A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Oilaning ijtimoiy maqomi. 
Oilaning jamiyatda moslashuvining 
ko‘rsatgichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi 
kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari 
majmuasidan shakllanadi. Oilaning to‘rtta maqomi mavjud bo‘lib, ular: 
Ijtimoiy - iqtisodiy,
Ijtimoiy - ruhiy,
Ijtimoiy - madaniy,
Vaziyat - rol maqomlaridir.
 
Ijtimoiy - iqtisodiy maqom 
- oilaning moddiy holatini belgilaydi. 
Bu oila daromadlari, yashash ko‘rsatgichlarini o‘z ichiga oluvchi 
moddiy ta’minotlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o‘rta va past bo‘lishi 
mumkin. Yuqori - daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat 
maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa 
xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi. O‘rta - holat minimal 
ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam olish ta’lim va boshqa 
xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi. Past - daromad va 
yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, 


75 
kiyim - kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda ham muammo 
chiqib turadi.
 
Psixologik (ruhiy) maqom - bu 
oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi 
iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan 
xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo - janjallar ko‘pligida 
emotsional noqulayliklarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy - madaniy maqom 
- ta’lim darajasi, yurish - turish madaniyati, 
ana’nalarni saqlab qolish va o‘tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng 
doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning 
birgalikdagi shakllari. 
Vaziyat - rol maqomi 
- bolaga munosabat 
xarakteri. Oilaning ijtimoiy moslashuv bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish 
uchun ijtimoiy pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho 
berish lozim.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi faoliyati uch asosiy ijtimoiy 
pedagogik yordam - ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan 
iborat. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə