A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

vaqt bo‘yicha 
- doimiy va 
nodoimiy, 
yo‘nalishi bo‘yicha 
- ijobiy (mehnat, sport, san’at bilan 
mashg‘ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol 
qilish, qimor o‘ynash). 
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish 
olib borishning uslublari va texnologiyalari quyidagilar: 
Maktab yordamida: 
- maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy 
ta’sir (seksiya, klub, to‘garaklar); 
- intizomli, a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga 
ta’siri. Bu yo‘nalish bir - biri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro 
muomalaga talab bo‘lganda juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning 
asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va 
boshqalar bilan shug‘ullanish) yotadi. Bu yo‘nalishning amalga 
oshirishning muvafaqqiyati ko‘p borada o‘qituvchi, sinf rahbarining 
mohir rahbarligiga bog‘liq. 
- sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri. Bunaqa 
birgalikdagi faoliyat (sayohatga chiqish, spartakiadalar, san’at 
festivallari, ko‘rgazmalar, jamoaviy harakatlar)ni talab qiladi. Sinfda 
jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari 
uchun balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning 
ishtirokiga ko‘p narsa bog‘liqligini anglab yetishadi. Bunaqa faoliyatlarda 


130 
og‘aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to‘g‘ri 
munosabat shakllanadi, yuksatilgan vazifa uchun mas’uliyat xissi ortadi; 
- pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko‘rib chiqilgan 
yo‘nalishlari mikrotuman tarbiyaviy ishida maktab jamoasi bilan 
birgalikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 
Nazorat savollari: 
1.Me’yor va me’yordan og‘ish: tushuncha va tavsif. 
 
2. Me’yordan og‘ish turlarini sanab bering .
3. Ruhiy og‘ishishlar, pedagogik og‘ishishlar ijtimoiy og‘ishishlar 
mazmun mohiyatini yoritib bering.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə