A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Bu yo‘nalishdagi faoliyat amalga oshiriladigan muassasalar



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Bu yo‘nalishdagi faoliyat amalga oshiriladigan muassasalar 
Reabilitatsion dasturlarni amalga oshiruvchi ishchilar toifalari: 
1. Ruhiy - pedagogik reabilitatsiya. Obyekt - ijtimoiy va pedagogik 
qarovsiz bolalar. Vazifalari: - maktab va oilaviy kamsitishlarni yengish,
- etakchi faoliyatda muvaffaqiyatga erishish, 
- ruhiy va shaxsiy rivojlanishning uyg‘unlashuvi,
- ijobiy “men” obrazini shakllantirish,
- ijtimoiy adovat profilaktikasi.
Umumta’lim maktabgacha muassasalari, maktablar, oddiy guruh (sinf), 
korreksiya sinflari. Individual o‘qitish maktablari. O‘smirlar va 
bolalarga psixologik - pedagogik yordam ko‘rsatish markazlari 


149 
pedagoglar. Amaliy psixologlar, ijtimoiy pedagoglar, logopedlar, 
korreksion ta’lim o‘qituvchilari 2. Ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya 
obyekt - nizoli tarbiyaviy vaziyatda bo‘lgan dezadaptatsiya qilingan 
bolalar, yetimlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlar. Vazifalari: - 
huquqlarni himoya qilish, vasiylik.
- nazoratsizlikni oldini olish,
- ijtimoiy zararli omillar profilaktikasi,
- ijtimoiy maqomning tiklanishi,
-psixofizik va shaxsiy rivojlanish sur’atlarini ushlab turish, go‘daklar 
uyi.
- bolalar uyi.
- maktab-internatlar,
- maxsus maktablar,
ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiya markazlari. 
ijtimoiy pedagoglar.
ijtimoiy ishchilar.
Amaliy psixologtarbiyachilar,
bolalar 
huquqlarini 
himoya 
qilish 
bO‘yicha 
inspektorlar, 
psixoterapevtlar, psixonevrologlar .
3. Tibbiy pedagogik reabilitatsiya.
Obyekt-nogiron bolalar, tez-tez kasalga chalinuvchi bolalar, cheklangan 
aqliy imkoniyatlarga ega Funksional buzilishlarga ega bolalar uchun 
muassasa. Korreksion maktab. Pedagogdefektolog o‘qituvchi dektolog 
bolalar.
Vazifalari: - tarbiyaviy mikromuhit gigiyenasi
- sog‘lomlashtirish va davolash
- tibbiy profilaktika
- sog‘liqni saqlash
- ijtimoiy adaptatsiya va reabilitatsiya 
- zaxiradagi imkoniyatlardan foydalanish
- kompensatorlik funksiyalarni rivojlantirish, nogironlar uylari.
Sog‘liq markazlari.
Davolash markazlari.
Terapevt pedagogika markazlari. 
Maktabgacha muassasalar va maktablarda logopedik guruhlar.
Ruhiy sog‘lik va reabilitatsiya markazlari.


150 
Tarbiyachilar, valsologla,r ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy pedagoglar, 
tibbiy xodimlar, psixologdefektologlar va reabilitatsion ijtimoiy 
pedagogik texnologiyalar.
Bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda reabilitatsiya 
dasturlarini tuzayotganda o‘smirning qaysi holatda ekanligini ham 
inobatga olish darkor. Bu oiladagi yoki tengdoshlari davrasidagi janjal 
natijasida kelib chiqqan ijtimoiy qarovsizlik holati ham bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy pedagogning bu bolalar bilan ish olib borishi o‘smir ichki 
olamini ijtimoiy sog‘lomlashtirishga qaratiladi. ijtimoiy pedagog bola 
tushib qolgan vaziyatni shoshilinch tashxiz qo‘ya olishi va ijtimoiy - 
shaxsiy - emotsional xislatlarning buzilishi sabablarini ham aniqlashi 
lozim. Shu borada asosiy faoliyat turlariga: individual maslahat berish, 
salbiy emotsional ahamiyatga ega vaziyatlarni to‘g‘irlash maqsadida 
o‘smirlarni trening guruhlariga qo‘shish, bola qadriyatlari tizimi bilan 
individual ish olib borish, ijtimoiy ko‘nikmalar paydo qilish kiradi. 
Bundan tashqari bola va ota - ona o‘rtasida yaxshi o‘zaro munosabatlarni 
tiklash uchun oila bilan ham ish yuritish lozim. Bu faoliyat oila 
pedagogik pozitsiyalariga tashxis qo‘yishni, ota - onalarni treyning 
guruhlarga jalb etishni ko‘zda tutadi. Inqirozli holatda turgan o‘smir 
boshqacha yondashuvlarni talab qiladi. Odatda bunaqa xulq - atvor 
o‘smirning hal qilib bo‘lmaydigan vaziyatga munosabatini bildiradi. Bu 
toifa bolalar bilan ish olib borishda emotsional holatning shoshilinch 
diagnoztikasi, bu muammo sabablarini aniqlash, muammolarni hal qilish 
ko‘nikmalariga o‘rgatish, ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish 
ustida ish olib borishni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy pedagog faolyatning 
boshqa bir yo‘nalishi uy - joysiz bolalarga qaratilgan. Bu bolalar bilan 
ishlash ikki yo‘nalishdan iborat: - bunaqa bolalarning yashab ketishlari 
uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam ko‘rsatish, ovqat bilan 
ta’minlash), - o‘ziga, o‘z kelajagiga ishonchni mustahkamlash uchun 
o‘tgan hayotlarining salbiy tajribasidan xalos etish. Asosiy ish metodi - 
patroj, asosiy ish shakli “men” konsepsiyasini shakllantirishga qaratilgan 
ijtimoiy psixologik trening tashkil qilish. Bu reabilitatsiya dasturlarini 
quyidagi 3 shartlarni bajargandagina effektiv tarzda amalga oshirsa 
bo‘ladi:
1) dasturning barcha ishtirokchilarini - bola, ota - ona, ijtimoiy pedagog, 
mutaxassis yuqori motivatsiyasi,
2) mutaxassislar va reabilitatsion muassasalar rahbarlarining ruhiy-
pedagogik kompetentliklari, 


151 
3) turli davlat xizmatlari - ta’lim sog‘liqni saqlash,
4) faoliyatini tartibga solish.
Dezadaptatsiya bo‘lgan bolalar bilan ish olib borishning mavjud 
texnologiyalari deviant xulq - atvorni ijtimoiy nazorat ostiga olishga 
qaratilgan. Bu jarayon birinchidan eng xavfli deviant xulq - atvor 
shakllarini ijtimoiy foydali shakllar tomonidan siqib chiqarilishi
ikkinchidan bolaning ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan 
tomonga 
yo‘naltirish, 
uchinchidan 
daydilik, 
giyohvandlik, 
besoqolbozlik, fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlarni jinoiy 
yoki ma’muriy kuzatuvdan xalos etish; to‘rtinchidan maxsus ijtimoiy 
yordam xizmatlarini tuzishdan iborat.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə