A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

:
1.
Bolani 
tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish
2.
Bolalikka olish, 
3.
Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi. Axborot berishga yordam 
oilani ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha axborot bilan ta’minlashga 
qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o‘tkaziladi. Masalalar maishiy, 
oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, 
nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo‘lishi 
mumkin.
 
Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga ijtimoiy 
pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan 
iborat bo‘ladi. Qisqa shakllar ichidan olimlar o‘zaro munosabatlarning 
intervent va muammoli modellarini ajratishadi. Oila bilan ish 
yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam 
ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o‘zgarishlar 
yoki tasodifiy noxush holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Inqirozli 
holatga qaysi muammolar sabab bo‘lganidan qat’iy nazar ijtimoiy 
pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko‘rsatish orqali 
stress holatining ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini 
bartaraf etishga qaratishdir. Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va 
vositachilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Muammoli model ham 
qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning muddati to‘rt oydan 
oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga 
qaratiladi, ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam 
ko‘rsatuvchi 
mutaxassis 
shaxslar 
o‘z 
harakatlarini 
oiladagi 
muammolarini yechishga yo‘naltirishlari kerak. Bu model muayyan 
holatlarda aksar muammolarni odamlarni o‘zlari xal qilishlariga 
asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday 
 
Oilaga ko’rsatiladigan ijtimoiy pedagogik yordam shakllari


82 
holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam 
ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzilishidir. 
Shartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan faoliyatning 
maqsad va vazifalarini aniqlashdir.
Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning 
amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni belgilash. Shuni 
ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes 
yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy 
emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat 
bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma 
shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini 
ta’minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning 
tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter 
berishi bilan ijobiy jihatlarga ega. Asosan xorij amaliyotida 
qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari psixoijtimoiy yondoshuvga 
asoslanishadi va to‘rt oydan ortiq vaqtni talab qiladi. Psixoijtimoiy 
yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga 
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga ta’sir 
qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o‘zgartirishdan iborat. 
Aynan ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi 
maqsadga muvofiq.
Patronaj -
 
ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda 
ijtimoiy pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga 
tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab 
qolishga zamin yaratadi.
Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. 
Patronajning o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab 
qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va 
boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan tashrif to‘g‘risida xabardor 
qilish lozim. Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir 
martalik bo‘ladi. Doimiy patronajlar avvalambor g‘ayri ijtimoiy 
oilalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat 
qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli 
holatlarni aniqlash imkonini beradi. Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy 
pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan 
biri - bu konsultativ suhbat o‘tkazishdir. 
Konsultatsiya
asosan hayotiy 
masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog‘ 
odamlarga mo‘ljallangan. 
Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan 


83 
bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari - treninglar ham 
o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning 
jamoaviy psixologik ish olib borishni faol metodlaridan foydalanishga 
asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi 
kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va 
trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, ijtimoiy 
pedagogika, ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Trening bir 
qancha indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining 
uyg‘unlashuvi bo‘lib, ota - onalarning psixologik, pedagogik 
savodxonligini oshirish muammosini xal qilishning eng istiqbolli 
usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so‘ngi o‘n yilliklar davomida 
o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy 
nuqsonli farzandli oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. Jamoaviy 
usullar ota - onalarga bir - birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi 
va guruhda qo‘llab - quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari 
axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. 
Yuqoridagi ususllar - 
konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib 
ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda qo‘llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan 
taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, 
ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, 
iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini 
o‘rganishni va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, 
zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, 
ijtimoiy ish, sog‘liqni saqlash va boshqalarning markaziy obyektlaridan 
biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha 
jamiyatdagi oilalardagi muammolarni hal qilishga bog‘liq. 
Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi 
qaramog‘isiz bolalar bo‘lgan, bor va bo‘ladi ham. Bu holatda jamiyat va 
davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o‘z 
bo‘yniga oladi. Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining 
o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni 
aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish 
bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan. Onasidan 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə