A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiylashuv agentlari. 
Insonning voyaga yetishida, uning 
shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim 
o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda 
ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida 
agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota - ona, 
aka - uka, opa - singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent 
bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib agentlar qatoriga turmush - 
o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi 
tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab 
agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir 
ko‘rsatmaydigan. 
Ijtimoiylashuv omillari.
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, 
yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart - sharoitlar 
bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu 
sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan.
o‘rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning 
omillari to‘rt guruhga bo‘linadi; 


59 
1. Megaomillar
(mega - eng katta) - kosmos, planeta, dunyo, 
shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar 
jarayonlarni ham kiritsa bo‘ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali 
yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi. 
2. Makroomillar
(makro - katta) - davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar 
muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
3. Mezoomillar
(mezzo - o‘rta) - hudud va yashash joyi ommaviy aloqa 
tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra 
ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart - sharoitlari. Mezoomillar 
etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu 
hududning OAVlariga ta’sir qiladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə