A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi: 
- ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy - 
psixologik yordamga muhtojlarga, 
- ota - onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda 
qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga, 
- turli sabablarga ko‘ra deprivatsiyaga mayli borlarga, 
- noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga, 
- yetim bolalar va ota - onasi qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 
(muassasada yashashga rozi bo‘lmaganlarga). 


111 
Deviant xulq - atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik 
reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan 
muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: 
- nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi, 
- ota - onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga 
tushib qolgan bolalarga tibbiy - psixologik yordam, 
- ijobiy ijtimoiy xulq - atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, 
- ota - onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik 
funksiyalarini bajarish
- shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi 
ruhiy va pedagogik qo‘llab - quvvatlanish, 
- oilaga qaytib kelishga ruxsat, 
- normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash, 
- ishga jolashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. 
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy 
bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga 
oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi. 
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi 
rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning 
shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik 
tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. 
Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, 
faoliyatning asosiy elementlari - maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, 
bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy 
maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to‘g‘rilash, 
bolalarga muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam ko‘rsatish. 
Reabilitatsiyadan 
keyingi 
himoya 
bolalarga 
reabilitatsiya 
markazidan chiqqanidan so‘ng oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan uyg‘un 
munosabatlarni tiklashga yordam beradi. 
Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitatsiya jarayonida tarbiya 
muassasalari katta ahamiyatga ega. 
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv 
asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o‘zaro 
munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini 
uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq chora - tadbirlar tizimini 
amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab 


112 
reabilitatsiyasi (tibbiy - psixologik - pedagogik) reabilitatsiya xizmati 
modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi. 
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: 
- bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash; 
- ularni bartaraf etish vositalarini qidirish; 
- ta’lim - tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish; 
- normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni 
tashkil qilish; 
- tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z vaqtida aniqlash
- o‘smirlarning ruhiy inqirozini yengib o‘tish; 
- maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har 
tomonlama yordam ko‘rsatish. 
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari: 
- mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy 
holatni inobatga olish; 
- sheriklik; 
reabilitatsion chora - tadbirlarning keng qamrovliligi; 
- ketma - ketlik; 
- individual, insoniy yondashuv. 
Mintaqaviy ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish 
tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo 
etadi. 
Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog - bola) 
barcha psixologik - pedagogik va reabilitatsion chora - tadbirlarni bola 
shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat. 
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga 
oshirishdagi turli chora - tadbirlar komelksini ko‘zda tutadi. 
Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va 
ta’lim va b. 
Ketma - ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora - tadbirdan 
boshqasiga asta - sekin o‘tishni ko‘zda tutadi. 
Individual - insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual 
balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko‘zda 
tutadi. 
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik - 
pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy 
maktab xodimlarining zimmasida bo‘ladi. Avvalambor u bolalarni o‘z 
maqomlarida (muomalaning to‘laqonli a’zosi sifatida) va muomala 


113 
layoqatiga ega (yetakchi o‘quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida 
tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-
muhiti bilan ish olib borishiga bog‘liq. Pedagoglar shug‘ullanuvchi 
nuqsonlar va me’yordan chetga og‘ishlar sabablari asoson psixologik - 
pedagogik xarakterga ega bo‘lib, kerakli vositalar yordamida to‘g‘ri 
yo‘lga solinadilar. 
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz 
bolalar va o‘smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini 
olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga shuningdek esa ularni o‘quv 
faoliyatining sub’kti sifatida tiklashga qaratiladi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə