A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


 Deviatsiya turlari qaysilar?



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
4. Deviatsiya turlari qaysilar? 
 
REJA: 
1.Voyaga yetmaganlar jinoyatchilik muammosi 
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun maxsus o‘quv - tarbiya 
muassasalari 
3. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan olib boriladigan ijtimoiy -
pedagogik faoliyat 
 
Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga 
keltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:
1.Biologik faktorlar, ya’ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini 
murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga: 
▪ genetik (tug‘ma aqli zaiflar, ko‘rlar, karlar va h.k.),
▪ psixofiziologik (ya’ni inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, 
somatik xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga 
keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.),
Voyaga yetmaganlar jinoyatchilik muammosi
 
5-MAVZU: JINOYATCHILIK 
BOLALARDA G’AYRIQONUNIY
XATTI-HARAKATNING 
NAMOYON BO’LISHI SHAKLI 
SIFATIDA 


131 
▪ fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, 
tilning duduqligi va h.k.)
2.Psixologik faktorlar, ya’ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant 
(haddan tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, 
nevrasteniya kabi kasalliklardir)
3.Ijtimoiy - pedagogik faktorlar, ya’ni bolalik davridan boshlab maktab, 
oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar.
4.Ijtimoiy - iqtisodiy faktorlar, ya’ni bu jamiyatdagi ijtimoiy 
tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag‘allar deb ajratilishi, 
xalqning ma’lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining 
kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k.
5.Ma’naviy - aqloqiy faktorlar. Ularga birinchidan, jamiyatdagi 
ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma’naviy 
qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, muayyan jamiyatning undagi ro‘y 
berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik kiradi.
Maktab o‘quvchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi 
bosqichlardan o‘tadi: 
- o‘quv dekompensatsiyasi - bola bir yoki bir nechta fanlarni 
o‘zlashtirishida qayinchiliklrga paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan 
holat;
- maktab dezadaptatsiyasi
- O‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘qituvchilar, 
sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq - atvor 
buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati; 
- ijtimoiy dezadaptatsiya - bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga 
qiziqish batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish 
kuchayadi;
- bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi. 
Bolaning psixoijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir 
muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda 
g‘ayriijtimoiy xulq - atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy 
munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega.
Ular

- o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa 
tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq 
- oila uchun yurish - turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa 
qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;
- to‘liqsiz oilada, bolalar va ota - onalarning uzoq muddat ayri 
yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; 


132 
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot 
tarzi, 
-ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar 
turi. Shavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi 
yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi 
harakatlarga aytiladi. Bolaning ruhiy - ijtimoiy rivojlanishiga oila va 
uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat bolalarda 
ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga 
olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, 
boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
- Ijtimoiy - iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va 
kambag‘allarga sinflashishi, aholi ko‘p qismining kambag‘allashib 
ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab 
qo‘yilishidan iborat.
- Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy 
darajasida, qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa 
tomondan esa jamiyatning deviant xulq - atvorning namoyon bo‘lishiga 
befarq qarashida o‘z aksini topadi. 
Konformlik va deviant xulq oldingi fikrlarimizda odamninng 
ijtimoiy hayoti me’yor va qoidalar bilan tartibga solinishi bayon qilingan 
edi. Odamlar vaziyatga qarab qoidalarga amal qilmaganda ularning 
faoliyati xatosiga aylanib ketardi, Aytaylik, haydovchilar muayyan 
qoidalarga amal qilishmasa, yo‘lda mashinalar harakatlanishi mumkin 
bo‘lmay qolardi. Biz o‘z xatti - harakatlarimizda amal qiladigan qoidalar 
ijtimoiy dunyoga muntazamlik va tartib baxsh etadi. Lekin odamlarning 
hamma harakatlari har doim ham kutilgan ijtimoiy natijalarni 
beravraydi. Ba’zan haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga yetarli e’tibor 
bermaydilar, garchi bu hol boshqa odamlarning hayotini xavf ostiga 
qo‘ysa ham. Shoshilayotgan paytda yoki alkogolli ichimlik iste’mol 
qilgan paytda avtomobilni ehtiyotsizlik va ma’suliyatsizlik bilan 
boshqarib, qoidani buzishlari mumkin. Odamlar o‘zlari amal qilishlari 
lozim bo‘lgan qoidalardan ko‘pincha chetga chiqadilar. Xulq og‘ishini 
o‘rganish - sotsiologiyaning eng qiziq vazifalaridan biridir. Bu sohani 
tahlil qilish juda murakkab, chunki ijtimoiy me’yor va qadriyatlar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, qoidalarni buzish tiplari ham shunchalik ko‘p 
bo‘ladi.
Turli madaniyatlar me’yorlari bitta jamiyat ichida ham ancha farq 
qiladi. Shuning uchun bir jamiyat uchun oddiy hol hisoblangan narsa 


133 
boshqasida me’yordan ogish sifatida baholanishi mumkin. Masalan:
 
marixuanna chekish - Britaniya madaniyatida og‘ish hisoblanadi, 
alkogollik ichimlik ichish esa og‘ish hisoblanmaydi. Yaqin Sharq 
mamlakatlarida buning mutloqo aksi kuzatiladi. Og‘ish nima? 
Deviatsiya (og‘ish)ni guruh yoki jamiyatda ko‘pchilik odamlar 
tomonidan qabul qilingan me’yor va me’yorlar yig‘indisiga mos 
kelmaslik deyish mumkin. Xulq - atvorning umumiy qoidalarini 
ko‘pchiligimiz buzganmiz. Ko‘pchilik kichik o‘g‘irliklar, masalan, 
do‘kondan biror narsaga haq to‘lamay olish yoki ishxonadan pochta 
qog‘ozi kabi mayda - chuyda narsalarni shaxsiy manfaatlari yqlida 
foydalanish kabilarga yo‘l qo‘yganmiz. “Deviant xulq” ga quyidagi 
misolni keltirish mumkin. Amerikalik milliorder Govard Xyuz juda 
omadli beznesmen edi. U mehnatsevarligi, original fikr yuritishi va 
kutilmagan qarorlar qabul qilgani uchun muvaffaqiyatga erishdi. Uning 
faoliyati g‘arb madaniyatining asosiy qadriyatlariga mos edi. Biroq 
uning xulq - atvoridagi bazi sifatlar umum tomonidan qabul qilingan 
me’yorlarga mos kelmas edi. Hayotining so‘ngi yillarini u tashqi 
olmadan ajralib, o‘zining lyuks xonasini tark etmay, soch o‘stirib, 
paxmoq soqol qo‘yib, Injildagi payg‘ambarlarga o‘xshab o‘tkazdi. Xyuz 
ayni bir paytning o‘zida ishi juda yurishgan biznesmen va xulqi juda 
og‘ib ketgan odam edi. Ted Bandining xizmat parvozi esa buning 
teskarisi edi. Sirtdan Ted Bandining turmush tarzi xurmatli fuqaro xulq 
- atvorining barcha me’yorlariga mos kelar edi. Sirtdan qaraganda u 
shunchaki emas, juda oliy maqtovga sazovor turmush kechiraradi. 
Masalan u sutka davomida stress xolati dagi va o‘z joniga suiqasd qilish 
oldida turgan odamlar bilan telefon aloqasini tashkil qilgan samaritiylar 
jamiyatining faol a’zosi edi. Biroq, bu uning bir qator vahshiylarcha 
qotillik qilishiga halaqit bermadi. O‘lim haqidagi hukmni e’lon qilishdan 
avval sudya Bandini katta qobiliyatlari uchun maqtadi va u umrini 
qanday noxush sarf qilganini ta’kidladi. Bandining taqdiri sirtdan 
me’yordagi ayot ayni paytda maxfiy og‘adigan xatti-harakatlar bilan 
kechishi mumkinligini kqrsatdi. Og‘ishlar faqat individual xulqda 
bo‘lmay guruh xulqida ham bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida e’tiqodi 
va turmush tarzi Birlashgan qirollikda istiqomat qiladiganlarning 
kiligidan farq qiladigan guruh tomonidan ko‘plab turiladigan Krishna 
dinini olish mumkin. Bu din 1956 yilda Nyu - Yorkda, Shri Prapxupada 
Hindistondan G‘arbda Krishna ongi tqg‘risidagi ta’limotni tarqatish 
uchun kelganda vujudga keldi. Uning nomalari asosan giyohvand 


134 
moddalar iste’mol qiladigan yoshlarga yollanar va shu ta’limotga amal 
qilinsa, `mudom ko‘tarinkilik holatida bo‘lish va adabiy lazzat manbaini 
topish` mumkinligini ovoza qilar edi. Ko‘chalarda krishnaviylarning 
raqsga tushish va ashula aytishlariga ko‘nikib qolishdi. Aholi ularga, 
garchi o‘zlarini tutishlari ekstsentrik tuyulsa - da, chidam bilan 
mtsunosabatda bg‘ladi. Krishnalar deviatsiyali submadaniyatga misol 
bo‘ladilar. Bu tashkilot boy bg‘lib, u qz a’zolarining va unga xayrixoh 
bo‘lganlarning hadyalari hisobiga kun kechiradi. Me’yorlar va 
sanktsiyalar Sanktsiya boshqalar tomonidan individ yoki guruh xulqiga 
bildirilgan reaktsiya bqlib, uning maqsadi - mazkur ijtimoiy me’yorning 
bajarilishini kafolatlash. Sanksiyalar pozitiv (konformlik uchun 
rag‘batlantirish) yoki negativ (nokonform xulq uchun jazo) bqlishi 
mumkin. Sanktsiyalar formal yoki normal bo‘ladi. Formal sanktsiya 
normalarga rioya qilishni kafolatlaydigan tashkilot yoki guruh bo‘lgan 
joyda mavjud bo‘ladi. Formal sanktsiyalar - nokonformlikka nisbatan 
kamroq uyushgan va ko‘pincha o‘z - o‘zidan kelib chiqadigan reaktsiya. 
Rasmiy sanktsiyalar tiplarining ko‘pchiligi hozirgi jamiyatda sud va 
qamoqxonalar misolidagi jazo tizimlari bilan bog‘liq. Politsiya ham 
jinoyatchilarni sudga tortish, ehtimol keyin qamoqxonaga qamash bilan 
bog‘liq tashkilotdir.
Yo‘l qoidalarini buzishning ko‘pchiligi jarima yoki haydovchilik 
huquqidan 
mahrum 
qilish 
bilan 
jazolanadi 
va 
bu 
jazolar 
haydovchilarning yo‘l qoidalarini buzishi va ayni paytda 
politsiyachilarning ko‘ziga ko‘rinmasliklari uchun kifoya qiladi. Formal 
negativ sanktsiyalarga jarimalar, qamoqxonalarga qamash va qatl etish 
kiradi. Pozitiv formal sanktsiyalar esa unchalik ko‘p emas. 
Haydovchining avtomobilni namunali haydashini rag‘batlantirish 
maqsadida (a’lo haydovchilik uchun yoki bilog‘on haydovchi kabi 
unvonlar mukofat sifatida beriladi). Formal pozitiv sanktsiyalar ijtimoiy 
hayotning boshqa sohalarida ham uchraydi: jangdagi jasurligi uchun 
medall bilan mukofatlash, akademik sohadagi yutuqlar uchun 
beriladigan daraja va diplomlar, sportdagi ishtiroki uchun mukofatlar va 
boshqalar. Pozitiv va negativ formal sanktsiyalar ijtimoiy hayotda 
barcha sohalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Pozitiv noformal 
sanktsiyalar maqtov, ma’qullash mazmunidagi jilmayish, yelkaga urib 
quyish kabi shallarda ifodalanishi mumkin. Negativ noformal 
sanktsiyalar esa odatda haqorat ohangi, so‘kish yoki hayfsan, individni 
namoyishkorona nazarga ilmaslik ko‘rinishlarida ifodalanadi. Formal 


135 
sanktsiyalar ancha samarali bo‘lsa ham, noformal sanktsiyalar 
konformlik va me’yorni saqlashda fundamental ahamiyatga ega.
Do‘stlar, oila, hamkasblarining yaxshi munosabatini saqlab qolish 
ehtiyoji, kulgi bo‘lish, uyalib qolish, rad etishdan qochish odamlarning 
xulqini kqpincha formal mukofotlar yoki jazolashdan ko‘ra ko‘proq 
belgilab beradi. Qonunlar, jinoyatlar va jazolar. 
Qonunlar - bu hokimiyat tomonidan fuqarolar amal qilishi uchun 
belgilab qo‘yiladigan tamoyil shaklidagi me’yorlar Konformlik 
namoyish yetmaydigan odamlarga qarshi qullanadigan formal 
sanktsiyalar ham mavjud. qonun bor joyda jinoyat ham topiladi, chunki 
jinoyatni qonunni buzuvchi har qanday xulq deb ta’riflash mumkin.
Sanoatlashtirishgacha bo‘lgan yevropada diniy jinoyatlar, 
hukmdor va zodogonlarning mulkiga qarshi jinoyatlar eng og‘ir 
jinoyatlar hisoblangan. Oddiy fuqaro ikkinchi bir fuqaroni o‘ldirishi 
yuqoridagiday og‘ir jinoyat hisoblanmasdi. Bunda jabrlanganning 
qarindoshlariga pul tqlab gunohini yuvgan. Ba’zan esa qurbon 
bo‘lganning oilasi aybdorni o‘ldirgan. Qamoqxonalar va jazolar 
Qamoqxonaga qamash uzoq vaqt kriminal xulqni korrektsiya qilish 
bilan, jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va ularni qonunni hurmat 
qiluvchi fuqarolarga aylantirish bilan bog‘liq. qamoqxonaga qamash 
huquqbuzarlarni jazolash va fuqarolarni ulardan himoya qilish usulidir. 
Biroq baribir qamoqxonaga qamash tizimining e’lon qilingan tamoyili - 
kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi uchun individni tuzatish 
hisoblanadi. Lekin qamoqxonalar shunday samara beradi deb hisoblab 
bo‘lmaydi. Qamoqda jinoyatchilar faqat ozodlikdan emas, daromaddan, 
jamiyatdan, oiladan, sobiq do‘stlardan, va boshqa shaxsiy buyumlardan 
ham maxrum bo‘ladilar. Ko‘pincha ular liq to‘lib ketgan binolarda 
yashaydilar va talablarni qatiy bajarishga majbur bo‘ladilar. Bunday 
sharoitlarda yashash qamoqxonalardagi mahbuslarni jamiyatdagi 
xulqatvor me’yorlariga ko‘niktirish o‘rniga ular bilan jamiyat o‘rtasiga 
to‘siq qo‘yadi. Ular qamoqxonada o‘zlashtiradigan odatlar va xulq - 
atvor usullari jamiyat ulardan umid qilayotganidan mutloqo aksinchadir. 
Barcha ozod bo‘lganlarning 60% dan ortig‘i qayta jinoyatga qul urishi 
statistik ma’lumotlarga kqra aniqlangan. Jinoiy jazo sifatida o‘lim jazosi 
ham qo‘llaniladi. Qamoqxonalar qayta tarbiyalash uchun tashkil qilinar 
ekan jinoyatchini qldirish bilan uning xulq - atvorini o‘zgartirish 
mumkin emas. O‘lim jazosiga turlicha qarashlar, munosabatlar mavjud. 
Jinoyatchilik darajasi ayollar orasida erkaklar orasidagiga qaraganda 


136 
ancha past. Buning sabablari ijtimoiylashuv sharoitlarining turlichaligi 
va erkaklarning ko‘proq uydan tashqaridagi faoliyatga jalb etilganidir. 
Ruhiy kasalliklar haqidagi tasavvurlar. Og‘ayotgan xulqning aniq 
ko‘rinishlaridan biri - majburiy muassasalardan foydalanishni va davlat 
tomnidan tartibga solishni taqoza etadigan turlaridan biri ruhiy 
kasalliklar hisoblanadi. Aqldan ozganla ruhiy jihatdan `bemor` 
ekanliklari haqidagi tasavvurlar taxminan 2000 yil muqaddam 
shakllandi. Undan avvallari esa hozir ruhiy kasal deb hisoblanadigan 
odamlarni bemor emas, aqlsiz va miyasiz deb hisoblaganlar.
Ruhiy og‘ishlar asosan ikki toifaga bo‘linadi: psixoz va nervoz.
Psixozda voqelikni idrok qilish tuyg‘usi yo‘qoladi. Psixozning eng 
ko‘p uchraydigan shakllaridan biri - shizofreniya hisoblanadi. 
Shizofreniyani tavsiflovchi alomatlar bog‘lanmagan va mantiqsiz 
so‘zlashuv, tinglash va ko‘rish gallyutsinatsiyalari, buyuklik yoki ta’qib 
maniyasi, atrofdagi voqea va hodisalarni qabul qilmaslik kabilarni 
qamrab oladi. Nevrotik o‘zgarishlar kqp hollarda hayotning odatiy 
oqimiga halaqit bermaydi. Nevrotikning asosiy xususiyati - boshqalar 
e’tibor bermaydigan mayda - chuyda narsalar sababli chuqur tashvishga 
tushishidir. Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va 
korreksiya masalalari Deviant xatti - harakatdagi bolalar va o‘smirlarga 
nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korrektsiya ishlari amalga 
oshiriladi.
Reabilitatsiya - bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statusi, soqligi, 
ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko‘p darajali
bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korrektsiya singari 
aspektlarni o‘z ichiga oladi. Profilaktika - bu reabilitatsiya tizimidagi 
shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo‘qotishga shart - 
sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko‘proq ijtimoiy muhit 
bilan bog‘liqdir.
Korreksiya- bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va 
o‘smirlar Bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi. Deviant xulq-
atvorli bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik amaliyot yuritish.
O‘smirlar deviant xulq - atvorining profilaktikasi. O‘smirlik 
yoshida deviatsiya namoyon bo‘lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy 
pedagog oldida bu o‘smirlar bilan ishlashning yangi usullari, 
texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo‘yadi. Ilmiy 
nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya - profilaktika va 
reabilitatsiya keng tarqalgan. Profilaktika - o‘smirlar xulq - atvorida 


137 
ijtimoiy normalardan og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi 
asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, 
tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan 
bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə