A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

ijtimoiylashuv 
(ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni 
o‘zlashtirish) va 
individuallashuv
(mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni 
qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda 
moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq 
ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat 
sharoitlariga moslashuvidir. Moslashuv subyektt va ijtimoiy muhit 
faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). 
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning 
munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) 
individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. 
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan obyektiv 
ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z - o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj: 
a)
o‘z qarashlariga ega bo‘lish; 
b)
o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish; 
d)
unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini 
aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish 
xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. 


53 
Agar 
shaxsning 
jamiyatga 
kirishida 
ijtimoiylashuv 
va 
individuaalashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning 
jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va 
muhitning o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, 
muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida 
muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 
asosiy sohada amalga oshadi: 
- faoliyat - turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga 
kiritish, erkin mo‘ljal olish. 
- muomala - muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini 
chuqurlashtirish, xulq - atvor me’yorlarini o‘zlashtirish. 
- anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida 
shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho 
berishni shakllantirish.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə