A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar 
yaratib berish; 
2. Bolalar sog‘ligini saqlash;
3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy 
adaptatsiyasini ta’minlash; 
4. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;


105 
5. Bolalarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, 
davlat manfaati yo‘lida yetarli ta’lim olish;
6. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini 
shakllantirish:
7. Tarbiyalanuvchilarning o‘z - o‘zini rivojlantirish va belgilab 
olishehtiyojlarini shakllantirish.
Yetim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, 
yetimxonalar mavjud. yetimxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari 
shundaki, bu muassasa ota - ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning 
vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning maqsadi qiyin 
hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi 
bilan ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish. 
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o‘zgarishi bu muassasalarning 
ko‘pgina muammolari - bolalar ta’lim - tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion 
muammolarni hal qilishga yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab 
qiladi. Ota - ona qaramog‘isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat 
qaramog‘i 
muassasalari 
faoliyatining 
asosiy 
maqsadi 
bu 
muassasalardagi bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy 
reabilitatsion xarakterdagi chora - tadbirlarni amalga oshirish, bolalarga 
ta’lim berishni tashkillashtirishdir. Bolalar uyi davlat qaramog‘idagi 
bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda keng 
qamrovli ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik muammolarning borligi 
tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zaruriyati 
tug‘iladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə