9-mavzu: muloqot psixologiyasi reja


Muloqotning perseptiv tomoni



Yüklə 316,73 Kb.
səhifə9/12
tarix30.01.2023
ölçüsü316,73 Kb.
#99736
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9-mavzu

8. Muloqotning perseptiv tomoni
Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
Muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Taniqli psixolog Sergey Leonidovich Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini go‘yo «o‘qib», ya’ni «mag‘zini chaqib» chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz». Bunday o‘qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi.
Muloqotning perseptiv jihati – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g‘oyat muhimdir:
a) identifikasiya;
b) refleksiya;
g) stereotipizasiya
Identifikasiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, «tenglashtirish», «aynan o‘xshatish», bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini sub’yektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida tahmin qiladilar.
Refleksiya – (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, holatidan turib, o‘zini tasavvur qilish, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.

Yüklə 316,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə