A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Reabilitatsiya obyektlari quyidagilar



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Reabilitatsiya obyektlari quyidagilar: 
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. 
Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning 
qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. 
Qarovsizlikning 
asosiy 
belgilari 
deb 
yetakchilik 
faoliyatidagi 
kamchiliklar, xulq - atvorda chetga og‘ish, ijtimoiy adaptatsiya 
qiyinchiliklarini aytsak bo‘ladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning 
to‘laqonli sub’ekti bo‘lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni 
pedagog, psixolog va ota - onalar ko‘rsatishlari mumkin. 
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yyetim bolalar, xulq-atvorida chetga 
og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. 
Bu toifaga avvalambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni 
egallashda yordam ko‘rsatish lozim. Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti 
ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalarni bajara 
olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam ko‘rsata olishi lozim. 


109 
3. Psixosomatik va nerv - psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional 
og‘ishlarga ega bolalar. 
a) surunkali somatik kasalliklar
b) funksional buzilishlar, 
v) asab - ruhiy hastaliklar, 
g) aqliy qoloqlik, 
d) nogironlik. 
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj 
sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular 
shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks 
reabilitatsiyani ham o‘tkazishlari mumkin. 
Reabilitatsion yordam xarakteri: 
- kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish, 
- jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish, 
- tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish, 
- anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish. 
Adaptatsiyadan farqli o‘laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish 
sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi 
mexanizm mavjud nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi, adaptatsiya 
jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko‘nikish maqsadida qo‘llanadi. 
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy 
foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora - tadbirlar tizimidir. 
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, 
pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy. 
Tibbiy reabilitatsiya - bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan 
funksiyasini o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan 
bo‘ladi. 
Ruhiy reabilitatsiya - o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, 
uning maqsadi deviant xulq - atvorli bola ongida uning hech kimga 
kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o‘tishdir. 
Kasbiy reabilitatsiya - o‘smirni biror - bir kasbga o‘rgatish, u uchun 
yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini 
qidirishdan iborat. 
Maishiy reabilitatsiya - o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini 
yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy - iqtisodiy reabilitatsiya - deganda esa 
o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan 
moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora - tadbirlar 
tushuniladi. 


110 
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya - bola hayotiy faoliyatida muhim 
ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga 
yordamyordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy 
rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli 
ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora - tadbirlardir.
Ijtimoiy - pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va 
vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish
- voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va 
manbalarini aniqlash, 
- kasbiy, o‘quv, ijtimoiy - madaniy, sog‘lomlashtirish va boshqa 
komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual 
dasturlarini amalga oshishini ta’minlash, 
- uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash 
uchun dezadaptatsiya bo‘lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va 
tavsiyalar tayyorlash, 
- nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy 
sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga 
bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.), 
- oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o‘z oilasiga qaytib 
kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish, 
- voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish, 
- boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining 
yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 
Bu vazifalar ko‘lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi 
va muayyan sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə