9-mavzu. Insho va uning turlari



Yüklə 22,9 Kb.
səhifə4/5
tarix29.03.2023
ölçüsü22,9 Kb.
#103498
1   2   3   4   5
9-маъруза

Maktub-insho. Bolalar o‘rmondan xat olishadi (o‘qituvchi uni yozadi va boshqa o‘qituvchi-hamkasblardan biri olib keladi va bolalarga beradi). Quyi sinflarda hayvonlardan xat kelsa, o‘quvchilar o‘zlari xohlagancha xat-javob yozadilar (quyon, tulki, mushuk ...). Bolalar buni katta zavq bilan qilishadi. Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlari sevgan asar qahramonlariga maktub yozishlari ham mumkin. O‘quv mashqlari uchun har bir o‘quvchi o‘zining kichik daftariga(qattiq muqovada) ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir, unga har qanday mavzu bo‘yicha kichik insho-tavsiflarni(5 ta jumla) yozib boradilar. Bu ish ko‘chada, tanaffusda olib boriladi, ba’zan bolalar bo‘sh vaqtlari bo‘lsa, o‘zlari mavzu tanlab, uyda yozadilar. Insho mustaqil yaratiladigan o‘ziga xos ijod mahsuli bo‘lib, o‘quvchi faoliyatining eng murakkab ko‘rinishi hisoblanadi.
Inshoda o‘quvchining o‘zligi namoyon bo‘ladi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga, o‘zgalarga, jamiyatga munosabati, axloqiy-ma’naviy saviyasi, mustaqil turmushga tayyorlik darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda, insho o‘quvchining qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgudir. Bu ko‘zgu orqali u nafaqat o‘zini ko‘radi, balki boshqalarga o‘zligini tanitadi, munosabatini ifoda etadi, qalb tuyg‘ularini, fikr-o‘ylarini, ichki kechinmalarini bayon qiladi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarur shartlaridan biridir. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar, deb ham yuritiladi.
Insholar badiiy nutqni rivojlantiradi, unga o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a singari tasvir vositalaridan foydalanishni, oddiy so‘zlar bilan ma’nosi kuchaytirilgan bo‘yoqdor so‘zlarni farqlash va qo‘llashni o‘rgatadi. Insho nazariyasi haqida ma’lumot berganda «insho» so’zining ma’nosini sharhlash yaxshi natija beradi. Xususan, o’zbek tilining izohli lug’atlarida «insho» so’zi, birinchidan, paydo qilish, yuzaga keltirish; ikkinchidan, ijod, sochma asar; uchinchidan, yozuv, xat, vujudga keltirmoq, yozmoq, bitmoq ma’nolarini bildirishi aytiladi. Insho yozish ma’lum mavzu yuzasidan mustaqil fikrni yozma tarzda ifodalash ekani tushuntiriladi. Bunday sharhning muhim ahamiyati shundaki, o’quvchi insho yozish ijod qilish ekanligini anglab oladi. Ishning dastlabki bosqichidanoq insho birovning fikrini, darslikdagi ma’lumotni ko’chirish emas, balki mavzu haqida mustaqil fikr yuritish mahsuli ekanligiga “urg’u”beriladi. Sinf saviyasiga qarab «insho» so’zining avvalgi ma’nosi hozirgi kunda toraygani qayd etiladi. Avvallari biron shaxs tomonidan yozilgan har bir mavzu insho deb tushunilgan. Maktublar, ilmiy asarlar, shaxsiy arxivda saqlanuvchi kundaliklar «insho» atamasi bilan yuritilgan. Hozirda esa, asosan, o’zbek tili va adabiyoti fani yuzasidan ma’lum mavzuga bag’ishlangan yozma ishlar mazkur atama bilan yuritiladi. Demak, «insho» atamaning ma’nosi hozirgi vaqtda toraygan. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi lozim topsagina o’z o’quvchilarigaaytishi mumkin. Insho nazariyasida yoziladigan mavzularni mazmun jihatdan turlarga ajratish ham muhim ahamiyatga ega, o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha yoziladigan insholar uch turga bo’linadi:1.Adabiy mavzudagi insholar.2.Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar. 3.Ijodiy yoki erkin mavzudagi insholar. 1. Adabiy mavzudagi insholarga o’qituvchi tomonidan dars mashg’ulotlarida tushuntirilgan va adabiyot darsligida qayd qilingan mavzular kiradi. “Abdulla3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Тошкент, Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 2 жилд. 2008 й. Qodiriy – tarixiy romanlar ustasi ”, “ Erkin Vohidov – lirik shoir ” kabi mavzular adabiy mavzudagi insholarga misol bo’ladi. 2.Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarni yozishda esa, bir tomondan, darsda alohida mavzu sifatida- olingan ma’lumotlar, ikkinchi tomondan, sinfdan tashqari o’quvchi o’zlashtirgan materiallar haqida fikr yuritish talab qilinadi. Birinchi turdagi insholarni yozishda o’quvchining mustaqil fikrlashi nisbatan chegaralangan bo’ladi. Ammo bu mulohaza ularda mustaqil fikrlash talab qilinmas ekan, degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Ikkinchi turdagi insholarda o’quvchining mustaqilligi yorqinroq seziladi. Chunki ularni yozishda o’quvchining mavzuga munosabati yetakchi ahamiyat kasb etadi. «Muhammad Yusuf she’rlarini sevib o’qiyman», «Samandar — men sevgan qahramon» (“Sabo va Samandar) kabilar adabiy-ijodiy mavzularni tashkil etadi. 3. Ijodiy (erkin) insholar bevosita adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Badiiy adabiyotning muxlisi sifatida o’qilgan asarlari haqida, vatan, do’stlik, sport to’g’risida, kasb-hunar tanlash mavzuida yoziladigan insholar shular jumlasiga kiradi. Ish jarayonida o’quvchilarga har uchala turdagi insholarni yozish yo’llarini o’rgatishimiz zarur. Ammo asosiy e’tibor adabiy mavzularga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, odatda, adabiy mavzulardagi insholarning yozilishini yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi adabiy-ijodiy, ijodiy insholarni yozishda u qadar qiyinchilik sezmaydi. Bitiruv ishimizning keyingi bobida har bir turdagi inshoni yozish yo’llari haqida alohida to’xtab o’tamiz. O’quvchilar insho yozish malakasini hosil qilishlari davomida mavzu, reja, epigraf, tezis, dalil, xatboshi kabi atamalarning ma’nosini ham o’zlashtirib olishlari kerak.

Yüklə 22,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə