A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
 
 
 
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va 
vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish
- voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va 
manbalarini aniqlash, 
-kasbiy, o‘quv, ijtimoiy-madaniy, sog‘lomlashtirish va boshqa 
komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining 
individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash,
- uy sharoitlarida reabilitatsion chora - tadbirlarni uzluksizligini 
ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo‘lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik 
qilish va tavsiyalar tayyorlash,
- nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy 
sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga 
bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.),
- oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o‘z oilasiga qaytib 
kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish, 
- voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
- boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi 
tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish.
Bu vazifalar ko‘lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan 
ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi 
mumkin.
 
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun maxsus o`quv tarbiya 
muassasalari.


145 
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat 
ko‘rsatiladi: 
- ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-
psixologik yordamga muhtojlarga,
- ota - onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda 
qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga
- turli sabablarga ko‘ra deprivatsiyaga mayli borlarga,
- noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
- yetim bolalar va ota - onasi qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 
(muassasada yashashga rozi bo‘lmaganlarga). 
Deviant xulq - atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi 
reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda 
amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
- nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
- ota - onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy 
holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy - psixologik yordam,
-ijobiy ijtimoiy xulq - atvor, 
atrofdagilar bilan muomula qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, 
-ota - onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik 
funksiyalarini bajarish, - shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf 
etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo‘llab - quvvatlanish,
- oilaga qaytib kelishga ruxsat,
- normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
- ishga jolashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy 
bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va 
amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi. Tashxis 
qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy 
xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini 
aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda 
tutadi. Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, 
faoliyatning asosiy elementlari - maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, 
bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy 
maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to‘g‘rilash, 
bolalarga muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam ko‘rsatish. 
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan 
chiqqanidan so‘ng oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan uyg‘un 
munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Qiyin tarbiyalanadigan 


146 
bolalarni reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga 
ega. Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv 
asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o‘zaro 
munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini 
uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq chora - tadbirlar tizimini 
amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. 
Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy - psixologik - pedagogik) reabilitatsiya 
xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi. Bu 
reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: 
- bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash;
- ularni bartaraf etish vositalarini qidirish
- ta’lim - tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
- normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni 
tashkil qilish; 
-tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z vaqtida aniqlash;
- o‘smirlarning ruhiy inqirozini yengib o‘tish;
- maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga 
har tomonlama yordam ko‘rsatish.
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
- mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy 
holatni inobatga olish;
- sheriklik; reabilitatsion chora - tadbirlarning keng qamrovliligi; 
- ketma - ketlik;
- individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish 
tamoyili
 
bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo 
etadi. Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog - bola) 
barcha psixologikpedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola 
shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat. Keng qamrovlilik tamoyili 
reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli choratadbirlar 
komelksini ko‘zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari 
mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b. Ketma - ketlik tamoyili bir 
reabilitatsion chora - tadbirdan boshqasiga asta - sekin o‘tishni ko‘zda 
tutadi. Individual - insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat 
aktual balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini 
ko‘zda tutadi. Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan 
psixologik - pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari 
asosiy maktab xodimlarining zimmasida bo‘ladi. Avvalambor u 


147 
bolalarni o‘z maqomlarida (muomalaning to‘laqonli a’zosi sifatida) va 
muomala layoqatiga ega (yetakchi o‘quv faoliyatinig subyekti) sifatida 
tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-
muhiti bilan ish olib borishiga bog‘liq. Pedagoglar shug‘ullanuvchi 
nuqsonlar va me’yordan chetga og‘ishlar sabablari asoson psixologik-
pedagogik xarakterga ega bo‘lib, kerakli vositalar yordamida to‘g‘ri 
yo‘lga solinadilar. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik 
reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o‘smirlarga nisbatan oilaviy va maktab 
repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga 
shuningdek esa ularni o‘quv faoliyatining subyekti sifatida tiklashga 
qaratiladi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə