A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Bolani oilaga (vasiylik/homiylik, tutingan) tarbiyaga olish



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Bolani oilaga (vasiylik/homiylik, tutingan) tarbiyaga olish 
Bola vasiylik va homiylik organi himoyasiga birinchi bor tushgan 
vaqtida, ehtimol, orttirilgan stress (ruhiy zo‘riqish) holatida yashayotgan 
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham unga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 
barcha harakatlar boshidanoq yaxshi rejalashtirilgan va uyg‘unlash-
tirilgan bo‘lishi muhim. Har bir bola individual tarixga, hayot mazmuni 
va ijtimoiy sharoitga ega, hech bir bolaning ijtimoiy vaziyati boshqa 
bolaning vaziyatini takrorlamaydi. Shuning uchun ham har bir bolaga va 
uning hal etilishi lozim bo‘lgan muammolariga alohida yondoshuv zarur. 
Balki bola:
- yolg‘iz qolishni; 
- siz bilan yakka suhbatlashishni; 
- yana kim bilandir suhbatlashishni; 
- tutingan ota - onaning qondosh farzandlari bilan suhbatlashishni istashi 
mumkindir. 
Ko‘pgina hollarda bola o‘zini qo‘pol va jahldorlik bilan tutishi yoki 
aksincha barcha talab va savollaringizga indamasdan, javob 
qaytarmasdan turishi va xatto ovqat ham yemasligi mumkin. Bolaning 
dastlabki kunlardagi xulqi qanday bo‘lmasin, uni o‘z holiga qo‘ying, Shu 
bilan birga, yonida bo‘ling. Ziyrak, diqqat - e’tiborli bo‘ling va har 
qanday vaqtda yordamga tayyor turing. Bunda sizga o‘z farzandlaringiz 
va boshqa tutingan tarbiyalanuvchilar yordam berishlari mumkin. 
Qaramog‘iga olish - o‘z mazmuni bo‘yicha vasiylikka yaqin 
tushunchadir, qaramog‘iga olish – bu balog‘atga yetmagan bolalar 
shaxsiy va mol - mulkka himoya qilish shakli (va boshqa kategoriyali 
odamlarning ham), ya’ni qaramog‘iga olish deganda vasiylikdan farqli 
ravishda unga ancha keng kategoriyadagi bolalar kiradi. Hozirgi kunda 
kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng 
qo‘llaniladi: yetim (hech kimi yo‘qlik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy hech 
kimi yo‘qlik). 


86 
Yetim bolalar - bu 18 yoshgacha bo‘lgan ikkala ota - onalari yoki 
birortasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy yyetim - bu biologik otaonalari 
bor bola, lekin ular qandaydir sabablarga ko‘ra bola tarbiyasi bilan 
Shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar. 
Ota - onalari qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilari 
kiradilar: 
Ota - onalari vafot etgan.
Ota - onalik huquqidan mahrum etilgan. 
Ota - onalik huquqlari cheklangan; 
Noma’lum, daraksiz, yo‘q hisoblangan. 
Ishga yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati cheklangan); 
Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan. 
Jinoyat qilganlikda ayblanadi va qamoqqa olingan.
Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortadi. 
Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash, ijtimoiy tashkilotlardan 
bolani olib ketishdan bosh tortadilar. Vasiylik va qaramog‘iga olish - 
yetim - bolalarni va ota - onasi qarovisiz qolgan bolalarni boqish, 
tarbiyalash, ta’lim berish vaularning huquq va qiziqishlarini himoy qilish 
uchun joylashtirish shaklidir. Vasiylik 14 yoshga yetmagan bolalar 
ustidan o‘rnatiladi, qaramog‘iga olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar 
ustidan ‘rnatiladi. 
Yetimlik - jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. 
Ota - onasini yo‘qotgan bola - bu alohida juda ham fojiali dunyodir. Ota 
va onali bo‘lish talabi ehtiyoji bolaning eng kuchli talablaridan biridir. 
Asrab olish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila, 
vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila. 
Yetim - bolalarga vasiylik qilish ikki yo‘l bilan amalga oshirilishi 
mumkin - asrab olish yoki davlat qaramog‘iga olish bilan. Farzand qilib 
olish - bu bolani himoya qilish maxsus chorasi, bunda bola va uning
haqiqiy ota - onasi bo‘lmagan odam yoki er - xotin o‘rtasida qarindoshlik 
aloqalari yuridik o‘rnatiladi. Bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi 
uchun bolani farzand qilib olganida u aynan oilaga ega bo‘lishi, unga 
biror - bir o‘rnini bosuvchi yetimlikning uchta sabablari ota - onalar 
(ko‘pincha onalar) o‘zining balog‘atga yetmagan bolasidan o‘z ixtiyori 
bilan voz kechadi, Shu bilan birga bu ko‘pincha chaqaloqlik yoshida 
kuzatiladi: voz kechish, tashlab ketilgan chaqaloqlar. Bolaning 
qiziqishlarini himoya qilish maqsadida ota - onalik huquqidan mahrum 
etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilik 


87 
bozlikka berilgan, jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot 
kechirayotgan, nosog‘lom ota - onalari bo‘lgan, notinch oilalarda yuz 
beradi. 
Ota - onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko‘chishga 
majbur etuvchi qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, yer 
qimirlashi va Shu kabilar) oqibatida yo‘qolib qolgan bolalarni ham 
kiritish mumkin.
Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi - bolaning oilada 
tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari 
xalqaro hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi 
haqidagi konventsiya va boshqalar),
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarda qayd etilgan. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi oila kodeksida eng ustun va mustaqil 
sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko‘rsatiladi: oilada yashash va 
tarbiyalanish huquqi, ota - onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa 
qilish huquqi, o‘zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining 
ismiga huquqi. Davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolishga va 
uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga bor kuchi 
bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo‘lmasa 
uning uchun yangi oila izlash afzal deb hisoblanadi.emas, oilaga ega 
bo‘lishi muhim holat hisoblanadi. Bizning davrimizda ko‘plab 
hamyurtlarimiz mehribonlik ko‘rsatib ota - onasiz qolgan bolalarni 
oilalariga oladilar.
Vasiyning vazifasi bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uning 
huquqlarini 
himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga yetmagan bolada mavjud 
bo‘lgan molmulki va ko‘chmas mulkini saqlash va foydalanishini 
nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o‘zi bu mulkdan foydalanish 
huquqiga ega emas. Bola qilib olgan oila umuman olganda bolaning 
yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu erda u o‘z bolasi huquqiga 
ega bo‘ladi. 
Bola uni oilasiga olgan ota - onalarining familiyasini olishi 
mumkin, hatto yangi ism ham. Farzand qilib olingan bolaning hamma 
huquq va majburiyatlari haqiqiy o‘z bolalari huquq va majburiyatlariga 
tenglashtiriladi. 
Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish 
oilasi.


88 
Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli 
sifatida bir qator rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan 
hisoblanadi. O‘zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq 
etish va tarqalishga ega emas. Agarda chet eltajribalariga murojaat etsak 
unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko‘rsatish 
mumkin: 
Ota - onalarda ma’lum professional malakalari bo‘lishi kerak; 
Oila kerakli professional - pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. 
Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to‘lanadi. 
Bolaning oilada bo‘lishlari asrab olgan ota - onalarning ish staji sifatida 
hisobga olinadi. 
Asrab olgan ota - onalarning ish vaqtlari o‘z shaxsiy uylarida o‘tadi. 
Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal
etilgunga qadar bolaning oilada bo‘lishini ko‘zda tutadi: o‘z oilasiga 
qaytishi; bolalar uyiga
jo‘natilishi, internat yoki boshqa muassasalarga yuborilishi. 
Asrab olgan oila bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyat 
1.Ijtimoiy - pedagogik faoliyat bosqichlari 
- Asrab oladigan oilani izlash 
- Bo‘lajak asrab oladigan ota - onalarni o‘rganish 
- Bola joylashtirilgan uassasalar va oialalarni borib ko‘rish (inqiroz oila,
bolalar uyi va boshqalar)
- Bo‘lajak oilani va uning yaqinlarini o‘rganish 
- Kiritish o‘qitishi, leksiya, hikoya, suhbat, videofilmlar 
- Bolani asrab oluvchi oilaga joylashtirish, asrab oluvchi ota - onalarni 
chuqur o‘qitish kursi 
Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy - pedagogik faoliyat. 
Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.Bolaning 
rivojlanishiga 
yordam 
beruvchi 
uy 
vaziyatiga 
yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni yaratish. 
2.Bolalar sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash. 
3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning tibbiy - pedagogik va ijtimoiy 
moslashishini ta’minlash 
Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish. 
Bolalar ta’lim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarida munosib ta’lim olishlari. 
Tarbiyalanuvchilar 
umumiy 
madaniyatini, 
ularning 
hayotga 
moslashishlarini shakllantirish. 


89 
Tarbiyalanuvchilarda o‘zini rivojlantirishga va o‘zini anglashga 
talablarini yuzaga keltirish. 
Kasb - hunar ta’lim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va 
keyinchalik o‘zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish. 
Bolaga davlat homiyligini rasmiylashtirishdan avval tegishli 
tashkilotlar tomonidan qaror qabul qilingan va zaruriy majburiyatlar 
kelishilgan bo‘lishi kerak. Ko‘pgina hollarda bolaga vasiylik qilishdan 
maqsad uni tez orada o‘z qondosh oilasiga yoki vasiylikka olganning 
oilasiga qaytarishdan iboratdir.
Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolaning 
tutingan oila va uning o‘z oilasi o‘rtasidagi aloqalarini rag‘batlantirib 
turishi kerak. Tutingan ota - onalar bolaning ota - onalari bilan hamkorlik 
munosabatlarini o‘rnatishlari va uni doimo qo‘llab - quvvatlashga 
intilishlari zarur. Agarda bola hatto sud qarori bo‘yicha o‘z oilasidan 
tortib olingan bo‘lsa, Shuningdek bolaning o‘z oila a’zolari bilan 
uchrashuvi sud qoidalari tomonidan ta’qiqlanmagan bo‘lsa, unga ota - 
onalari bilan aloqa o‘rnatib turish imkoniyatlarini taqdim etish zarur.
Ba’zida bolaning qondosh ota - onasi bilan munosabatlarni 
mustahkamlashda uning akasi, opasi, qarindoshi yoki do‘sti vositachi 
rolini o‘ynashi mumkin. Birinchi uchrashuv to‘g‘risida kelishib 
olinayotganda qayerda uchrashish to‘g‘risida o‘ylab olish kerak. Bu 
kafe, saylgoh kabi “betaraf hudud” bo‘lishi yoki tutingan ota - ona 
bolaning roziligi bilan uning ota - onasini uyiga taklif etishi mumkin.
Ko‘pchilik bolalar ota - onalarini sog‘inganlarini ochiq - oydin 
gapirmasalar ham aslida o‘z ota - onalari bilan ko‘rishishni istaydilar. 
Bolaning o‘z qondosh ota - onasi bilan aloqada bo‘lish istagini 
rag‘batlantirish uchun quyidagi amaliy qoidalarga rioya qilish mumkin: 
- aloqa o‘rnatishga shoshilmang: balki bola hali bunga tayyor emasdir. 
Avvaliga bola ota - onasi bilan Shunchaki telefonda gaplashishi 
mumkin; 
- ota - onalar bilan ularning farzandlari to‘g‘risida ijobiy mazmunda 
suhbatlashing; 
- ota - onalarga bola bilan uchrashishni maslahat bering; 
- ular bilan samimiy, ochiq bo‘ling, tushunarli va kerakli hamda ularning 
shaxsiyatiga tegmaydigan so‘zlarni topib gapiring; 
Tutingan oilalarga joylashtiriladigan bolalar uchun vasiylik va homiylik 
organlari iloji boricha 
•bir millatga mansub; 


90 
•bir dinga e’tiqod qiluvchi; 
•bir xil tilda so‘zlovchi;
•bola ehtiyojlarini tuShunuvchi tutingan ota - onani topishlari kerak. 
Bolani oilaga qabul qilishdan avval tutingan ota - ona nimalar to‘g‘risida 
o‘ylab ko‘rishi kerak? 
•Tutingan ota - onaning uyi bola avval yashagan uydan ancha farq qilishi 
mumkin. Farq qilish belgilari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• uy boshqa usulda va boshqacha vositalar bilan isitilishi; 
• karavotlar va o‘rin - ko‘rpa xolati boshqacha bo‘lishi; 
• bu xonadonda kiyimlarni tartib bilan taxlash yoki shkafga joylash 
qat’iy talab qilinishi; 
• uyda hamma oyog‘iga”shippak”lar kiyishi; 
• oilada taomlarning turi boshqacha; 
• oila a’zolari belgilangan vaqtda ovqatlanishga odatlanganligi; 
Kim tutingan ota - ona bo‘lishi mumkin? 
Har bir xohlovchi shaxs ham tutingan ota - ona bo‘la olmaydi. Har kim 
o‘z nomzodligini berishi mumkin, lekin keyinchalik nomzodlar puxta 
ko‘rikda saralab, tanlab olinadilar. Vasiylik va homiylik organlari bola 
uchun bola bilan bir millatga mansub, agarda bola dindor oilada 
tarbiyalangan b‘lsa, bir dinga mansub va bola ehtiyojlarini tushunadigan 
tutingan, ya’ni tutinogan ota - onani topishga harakat qiladilar. 
Bolani oilaga joylashtirish» nimani anglatadi? 
• “Oila” tushunchasi turli insonlar uchun turlicha mazmunga ega bo‘lishi 
mumkin. U quyidagilarni anglatishi mumkin: 
• er va xotin;
• er, xotin va ularning farzandlari; 
• er, xotin va ularning ota-onalari yoki qarindoshlari;
• nikohdan o‘tmagan sheriklar (fuqarolik nikohi); 
• yangi oila qurgan, lekin ilgari ajrashgan er-xotinlarning birida birinchi 
nikohidan farzandi 
Davlat vasiyligida bo‘lgan bolalarning qondosh ota – onalari. 
Keyingi paytlarda tutingan tarbiyaning roli o‘zgardi. Borgan sari 
tutingan ota - onalar ko‘proq bolaning haqiqiy ota - onalari bilan 
hamkorlik qilmoqdalar yoki hech bo‘lmaganda ular bilan aloqada 
bo‘lmoqdalar. Kiyim, soch turmagi, nutqi, xulqi, pul, ovqat, shirinliklar, 
parxez, televizor ko‘rish, uyqu vaqti muammolariga tegishli nizoli 
vaziyatlarni hal etish davomida barcha tashvishlar tutingan zimmasiga 


91 
yuklanishi holatlari uchrab turadi, chunki uning uyida va bolaning 
qondosh oilasida turli qoidalar qabul qilingan bo‘ladi. 
Bola ota - onasining uyidan jahli chiqib, g‘azablanib qaytishi 
mumkin. Balki u Shu yo‘l bilan o‘zining dovdirab qolganligi uchun 
alamini namoyon etayotgandir. Odatda, bolaning bunday xulqi uzoq 
davom etmaydi, ayniqsa, uni chalg‘itadigan biror qiziqarli holatlar 
bo‘lganda, bu holat tezda o‘tib ketadi. 
Bolaning qondosh ota - onasi bilan uchrashishidan avval ular bilan 
nima uchun uchrashishini, uchrashuv qayerda va qancha davom etishini 
tushuntirish maqsadga muvofiqdir. 
Agar siz bola oila a’zolarining tug‘ilgan kunlari va boshqa muhim 
sanalarni yodingizda tutsangiz yaxshi bo‘lar edi. Agar mumkin bo‘lsa, 
bolaning otasi yoki onasini uning tug‘ilgan kuniga mehmonga chaqiring 
yoki bola bilan birga uning qondosh oilasiga oilaviy bayramga boring. 
Bolaning qondosh oilasida amal qilinadigan bayramlar va odatlar 
sizga tanish bo‘lmasligi mumkin. Iloji boricha ularni bilib oling.
Har qanday holatda ham tutingan ota - onalar bolaning qondosh ota 
- onalarini hurmat qilishi kerak, chunki bola keyinchalik ular bilan 
yashashga qaytishi ehtimoli katta bo‘ladi. 
Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi-
bolalalikka olish yoki davlat qaramog‘iga topshirish. 
Davlat qaramog‘iga olishi - bolalikka olinmagan yetim - bolaga uni 
maxsus muassasalarga joylashtirish orqali tarbiyasi va rivojlanishi uchun 
sharoitlar yaratib berish.
Bola vaqtinchalik qabul qiluvchi oila, bolalar va go‘daklar uyi, 
maktab-internetga joylashtirilishi mumkin. Qabul qiluvchi oila bilan 
ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish bolalikka olingan bola turli xildagi 
qabul qiluvchi oilalarga - bolalikka oluvchi oila yoki vasiyat oilaga borib 
qolishi mumkin. Ular o‘rtasidagi farq shuki birinchi holatda bolani 
qarindoshlari topib olishadi, ikkinchisida, oila vazifasini bolaga 
qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan shaxslar bajaradi. Vasiy oila sud qarori 
asosida aniqlanadi. Vasiy vazifalariga bolani tarbiyalash va 
rivojlantirish, uni huquqlarini himoya qilish kiradi. Vasiy bola egaligida 
bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulklardan foydalanish va ularni saqlab 
qolishni ta’minlaydi. Biroq o‘zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega 
emas. Bolalikka oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi 
hisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olishi mumkin. U oila unga 
boshqa ism ham berishi mumkin. Bolalikka olingan bolaning barcha 


92 
huquq va majburiyatlari o‘z bolalarining huquq va majburiyatlariga 
tenglashtiriladi. Bolalikka olish bir nechta bosqichda o‘tishi mumkin: 
avval bolaga shu mintaqada yangi ota - ona topishga harakat qilishadi, 
agar buning imkoni topilmasa unda bolalikka oluvchilarni davlatdan 
tashqarida qidirishadi. 
Bolalikka oluvchi oilaning yana bir turi mavjud: 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə