A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Jismoniy 
Ruhiy 
Pedagogik 
Ijtimoiy 
Irsiy kasallik, 
ko‘rish qobili- 
yatining buzili- 
shi, eshitish 
qobiliyatining 
buzil ishi, suyak 
tayanch 
tizimidagi 
kasalliklar, 
nogironlar 
va boshqalar. 
Ruhiy rivojla-
nishning buzi-
lishi, aqliy 
qoloqlik, 
nutq buzilishi, 
o‘ta 
iqtidorlilik. 
Umumiy o‘rta 
ma’lumot 
olishdan chetga 
chiqish, kasbiy 
ta’lim olishdan 
chetga chiqish, 
o‘zlashtirishdan 
orqada qolish. 
Yetimlik; 
xulq - atvor 
me’yoridan 
og‘ishish; 
aroqxo‘rlik; 
norkamaniya; 
taksokomaniya; 
fohishabozlik; 
daydilik, 
o‘g‘rilik va b. 
 Me’yordan og‘ish turlari (M.A.Galaguzova bo‘yicha)
 
Ijtimoiy me’yor-bu jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida 
insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo‘l 
qo‘yilgan yoki mumkin bo‘lgan qoidalar, xatti - harakatlar andozasidir. 
Ijtimoiy chekinish yoki og‘ishlarning oldini olish va tartibga solib borish 
uchun qadimda turli xil afsonalar, an'analar va diniy marosimlar 
yaratilgan.
Ijtimoiy me’yor ikkita guruhga ajratiladi: 
▪ Universal, ya’ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos.
▪ Xususiy, ya’ni jamiyatdagi ma’lum guruh yoki ma’lum kasb egalari 
xos me’yorlardir. Ijtimoiy me’yorlarni, shuningdek huquqiy, ma’naviy, 
siyosiy, diniy va h.k.deb ham guruqlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy 
me’yorlar va insonlarning ulardan oqishi yoki chekinishi ular yashab 
turgan jamiyatning ajralmas faktori bo‘lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi 
ijtimoiy oqish esa uning o‘sha jamiyatda salbiy sifatlar ta’sirida 
tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishga, ijtimoiy rolni egallab, 
ijtimoiy tajribalarni o‘rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogika buni 
“tarbiyasi og‘ir bolalar” deb yuritishadi. Ya’ni bu bolalarning hatti-
harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me’yorlarga zid. Ijtimoiy 
pedagogning ish faoliyati esa shunday oqishlarni profilaktika hamda 
reabilitatsiya qilishga qaratilgandir. M. A. Galaguzova tomonidan turli 
og‘ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan:


117 
- kasallik, 
- ko‘rish qobiliyatining buzilishi, 
- eshitish qobiliyatining buzilishi.
- ruhiy rivojlanishning to‘xtab qolishi, 
- aqliy qoloqlik,
- nutq buzilishi,
- iqtidorlilik.
- umumiy o‘rta ta’lim olishdan chetga chiqish,
- kasbiy ta’lim olishdan chetga chiqish. 
- yetimlik,
- xulq - atvor normasidan og‘ish: aroqxo‘rlik; norkamaniya; 
taksikomaniya; daydilik va b.
Ijtimoiy pedagogning og‘ish xulq - atvorli bolalar bilan ish yuritishi 
og‘ishlar profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishni oldini 
olish, shuningdek xulqatvorida u yoki bu og‘ish aniqlangan bolalarning 
reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.
Chekinish (oqish) nazariyasi. Odob - axloq me’yorlari va ulardan 
chekinish yoki og‘ish hollari borasidagi to‘plangan bilimlar ularning 
sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu 
faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va 
psixogen. Insonlarning hayotdagi har qanday “og‘ish” hollari ularning 
potentsial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan 
muloqatga kirishishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Insonda ro‘y 
beradigan holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, 
tibbiyot kabi ko‘plab fan sohalari o‘zlarining spetsifik xususiyatlaridan 
kelib chiqib o‘rganadi, bu borada o‘z nazariyalarini boyitib boradi. 
Masalan, tibbiyot fani me’yorlardan chekinish qolatini bolalarning 
patalogik sog‘ligining buzilishi bilan bog‘liq deb baholaydi.
XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan 
insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari 
cheklangan insonlarga hech bo‘lmaganda elementlar ijtimoiy faoliyat
yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma’lum tayyorgarlikdan 
o‘tib, o‘zlari uchun o‘zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir 
ortiqcha yuk mo‘lmasligi mumkin edi. So‘ngra chekinish holatiga 
tushgan insonlarga nogiron (lat.invalidus kuchsiz,ojiz) sifatida qarash 
vujudga keldi. Bu nazariyaga ko‘ra imkoniyatlari cheklangan insonlar 
mutloq soqlom insonlar nazorati ostida bo‘ldi. Bunday insonlarga 
yordam berish tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy 


118 
siyosatiga o‘z tasirini o‘tkazdi. XX asrning 60 - yillariga kelib 
imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy 
modelining o‘rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi 
psixolik tahlilga suyandi. Bu modelga ko‘ra imkoniyatlari cheklangan 
insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o‘z haq - huquqlarini talab etishdi 
va bu talab o‘z sog‘liqlarini tiklashdan ko‘ra, jamiyat a’zolari bilan 
o‘zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo‘ldi. Odatda deviatsiyalar 
o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. o‘spirinlik davri yoshlik davrlari 
ichida eng murakkabidir. Uni o‘tish davri ham deb atashadi, chunki bu 
davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon 
o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari - anotomik - fiziologik tuzilishi, 
aqliy, axloqiy rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. o‘smirlik davrida 
o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z 
navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan 
munosabatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. 
O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan kattalar 
tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. Jamiyat 
tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me’yorlardan 
chekingan o‘smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir 
o‘smirlar deb atashadi. Tarbiyasi qiyin o‘smirlar deganda turli xil 
sabablarga ko‘ra pedagogik ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalar 
tushuniladi. Jamiyatda o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya 
qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o‘smirlarni ilmda deviatsiya deb 
atashadi. Deviant hatti - harakat - bu psixik sog‘lom shaxslar tomonidan 
me’yoriy qoidalarni buzish hollaridir. Deviatsiya 
-
bu ijtimoiy pedagogik 
muammo bo‘lib, inson ruqiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning 
o‘zgarish hollari Bilan bog‘liq. Bu hol, ayniqsa, o‘smir yoshdagi 
bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo‘lib, bu 
yoshdagi bolalarning anatomo - fiziologik, intellektual, axloqiy va 
boshqacha jihatlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar o‘z 
navbatida ularning psixikasida o‘zgarishlar ruy berishiga zamin yaratadi. 
Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o‘zini tutishida o‘zgarishlar ro‘y 
berib, ularni ko‘proq “Men kimman” - degan savol qiynaydi. 
Deviatsiya o‘z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-
harakatlarni birlashtiriradi. Deviant hatti - harakat - bu kichik ijtimoiy 
munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari 
jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorlardan, 


119 
hatti-harakatlar va qoidalardan og‘ish, chekinishning bir turidir. Ya’ni 
bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn.
Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o‘z boshimchalikka yo‘l 
qo‘yish, bolalar va o‘smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, 
oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant 
xarakatlarning asosiy ko‘rinishlaridir. Ma’lum vaziyatlarda bolalar va 
o‘smirlarning shu kabi hatti - harakatlarni namoyon etishi deviant 
harakatlarning tipik xususiyatidir.
Delinkvent hatti - harakat - deviant harakatlardan farqli o‘laroq, ular 
vaziyat ta’sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial harakatlarning 
quyidagi turlari mavjud:
- haqoratlash, xo‘rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv 
bosqinchilik harakatlar;
- Kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtotransport va boshqada kerakli 
buyum va anjomlarni o‘qirlash kabi moddiy foyda ko‘rishga qaratilgan 
o‘z shaxsiy mafaati yo‘lidagi xarakatlar;
- Narkotiklar sotish va tarqatish. Kriminal hatti - harakat - bu jinoiy 
javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan shaxslarning huquqlarga zid 
harakatlari bo‘lib, ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilish jarayonidir.
Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi.
Deviant xarakterlarning asosiy sabablari: Bolalar, o‘smirlar va umuman 
ba’zi jamiyat a’zolarining jamiyat tan olgan me’yorlarga zid keluvchi 
hatti - harakatlarni namoyon etishi, bu birdaniga, o‘z - o‘zidan 
bo‘ladigan hodisa emas. Ya’ni o‘sha insonlarning shunday yo‘l tutishiga 
nimadir sabab bo‘ladi. Ya’ni har bir fazilat o‘z tarixiga ega. Insonning 
rivojlanishi bir - biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan turli xil faktorlarga 
bog‘liq: irsiy, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə