A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Bolalar uyida go‘dak ijtimoiy yurish - turishning stereotipini 
o‘zgartirish zarurati haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda 
tutish lozim: 
1. Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to‘g‘ri go‘daklar uyiga 
o‘tkaziladi.
2. Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o‘tkaziladi.
3. Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam 
uchraydigan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, bola go‘daklar 
uyiga to‘g‘ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go‘daklar uyiga 
tashlab ketadi, barcha sanab o‘tilgan holatlar o‘z xususiyatiga egalar, u 


101 
yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi. Shuning 
uchun biz ularga batafsil to‘xtalamiz. Adaptatsiya atamasi “ko‘nikish” 
degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik mavjudotlarning muayyan iqlim, 
hududda rivojlanishiga ko‘nikish xususiyati. Evalyutsiyaning darajasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, organizmning evalyutsion imkoniyatlari ham 
shuncha yuqori bo‘ladi. Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi 
uning ijtimoiy muhitda mavjud bo‘lishidir. Inson uchun ijtimoiy muhit 
boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va boshqalar) kabi 
obyektiv ta’sir omili hisoblanadi. Insonning kelgusidagi o‘zgarishlarga 
oldindan tayyorgarlik ko‘rishi, o‘zgargan ijtimoiy sharoitlar munosabati 
bilan brish - turishni qayta qurish ijtimoiy adaptatsiya deyiladi. Muayyan 
mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu 
ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish - turish jihatlari paydo bo‘ladi. 
ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po‘stlog‘i bajaradi. 
ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy 
yurishturish shakllarini o‘zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg‘inlik 
sabablari hisoblanadi. ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi 
uchun markaziy nerv tizimi hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv 
jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega. ijtimoiy adaptatsiya 
imkoniyatlari faqatgina tug‘ilgandan so‘ng rivojlanadi, oliy nerv 
faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi. Bola dunyoga kelgach 
inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning ta’siri va 
shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish - 
turish reaksiyalari paydo bo‘ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va 
o‘smirlar mikro ijtimoiy muhit o‘zgarishlariga duchor kelishadi va bu 
o‘zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir ko‘rsatadi. ijtimoiy 
pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga 
qo‘shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy 
munosabatlarga kirishish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi kerak. ijtimoiy pedagog go‘daklar uyi tarbiyachilari va boshqa 
xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya 
qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim. Go‘daklar 
uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o‘z adaptatsion mexanizmlari bilan 
mashg‘ulot o‘tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak 
ularda ijtimoiy ko‘nikish darajasi ham ancha past. Suning uchun 
o‘zgargan sharoitlarga o‘tish ular uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga 
ustak go‘daklar uyi bolalari og‘irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga 
egalar, ularning rivojlanishi va sog‘ligi ko‘rsatkichlari ham doimo 


102 
optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini 
tushiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko‘pgina 
tarkibiy qismlarining xomligi xarakterli bo‘lib, bu ularda adaptatsion 
mexanizmlar tizimida qizg‘inlik holatlarini tez paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi. Go‘daklar uylari bolalari esa ruhiy stress holatiga juda oson 
tushishadi. Adaptatsiyaning barcha shakllarini o‘rganish bolaning yangi 
muhit sharoitlariga ko‘nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion 
bosqichning murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni aniqlash 
imkonini berdi.
Ko‘nikish bosqichlari:
1.
Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda yangi 
mikroijtimoiy muhit talablari va odatiy yurish - turish stereotiplpri 
o‘rtasida kelishmovchilik mavjud bo‘ladi. Bu vaqtda ayniqsa yurish - 
turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, 
o‘yinlarda o‘zgarishlar ko‘p bo‘ladi. SHuningdek, tana og‘irligining 
kamayishi, infeksiyalarga qarshilik ko‘rsatishning pasayishi kabi 
hodisalar ham kuzatiladi.
2.
Adaptatsiyaning o‘zi. Bunda bola yangi muhitni faol o‘zlashtirib unga 
mos keluvchi yurish - turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli 
tizimlardagi chetga chiqishlarning kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez 
ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional holat vaqti 
cho‘ziladi. o‘yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o‘z o‘rniga 
qaytadi (60 kungacha). 
3.
Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to‘liq normallashadi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlari 
adaptatsiyani murakkabligi bo‘yicha tasniflash imkonini beradi. Yengil 
adaptatsiya. Bola yurish - turishidagi buzilishlar muddati 20 kun bo‘ladi. 
Bunda ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida 
bola iste’mol qiladigan narsalar hajmi normasiga qaytadi, uyquning 
tiklanishi 7-10 kunda ro‘y beradi, emotsional holat, nutq faoliyati va 
bolalar bilan o‘zaro munosabatlar 15-20 kun ichida normallashadi. Shu 
bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o‘zgarmaydi, harakat 
faoliyati ham pasayadi. Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi. 
O‘rta og‘irlikdagi adaptatsiya. Bola yurish - turishida barcha buzilishlar 
yaqqol namoyon bo‘ladi va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va 
ishtaha 20-30 kunda normallashadi, mo‘ljal olish faoliyatining buzilishi 
o‘rtacha 20 kun davom etadi, nutq faoliyat 20-40 kungacha qayta 
tiklanmaydi. Emotsional holat bir oy mobaynida beqaror bo‘lib turadi, 


103 
harakat faoliyatining tiklanishi 30-35 kunda sodir bo‘ladi. Bu davrda 
ham kattalar bilan o‘zaro munosabatlar buzilmaydi. O‘rta og‘irlikdagi 
adaptatsiya respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo‘lishi 
mumkin. Adaptatsiyaning bu yo‘nalishi bolalarda odatda 9 oylik 
yoshdan 1,5 yoshgacha qayd etiladi. Biroq agar bolalarda sog‘liq bilan 
bog‘liq muammolar bo‘lsa yoki go‘daklar uyida sog‘lomlashtirish-
tarbiya ishi yomon tashkil qilingan bo‘lsa har qanday yoshdagi bolada 
bu holatlar qo‘zg‘atilishi mumkin. O‘rta og‘irlikdagi adaptatsiya 
bolalarda bir guruhdan boshqa guruhga o‘tkazilayotganda, statsionardan 
go‘daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo‘ladi. Og‘ir adaptatsiya. Bu 
adaptatsiya turi muddatining uzunligi (2 - 6 oy va ko‘proq) va barcha 
alomatlarining og‘irligi bilan xarakterli hisoblanadi. Organizmning 
ko‘nikish imkoniyatlarining shakllanishi bola ruhiyatining emotsional - 
ijtimoiy va bilib olish sohasi bilan yaqin bog‘liq hisoblanadi. Emotsional 
muvozanat va shu asosda shakllanadigan anglab olish faoliyatining 
yuqori darajasi yengil va muvafaqqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydi. 
Bolani ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o‘ylash 
noto‘g‘ri hisoblanadi. ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning 
adaptatsion imkoniyatlarini maqsadga muvofiq shakllantirish va mashq 
qildirishdir. Chunki bola o‘z adaptatsion imkoniyatlarisiz o‘zini turli 
ijtimoiy hodisalarda to‘g‘ri tuta olmaydi. Adaptatsion qobiliyatlarni 
mashq qildirishmasalasi go‘daklar uyida bolalar hayotini tashkil 
qilishning eng muhim masalalaridandir. Bola yangi muhit sharoitlariga 
yengil adaptatsiya darajasida ko‘nikishga intilish va adaptatsiyaning 
og‘ir buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Go‘daklar uyida bolalar 
hayotini tashkil qilar ekan ijtimoiy pedagog unga sog‘lomlashtirish 
ishining elementlarini qo‘shishga harakat qilishi kerak.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə