A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Q.Munavvarovning fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining  darajasi uch yo‘nalishda bo‘luvchi uning tuzilmasiga bog‘liq . Bu



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Q.Munavvarovning fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining 
darajasi uch yo‘nalishda bo‘luvchi uning tuzilmasiga bog‘liq
. Bu 
yo‘nalishlar: demografik - ko‘pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch 
avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham 
bo‘lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni 
tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o‘ziga 
xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga 
olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq 
qiluvchi to‘rtta asosiy kategoriya asosida shakllanadi:
Qo`llab- 
quvvatlas

Tarbiy

Vositachilik 
O`qitish 
Ta'lim 
Sotsial pedagogik yordam 
Psixologik 
Axborot bеrish 
Korrеksiya 
Tartibg
a solish 
Tashkil qilish 


76 
Yaxshi oilalar - o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishadi, o‘z bolasi ehtiyojlariga tez ko‘nikishadi. Muammo paydo 
bo‘lib qolsa ularga bir karra yordam ko‘rsatish kifoya. Tavakkalchi 
oilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik 
bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj 
sezadilar. Muvaffaqiyatsiz oilalar - hayotiy faoliyatning biror - bir 
sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan 
vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola 
tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi 
uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari 
xarakteridan kelib chiqib pedagog ularga ta’lim, psixologik yordamlar 
ko‘rsatadi.
G‘ayri ijtimoiy oilalar 

bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. 
Bu oilalarda otaonalar g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib 
borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik - gigiyenik talablarga javob 
bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan albatta hech kim shug‘ullanmaydi, 
bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy 
pedagogni bu oilalar bilan ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari 
bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor. Ijtimoiy pedagogning 
oila bilan ish yuritishi ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o‘rganishdan 
boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o‘rganish pedagogga oilada 
bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan 
keyin ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish 
vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy 
birlashmalar, bog‘, tamorqadagi ishga jalb qilish yo‘li bilan hal qilsa 
bo‘ladi. Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan 
so‘ng ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur 
variantlarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni 
buzish amaliyoti ham mavjud. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, 
tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek oila maqomi, yashash sharoitlari, 
qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi. 
“Xarita”ning ilovasida oilada bola tarbiyasini o‘rganish deb nomlangan 
qismi ham mavjud, unda ota - onalar bola bilan qancha vaqt va qanday 
o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratligi, vaqtni ota-
onalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z 
aksini topadi. Masalan - bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar 
bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va h.k. Shuningdek, bu 
jarayonda bolalarning ham ota - onalari haqida nima bilishlarini aniqlash 


77 
juda muhimdir. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha 
munosabatlar - kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar 
o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada 
hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i 
asosida quriladimi. Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy 
pedagog bolaning holatini, kim bilan sizlashishi, unga nima yoqishi - 
yoqmasligini aniqlashi lozim.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə