A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy
pedagog quyidagi qoidalarga suyanadi: 
1. Ijtimoiy madaniy normani o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi 
jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramqiy 
tizimlar majmuasini o‘zlashtirmay inson jamiyatning to‘la qonli a’zosi 
sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy 
va pedagogik qarovsizligi bo‘lib, u nafaqat bola rivojining g‘ayrinormal 
alomati balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning 
natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy 
madaniy normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo‘lgan 
boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat subyekti, ijtimoiy subyekt va shaxs 
darajasida amalga oshirilishi kerak. “Profilaktikasi” atamasi o‘zi noxush 
oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini 
bildiradi.
Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini 
inobatga olsak, profilaktik chora - tadbirlarning bir nechta turlarini 
ajratsa bo‘ladi:
- neytrallashtiruvchi,
- o‘rnini to‘ldiruvchi,
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan 
ogohlantiruvchi, - bu holatlarni bartaraf etuvchi,
- o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi. 
Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga 
bir nechta yondashuvlar mavjud:
Informatsion yondashuv - voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat 
va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan 
huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar. Ijtimoiy profilaktik 
yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf 
etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuning mohiyati davlat, jamiyat, 
muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan 


138 
deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga 
qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, tashkiliy, huquqiy va 
tarbiyaviy chora tadbirlarni o‘tkazishdan iborat. Tibbiy - biologik 
yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og‘ishlarni 
turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan 
davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish 
hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega 
o‘smirning ijobiy hislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. Deviant xulq-
atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi Ijtimoiy 
pedagogning dezadaptatsiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa 
bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya 
keng turdagi vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning 
jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal 
qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə