A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Me’yor va me’yordan og‘ish: tushuncha va tavsif



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Me’yor va me’yordan og‘ish: tushuncha va tavsif 
4-MAVZU: DEVIANT XULQ –
IJTIMOIY-PEDAGOGIK
MUAMMO SIFATIDA


107 
shu jumladan, O‘zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu 
muammo yanada jiddiylashmoqda.
Shuning uchun bunaqa odamlar avvalambor bolalarning 
ko‘payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil 
sifatida qarash lozim. Me’yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, 
pedagogika va sotsiologiya fanlarida keng qo‘llaniladi. Unga aniq bir 
ta’rif berish juda qiyin. Masalan bitta tibbiyotning o‘zidagina me’yor 
tushunchasiga 200 dan ortiq ta’rif berilgan. 
Umumiy holda me’yor - bu obektiv voqelikni belgilovchi ideal 
bilim, real voqealikni tavsiflovchi o‘rtacha statistik ko‘rsatkichdir.
Tibbiyotda, psixologiyada, sotsiologiyada me’yorlarning o‘z 
tasnifi, parametorlar, ko‘rsatkichlari mavjud. Belgilangan,jamiyat 
tomonidan qabul qilingan va tan olingan me’yorlarga mos kelmaslik 
jarayoni ikkinchi bir tushuncha-chekinish yoki oqish bilan belgilanadi. 
Ijtimoiy pedagogika “me’yor” hamda “me’yorlardan chekinish” 
masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi 
va rivojlanish jarayoninini tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar 
asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega. Masalan, bola rivojlanishida 
aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og‘ish hisoblanadi. 
Xulq - atvordagi jinoyatchilik, aroqxo‘rlik, giyohvandlik va boshqa 
salbiy og‘ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham 
jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Negativ 
chekinishlarga aqli zayiflik, shuningdek, narkamaniya, alkogolizim, 
jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga, umuman jamiyatga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xarakterlar negativga kiradi. 
“Profilaktika” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijtimoiy og‘ishlar turli 
sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-
tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo‘ladi: 
- neytrallashtiruvchi, 
- o‘rnini to‘ldiruvchi, 
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan 
ogohlantiruvchi, 
- bu holatlarni bartaraf etuvchi, 
- o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi. 
Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga 
bir nechta yondashuvlar mavjud: 


108 
Informatsion yondashuv - voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va 
jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq 
va majburiyatlardan xabardor qilinadilar. 
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ 
hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu 
yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik 
muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq - atvorni keltirib 
chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni 
o‘tkazishdan iborat. Tibbiy - biologik yondashuvning mohiyati esa 
ijtimoiy normalardan ehtimoliy og‘ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan 
aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi 
choralar vositasida oldini olish hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq - atvorga ega o‘smirning 
ijobiy hislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy 
pedagogning 
dezadaptatsiya 
bo‘lgan 
o‘smirlar 
bilan 
ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi 
hisoblanadi. 
Reabilitatsiya 
keng 
turdagi 
vazifalar, 
elementar 
ko‘nikmalardan 
tortib 
insonning 
jamiyatda 
to‘liq 
integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan 
chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə