A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
 
 
Me’yorlardan chekinishning to‘rtta turi mavjud. Bular: jismoniy
psixik, pedagogik va ijtimoiy.
1.Jismoniy chekinish(og‘ishish) birinchi navbatda insonning 
sog‘ligi bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. 
Bularga insonning bo‘yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari 
biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya’ni sog‘ligi 
tufayli o‘z qobiliyatini yo‘qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar 
shular jumlasidandir. Bola jismoniy rivojlanishidagi og‘ishlarga 
kasallik, ko‘rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Sog‘ligida 
va rivojlanishida og‘ishga moyillarning ko‘p tasniflari mavjud.
Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan 
imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul 
qildi:

kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik 
struktura elementlarini har qanday yo‘qotish yoki ularning anomaliyasi;

cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan 
chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab 
qo‘yish;

nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib 
insonning biron - bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga 
to‘sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat. Bunda “kamchilik” 
tushunchasi qo‘llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda 
og‘ir kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
Me’yordan og’ish va Deviatsiya turlari


114 
Jismoniy kamchilikka insonning rivojlanishidagi bir umrlik yoki 
davriy kamchiliklar kiradi. Ya’ni xronologik, somatik yoki yuqimli 
kasalliklar shular jumlasidandir.
Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki 
davriy kamchiliklar bo‘lib u ta’lim olishda ma’lum qiyinchliklarni 
vujudga keltirishi mumkin. Unga nutqning buzilishi, miyaning 
zararlanishi kabilar kiradi.
Murakkab kamchilik ham jismoniy va psixik kamchiliklarni o‘z 
ichiga oladi. 
Og‘ir kamchilik - bu Davlat ta’lim standarlari asosida ta’lim 
olishga layoqatsiz jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori 
darajasidadir.
2
. Psixik chekinish(og‘ishish) birinchi navbatda bolaning aqliy 
rivojlanganlik darajasi hamda ularning psixik kamchiliklari bilan 
bog‘liq. 
Bu guruh insonlarga : 
▪ Psixik rivojlanishida turli xil to‘siqlar mavjud insonlar.
▪ Aqliy zaiflar.
▪ Oliygofrenik Normadan ruhiy og‘ishlar avvalambor bolaning 
aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog‘liqdir.
Bu turdagi og‘ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to‘xtab 
qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik 
asab tizimining tug‘ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo‘ladi. 
Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada - yengil aqliy zaiflikdan, chuqur-
tentaklikkacha namoyon bo‘ladi. Ruhiy og‘ishlarga turli darajadagi nutq 
buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og‘ishlarning yana bir turi emotsion 
faoliyatining buzilishidir. Bu og‘ish turining eng og‘ir shakllari deb 
autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o‘zn - o‘zini 
o‘ldirish)larni keltirsak bo‘ladi. Bolalarning iqtidorliligi alohida og‘ish 
turi hisoblanadi. Bu biror - bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini 
ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unligidir. Iqtidorlilik 
darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari 
xarakteriga qarab ham belgilanadi.
3.Pedagogik chekinish - bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika 
fanida ham qo‘llanib kelingan tushunchadir.
Pedagogik chekinish deganimizda obyektiv va subyektiv 
sabablarga ko‘ra ta’lim - tarbiya ola olmagan o‘quvchilar tushuniladi. 
Bunga DTS talablari darajasida bilim ola olmagan yoki o‘z istiqboli, 


115 
kelajagi uchun harakat qilmagan o‘quvchilar, ularning intividual 
rivojlanish me’yorlari kiradi. Pedagogik chekinishda birinchi navbatda 
o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘la olmasligi kiradi. 
Bunday bolalar kategoriyasiga ma’lum sabablarga ko‘ra o‘qishga 
bormagan, faqat boshlanqich ta’lim olish bilan cheklangan bolalar 
kiradi. Bunday holatlarning ko‘plab (obyektiv va subyektiv) sabablar 
mavjud. Masalan, o‘quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, 
materialni o‘zlashtira olmaslik, o‘qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi 
nosoqlom muqit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik 
yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota - onalaridan 
ayrilishi va h.k. Bunday sabablarni ko‘plab, minglab keltirish mumkin. 
Ko‘pchilik holatda pedagogik chekinishga bolalarning qanday sharoitda 
yashashaiga bog‘liq: o‘qish bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha 
o‘qishni ikkinchi darajali deb qisoblaydigan oiladami va h.k.
Pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, 
shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim 
olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan turli normalar qo‘llanmoqda. 
Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, 
shuningdek o‘quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana 
ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining 
normalarini ham kiritsak bo‘ladi. Ta’lim olinishi yoki olinmasligi 
normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa bo‘ladi. So‘nggi 
yillarda turli sabablarga ko‘ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo 
bo‘ldilar. Normadan bunaqa og‘ishlarni pedagogik og‘ish desak bo‘ladi.
Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular 
maktabga bormaydigan, fayoatgina boshlang‘iya maktabni tugatgan, 
umumiy o‘rta ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga 
kelishi uchun bizning davlatda sabalar talaygina: dars qoldirish o‘qishga 
intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun 
ko‘chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmlar bolalar ota-
onalaridan judo bo‘lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo‘lga 
bolalar soni ham ko‘paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil 
olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo‘ladi. 
4.Ijtimoiy chekinish(og‘ishish). Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy 
me’yor tushunchasi bilan bog‘liq.Ijtimoiy og‘ishishlar
 
“ijtimoiy me’yor” 
tushunchasi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy me’yor bu insonlar yoki ijtimoiy 
guruhlar faoliyati, ular xulq - atvorining jamiyat rivojlanishining biror-
bir bosqichida shakllangan yoki rasman o‘rnatilgan tartib - qoidalari 


116 
namunasidir. Aslida, ijtimoiy me’yor kerakli xulq - atvor, ijtimoiy 
munosabatlar va faoliyatlar modelidir. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə