A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

- vaqtinchalik 
qabul oilasi
. Bu bizning jamiyatimiz uchun yangi hodisadir. Bunaqa oila 
bola shoshilinch tarzda oilasidan judo qilinsa (turli sabablar asosida; o‘z 
oilasida inqirozli vaziyat, o‘lim va boshqalar) zarur bo‘lib qoladi. 
Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila bolalikni himoya qilish shakllaridan biri 
sifatida bir qator rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Biroq bizning 
davlatda bunday oila keng tarqalmadi.
Bu bizning davlatda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
islohatlar yetimlarga vasiylik qilish bolalikka olish qabul qiluvchi oila, 
vasiylik oilasi. Bolalikka oluvchi oila Davlat qaramog‘iga olish 
Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila Bolalar uyi Go‘daklar uyi Maktab 
intеrnat bilan bog‘liq. Aholining turmush darajasi yetarli darajada yuqori 
emas. Shuning uchun kamdan - kam holatlarda oilalar o‘zlariga bu 
vazifani olishadi. Qabul qiluvchi ota - ona bolali oilalar, bolasiz oilalar, 
to‘liqsiz oilalar, yakka shaxslar bo‘lishi mumkin. Odamlarni bolani o‘z 
oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud. 
Ular:
-fiziologik sabablarga ko‘ra o‘z bolasi bo‘lmagan holatda bolali bo‘lish 
xohishi;
- o‘z bolasining vafot etishi; - 
- yaqin qarindoshlarining vafot etishi;
- o‘z bolalari ulg‘aygach yana bolali bo‘lish xohishi;
Davlat qaramog`iga olish 
Bolalikka olish 
Maktab intеrnat 
Go`daklar uyi 
Bolalikka oluvchi oila 
Bolalar uyi 
Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila 
Vasiylik oilasi 
Qabul qiluvchi oila 
Yetimlarga vasiylik qilish 


93 
- jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi;
- yolg‘izlik hissi;
- diniy sabab va boshqalar.
Vaqtinchalik qabul oilasi professional mutaxassislar oilasi bo‘lgani 
bilan vasiylik oilasidan farq qiladi. Agar xorij tajribasiga murojaat 
qilsak, uning bir nechta belgilarini aniqlasak bo‘ladi; bunday oilaning 
psixologik-pedagogik 
tayyorligiga 
mos 
tushuvchi 
malakaning 
mavjudligi, bu oila xizmatlariga haq to‘lanishi; bolaning oilada bo‘lish 
vaqti qabul qiluvchi ota - onaning ish staji muddati hisoblanishi va 
boshqalar.
Bola vaqtincha qabul qiluvchi oilada uning keyingi taqdiri xal 
bo‘lgunga qadar yashaydi: o‘z oilasiga qaytishi, bolalar uyi, internat yoki 
boshqa muassasaga yuborilishi. Bolaning o‘z oilasiga qaytib kelishi bola 
oiladan ajratib olingan sabablarningobartaraf etilishini ko‘zda tutadi. 
Bular ota - onasining davolanishi, oila inqirozining tugashi va boshqalar. 
Bolaning bu oilada bo‘lish bir oydan bir necha yilgacha cho‘zilishi 
mumkin. Bolaning qabul qiluvchi oilada qisqa muddatli bo‘lish o‘z 
oilasida inqirozli holatda, to‘satdan ota - onasidan judo bo‘lganda bolaga 
shoshilinch yordam ko‘rsatilishini anglatadi. Bolaning qabul qiluvchi 
oilada uzoq muddat bo‘lishi bola o‘z oilasining uzoq reabilitatsiya 
jarayoni yoki boshqa sabablar bilan izohlanishi mumkin. Vaqtinchalik 
qabul oilasiga kelayotgan bolalar kontingentining murakkabligini 
(ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga olib 
oilalarda bu bolalarning normal rivojlanishi uchun alohida sharoitlar, 
g‘amxo‘rlik yaratilishi lozim.
 
Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin 
vaziyat bilan bog‘liq stress holatidan chiqishga yordam beradi. Bunday 
oilaning asosiy maqsadi - biologik ota - onalar bilan aloqalarni ushlab 
turish va bolani o‘z oilasiga qaytarib berish. Agar bolani o‘z oilasiga 
qaytarishning imkoniyati bo‘lmasa unda uning keyingi taqdiri borasida 
sud qarori chiqmaguncha vaqtinchalik qabul oilasida bo‘lib turadi. 
Aslida bunday oila biologik oilada biror - bir inqirozli vaziyat yuzaga 
kelganda “tez tibbiy yordam” vazifasini bajaradi. Qabul qiluvchi oila 
institutining joriy qilinishi avvalambor bunday oilalarni tanlab olish, 
ularni bu faoliyatga tayyorlashning effektiv mexanizmini ta’minlaydigan 
normativ huquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi. Qabul qiluvchi 
oilalar va ular vazifalarining farqlanishiga qaramay ijtimoiy 
pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator 
umumiy qoidalarni ajratsak bo‘ladi. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga 


94 
ajratsak bo‘ladi: oilalarni tanlash, ota - onalarni o‘qitish, bolalar ta’lim-
tarbiyasi masalasi bo‘yicha faoliyatlarining patronajini o‘tkazish va 
boshqalar. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa 
mutaxassislar - ijtimoiy ishchilar, shifokorlar, psixologlar, defektologlar 
bilan hamkorlikda bo‘ladi. ijtimoiy pedagogik faoliyat har qanday 
boshqa faoliyat kabi faoliyat maqsadi, subyekt va obyekti, funksiyalari, 
tashkil qilish metodlari va usullari bilan aniqlanadi. Qabul qiluvchi oila 
bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi - oilada bolani normal 
tarbiyasi va rivojlantirish. Uning subyektlari yuqorida sanab o‘tilgan 
mutaxassislardir. Faoliyat obyekti oila va bola hisoblanadi. Qabul 
qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishni bir nechta 
bosqichlarga ajratib, bu bosqichlarda ijtimoiy pedagog faoliyatining 
funksiyalarini belgilasa bo‘ladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə