A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Reabilitatsiya obyektlari quyidagilar



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Reabilitatsiya obyektlari quyidagilar: 
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi 
bolalarning eng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning qiyin tarbiyalanishi 
ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy 
belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq - atvorda 
chetga og‘ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo‘ladi. Bu 
bolalar va o‘smirlar faoliyatning to‘la qonli subyekti bo‘lmaganliklar 
uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va otaonalar 
ko‘rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq - atvorida chetga 
og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, 
ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim. Reabilitatsiyaning 
asosiy subyekti ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida sanab o‘tilga 
funksiyalarni bajara olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam 
ko‘rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv - psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional 
og‘ishlarga ega bolalar. 
a) surunkali somatik kasalliklar,
b) funksional buzilishlar,
v) asab - ruhiy hastaliklar,
g) aqliy qoloqlik,
d) nogironlik. 


139 
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj 
sezadilar. Uning subyektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular 
shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks 
reabilitatsiyani ham o‘tkazishlari mumkin.
Reabilitatsion yordam xarakteri: 
- kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish,
- jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish, 
- tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish,
- anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish.
Adaptatsiyadan farqli o‘laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish 
sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi 
mexanizm mavjud nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi, adaptatsiya 
jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko‘nikish maqsadida qo‘llanadi. 
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy 
foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora - tadbirlar tizimidir. 
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, 
pedagogik, ijtimoiy - iqtisodiy, kasbiy, maishiy. Tibbiy reabilitatsiya 
bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish 
yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi. Ruhiy reabilitatsiya 
o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi deviant xulq 
- atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni 
yengib o‘tishdir. Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga 
o‘rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga 
ega ish joylarini qidirishdan iborat. Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun 
normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy - iqtisodiy 
reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, 
unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga 
qaratilgan chora - tadbirlar tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya 
- bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, 
uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam beruvchi faol hayotiy 
pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish 
qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy 
xarakterdagi chora-tadbirlardir.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə