A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Yetimlikning kelib chiqish sabablari. Vasiylik va homiylik



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Yetimlikning kelib chiqish sabablari. Vasiylik va homiylik 
tushunchasi 


84 
ayrilish va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojida katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Bolalik insonning ruhiy bardoshliligi, hayotga 
qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiyxislatlarning 
shakllanish davridir. Bu ma’naviy xislatlar betartib shakllanmaydi, ular 
ota - ona mehri sharoitida, oila bolaga o‘zi va boshqalar uchun mas’ul 
bo‘lish, birovga kerakligini sezish sharoitida shakllanadi. Ota - onasini 
yo‘qotgan bola bu haqiqatdan ham fojeali olamdir. Ota - onaga ega 
bo‘lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biri. Ijtimoiy yetimlik 
muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos 
muammo hisoblanadi.
Yetimlikning barcha sabablarini sanab o‘tish mushkul, chunki bu 
turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya, pedagogika va 
boshqalar) olimlari shug‘ullanayotgan ko‘p aspketli muammodir. Biroq 
asosiy 3 ta sababni ajratib ko‘rsatsak bo‘ladi: 
1.
Ota - onalarning (odatda 
onalarning) o‘z voyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan 
go‘daklik davridagi boladan 
2.
Uning ota - onasidan ota - onalik huquqini olib qo‘ygandan so‘ng 
bolani oiladan majburan ajratib olish
3.
Ota - onalarning vafoti. “Yetim” va “ ijtimoiy yetim” degan 
tushunchalar bir - biridan farqlanadi.
Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota - onasining biri yoki ikkovi 
vafot etgan bo‘ladi. Ijtimoiy yetim - biologik ota - onaga ega bo‘lgan, 
biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan 
bolalar. Bu holatda unga g‘amxo‘rlik qilishni davlat va jamiyat o‘z 
bo‘yniga oladi. 
Shunday qilib ota - onalar qaramog‘isiz qolgan bolalarga ota - onalari:
- vafot etgan;
- ota - onalik huquqidan mahrum bo‘lgan;
- bedarak yo‘qolgan;
- muomalaga layoqatsiz;
- axloq tuzatish koloniyalarida jazo o‘tayotgan;
- jinoyat sodir etishda ayblanib, xibsda bo‘lgan;
- bola tarbiyasidan bo‘yin tovlayotgan;
- bola vaqtincha joylashtirilgan shifo, ijtimoiy maskanlardan uni olib 
ketmayotgan bolalar kiradi.
Ularni boqish, ta’lim berish, himoyalash uchun qonun bilan belgilangan 
vasiylik shakllari mavjud. 
Vasiy
- deganda muomalaga layoqatsizlarni 
shaxsiy va mulkiy huquqlarini qO‘riqlovchi shaxs tushuniladi.


85 
Vasiylik - bu «balog‘atga yetmagan shaxslar shaxsi va mol - mulki 
huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota - onasiz olgan bolalar, ruhiy 
kasallar)».Vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan 
shaxslar yokitashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan 
shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə