A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga 
quyidagilar kiradi: 
1
. Bola rivojlanishining va sog‘ligining optimal holatini ta’minlash.
2.
Bola bilan doimo muloqatda bo‘ladigan kattalar tarkibining 
barqarorligini ushlab turish uchun ikki yoshgacha bolaga xizmat 
qiluvchilar sonini cheklab turish. 
 
3
. 12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali 
boshqa qayta shaxslar, go‘daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, 
kO‘cha transporti bilan tanishtirishi lozim. 
4.
Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go‘daklar uyidan tashqariga 
ko‘proq chiqarish kerak, maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil 


104 
qilish lozim. Endigina go‘dakoar uyiga qabul qilingan bolalarning 
hayotiga kelsak, bunda avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o‘z 
oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu bilan birga bolaning shu 
paytgacha bo‘lgan rejimini saqlab qolishi lozim. Ayniqsa ovqatlanish 
rejimini nihoyatda ehtiyotlik bilan o‘zgartirish lozim: avvalambor 
ichimlik miqdorini 50 - 100 gramm ko‘paytirish kerak va glyukoza 
qo‘shilgan qorishma berish ham maqsadga muvofiqdir. Shuningdek 15 - 
20 kun mobaynida hech qanaqa sanchish protseduralarini ham 
o‘tkazmaslik lozim.
5
. Bolani guruhdan guruhga o‘tkazganda uni avvaldan (1 - 2 oy avval) 
yangi xonasi, bolalar, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish 
kerak. Yangi guruhdagi ayniqsa ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj 
bo‘ladi. Unga eski guruhidan o‘zi bilan biror bir o‘yinchoqni olib 
kelishga ham ruxsat bersa bo‘ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli 
o‘zgartirish, emlash o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. Adaptatsiya varaqasi 
yoki guruh kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini aniqlash 
uchun bolaning yurish - turishi, ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni 
qayd etib borish kerak.
Go‘dakning go‘daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning 
maktabgacha tabiya muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq 
shuni yodda tutish lozimki, go‘daklar uyiga kirishdagi vaziyat ancha 
murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan o‘zgaradi, u 
yaqinlaridan judo bo‘ladi, o‘zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. 
Bu holatda stress juda kuchli namoyon bo‘ladi va og‘ir adaptatsion 
sindrom ham paydo bo‘lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola 
bilan ko‘proq shaxsan aloqa qilish, uning stress holati keltirib chiqargan 
yurish - turish buzilishlarini to‘g‘ri anglab yetish, bolaga bu og‘ir sinovni 
yengishga harakat qilishdir. Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat 
yuritish Bolalar uylari yosh alomatlariga ko‘ra maktabgacha yoshdagi 
bolalar uylari, maktab o‘quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi 
bolalar uchun bolalar uylariga bo‘linishi mumkin. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə