9-mavzu harflar guruhining tahlili



Yüklə 145,5 Kb.
səhifə7/8
tarix08.05.2023
ölçüsü145,5 Kb.
#109112
1   2   3   4   5   6   7   8
fbbb8cf140f76263a16beacd57363e33 Harflar guruhining tahlili.

3-guruh: O, O', Q, X, Ch.
Katta O va O’ harflari bir butun shaklda yozilib, boshqa kichik harflarga ulanishda qo’l harakati uzilib yoziladi. O’ harfi ustiga ko’ndalang chiziqcha yoziladi.O’lmas, Omon, O’rmon

Katta «O» harfining ostiga ilmoqsimon chiziqcha chizilib bosh «Q» harfi hosil qilinadi.Qobil, Qodir, Qumri.


Katta «X» harfi cho’zinchoq doira shaklidagi ikki elementdan iborat, bu elementlar qo’l harakatini uzulmay qo’shib yoziladi. Xumor, Xurshid


Katta «C» byelgisiga «h» harfini qo’shsak katta «Ch» harfi hosil bo’ladi. Uch harakat bilan bir butun shaklda yoziladi. Charos, Сhinor.




4-guruh: E, S, Sh, Z.
Katta E harfining yozilishi usuli ancha murakkab, chunki bu harfni yozishda ko’l soat miliga qarshi harakat qilish lozim. Bu harfning yuqori doira shakli, pastki doira shaklidan ancha kichikroq bo’lib ular uzulmay yoziladi: Elat, Elbyek
Katta S va kichik s shakllari bir xil,ular faqat o'lchami bilan farq qiladi:
Sohibjamol,Sobir, Sodiq.
Katta S va h harfining kichik shakllari yoziladi va Sh harfiy birikma hosil bo`ladi,bosh va kichik harflar faqat o'lchami bilan farq qiladi:
S shaklida yumshoq h harfi qo’shilib Sh hosil bo’ladi:( Sh 4 harakat bilan hosil bo’ladi). Shaxlo,Shuhrat,Shukr
Katta Z harfi bir butun shaklda yoziladi. Bu harf yozilishida ham, bog’lanishida ham qo’l harakati uzulmaydi:
Zokir, Zarina, Zilola.
5-guruh: V, G, G', Y,D.

Katta V harfi kichik v harfi shaklida bo’lib, faqat o’lchami bilan farq qiladi. O’zidan kyeyingi harfga ilmoqcha bilan bog’lanadi:Valijon, Vasila, Voris.


Katta G va G’ harflari elementalrga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi. Bu harflar ancha murakkab usulda yoziladi, chunki qo’l soat miliga qarshi harakat qiladi. Bosh g’ harfini yozishda harf ustiga ko’ndalang chiziq chizilad:G-Gulruxsor,G’ –Gani G' - G’uncha

Katta Y harfi ikki elementdan iborat. Birinchi elementi – osti va usti ilmoqli tayoqcha, ikkinchi elementi – osti ilmoq tugunchalari uzun tayoqchadan iborat. Bu harf ham bir butun shaklda yoziladi.Y - Yo’lchi, Yo’ldosh.


Katta D bir butun shaklda yoziladi: Dilafro’z, Dilrabo.



Yüklə 145,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə