annotasiya matnidagi iboralar va so’z birikmalari:
Maqolada…lar ko’rib chiqilgan. …ko’rsatilgan. …ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi. …keng material keltirilgan. Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi. … ning mohiyatini ochishda. Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.
Yüklə 55,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə