A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va 
vositalari


78 
(masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferentsiya, trening va boshqalar)ga 
yetishishi uchun qo‘llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi. 
Metodlar -
o‘rganilayotgan ob’ektning mohiyati va qonuniyat-
laridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullaridir 
ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo‘lib, uning 
metodlarini pedagogikada qo‘llanadigan tarbiyalash va o‘qitishning 
an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va 
ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan 
o‘zgarib bormoqda. Yana shuni yodda tutish kerakki , buning diqqat 
markazimizda bola va uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy 
pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayon hal qilishga 
yordam beradi. Ijtimoiy pedagog bolaga bevosiga yoki bilvosita - oila, 
do‘stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o‘tkazadi. U qandaydir kiska 
muddatli vazifalarni bajarishi yoki bola bilan uzoq vaqt davomida ishlashi 
mumkinligini xisobga olamiz. 
Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulqi xis-tuygulariga 
maqsadga muvofiq ta’sir o‘tkazishi hamda uni o‘rab turgan ijtimoiy 
muhitga ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Metodlar - bolaning ijtimoiylashishi va uni tiklashda hamkorlik qiluvchi, 
pozitiv ijtimoiy tajriba to‘plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va 
bolaning o‘zaro xatti - harakat usullaridir. Ijtimoiy pedagogika ham 
pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri bo‘lib 
„ijtimoiy - pedagogik 
faoliyat”
yangi shakllanayotgani uchun uning metodlari tizimi haqida 
gapirishga hali vaqt bor.
Shuning uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, 
psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. Bola 
shakllanishi bosqichida u o‘z kasbiy faoliyatini bajarishi uchun ijtimoiy 
pedagogikaning alohida usullaridan tashkil topgan metodlarni ham 
egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir - birlari bilan 
bog‘lik.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilish metodlari ham 
keng qo‘llaniladi. Bu metodni qo‘llashning xususiyati shundan iboratki,
ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko‘ra odob - axloqning umum qabul 
kilgan me’yorlari shakllanmagan yoki noto‘gri shakllangan bola bilan ish 
olib borishga majbur bo‘ladi. 
Shu jamiyatda qabul qilingan hayot me’yorlari, ular to‘g‘risidagi to‘g‘ri 
va aniq tasavvurning yuzaga kelishi,oxir - oqibatda shaxsning ishonchini, 


79 
uning hayotdagi o‘rnini shakllantiradi. Bular bilim va ular haqidagi 
tasavvurlar bilan bog‘lik. 
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika 
metodlariga mos qilib tasniflashadi: 
- ishontirish 
- talab qilish 
- hikoya 
- suhbat va baxs 
- jazolash va maqtash 
Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan 
to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota - onalar janjallarida 
yashaydigan, ota - onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi. Zamonaviy 
sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog 
oilaning turli muammolari bilan duch keladi.Bular:
 
- kasal bolalar, nogiron bolalar, 
- nogironlar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, 
- giyohvandlik,
- daydi bolalar,
- ota-onalarning ajralishlari.
Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi bu 
inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish 
yuritishda uch asosiy rolni o‘ynaydi:
 
Maslahatchi - oilani ota - onalar va 
bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola 
tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi. Konsultant - oila 
qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya 
metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorida rivojlanishi va 
rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib 
beradi. Himoyachi - bola ota - onalari shaxsiyati (giyohvand, aroqxo‘r, 
bolalarga yomon munosabat)ning to‘liq degratatsiyasiga duch kelganda 
bolani himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi faoliyati uch asosiy ijtimoiy 
pedagogik yordam: ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan 
iborat. Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy - pedagogik faoliyatning 
ikki yo‘nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam. Ta’lim 
olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish 
va ota-onalarning pedagogik - madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo‘yicha ota - onalarning 
keng yoritishni ko‘zda tutadi: 


80 
- ota - onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik 
va ijtimoiybiologik tayyorgarligi;

bolalarda 
tengdoshlariga 
nisbatan 
adekvant 
munosabatni 
shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota - ona obro‘ e’tiborining 
ahamiyati,
-oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati, bolalarga pedagogik ta’sir 
usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-
onalar bilan ularga maslahat berish orqali, shuningdek bola bilan maxsus 
tarbiyaviy holatlar yaratish orqali O‘tkaziladi. Ijtimoiy pedagogik 
yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: 
ijtimoiy-
psixologik qo‘llab - quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash).
Qo‘llab - 
quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni 
yaratishga qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan 
kechirayotgan oilalarni psixologik qo‘llab - quvvatlashni ijtimoiy 
pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumot bo‘lganda amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham 
bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab - quvvatlash kompleks tarzida amalga 
oshirilsa nihoyatda foydali bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada 
bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilib 
muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa 
metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy 
holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo‘ladi.
Sotsial pedagogik yordam:
 
Ta’lim, psixologik, vositachilik, 
o‘qitish, tarbiya, qo‘llab - quvvatlash, korrеksiya, tashkil qilish, tartibga 
solish, axborot bеrish. Shaxslararo munosabatlarning korreksiyasi 
asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llanadi. Ruhiy 
zo‘rlik bola asab - ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. 
Yaqin - yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. Bunaqa 
zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, 
ishonchini oqlamaslik kiradi. Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni 
shunday korreksiyalashi lozimki, oilada tartib va intizomni ta’minlashga 
qaratilgan barcha choralar bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 
talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o‘laroq korreksiya 
oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga 
ular o‘rtasidagi munosabatlarni bilishga ko‘maklashishdir.


81 
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch 
komponentdan iborat: 
tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam 
va axborot berishga yordam. 
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam 
olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o‘z ichiga xayriya 
auksionlari o‘tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo‘jaligini yuritish 
bo‘yicha kurslar tashkil qilishdan iborat. Tartibga solishga yordam 
berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo‘yicha turli muassasa 
va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə