A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Uchinchi bosqich
oila, bolalar uyi yoki bola joylashgan boshqa 
muassasaga ilk tashrifdan iborat. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog bola 
hamda qabul qiluvchi oila o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. U 
bolani kuzatadi, uning tarbiyasi bilan Shug‘ullanayotgan shaxslar bilan 
suhbatlar o‘tkazadi. 
To‘rtinchi bosqich
oila va uning atrofdagilarni yaxshilab 
o‘rganishni talab qiladi (chuqurlashgan tashhiz). ijtimoiy pedagog 
bo‘lajak ota - onalar tomonidan to‘ldirilgan anketa va ariza bilan tanishib 
chiqib, bevosita oila bilan tanishadi, oila a’zolari bilan suhbatlar 
o‘tkazadi, undagi pedagogik iqlimni, oila a’zolarida yomon odatlar 
borligini va boshqa jihatlarni aniqlaydi. So‘ngra ijtimoiy pedagog boshqa 
mutaxassislar bilan birgalikda oilaning yaqin atrofdagilarini (qo‘shnilar, 
hamkasblar, do‘stlar) o‘rganib chiqadi. Bu suhbat yoki maxsus ishlab 
chiqarilgan anketalar yordamida bajarilishi mumkin. 
Beshinchi bosqich
bo‘lajak ota - onalarning ilk o‘qitish bilan 
bog‘liq bo‘lib, unda ikki yoki uch kun mobaynida bola joylashgan 
muassasada nazariy bilimlar amaliy malaka oshirish o‘tkaziladi. Bunda 
ijtimoiy pedagog ta’lim beruvchi funksiyasini bajaradi, kirish kurs 
dasturini ishlab chiqadi. 
Oltinchi bosqich
bolani qabul qiluvchi oilaga topshirish bilan 
bog‘liq. Bu holatda asosiy faoliyat vasiylik va adliya organlari tomonidan 
bajariladi. Bolani oilaga topshirgan vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagog 
patronaj o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Bolaning qabul qiluvchi oilasiga 
adaptatsiyasi boshlanadi. Bu esa ham bola ham ota - onalarga muammolar 
tug‘diradi. Shuning uchun bu bosqichda kirish kursining davomli bo‘lishi 
ota - onalarni o‘qitishning chuqurlashtirilgan kursi o‘tiladi. ijtimoiy 
pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda yangi dasturni ishlab 
chiqadi. Qabul qiluvchi oilada ota - onalarni o‘qitish mazmuni ko‘p 
holatlarga bog‘liq - bolani qanday oila bolalikka oldi (ko‘p bolali, bolasiz, 
ota - ona bir kishi hisoblanadigan), qabul qiluvchi ota - onaning yoshi, 
bolalikka olishga undagan sabablar, oilaga qabul qilishgan bolaning 
shaxsiyati (yoshi, jinsi, biologik ota - onalarining bor - yo‘qligi).
 


96 
Bu mas’uliyatni bo‘ynilariga olmoqchi bo‘lgan shaxslar ariza bo‘lib 
unda o‘z familiya, ismlari, yashash manzili, uy telefoni, bolalarining 
yoshi, qaysi jinsdagi va necha yoshli bola olmoqchiligi, bola bilan 
qancha muddat birga bo‘lishlari va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu 
bosqichda ijtimoiy pedagog axborot funksiyasini bajarib, boshqa 
mutaxassislar bilan birgalikda so‘rovnoma o‘tkazishadi. Ikkinchi 
bosqichda ariza topshirgan nomzodlarga anketa yoki boshqa bir hujjatni 
to‘ldirishni taklif qilishadi. Unda bo‘lajak ota - onalar oila tarixini bayon 
etishadi. O‘z turmush tarzlarini, oila a’zolarining diniy mansubligini, 
turmush o‘rtoqlarning sog‘ligi holatini, moddiy holatlarini, oilaga bola 
qabul qilish sabablarini xarakterlab berishadi. Anketa yoki axborot 
xaritasini ijtimoiy pedagog yana o‘sha mutaxassislar bilan birgalikda 
ishlab chiqadi. Shunday qilib potensial qabul oilasining oldindan tashhiz 
qo‘yiladi. Uchinchi bosqich oila, bolalar uyi yoki bola joylashgan 
boshqa muassasaga ilk tashrifdan iborat. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog 
bola hamda qabul qiluvchi oila o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. 
U bolani kuzatadi, uning tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar bilan 
suhbatlar o‘tkazadi. To‘rtinchi bosqich
 
oila va uning atrofdagilarni 
yaxshilab o‘rganishni talab qiladi (chuqurlashgan tashhiz). ijtimoiy 
pedagog bo‘lajak ota - onalar tomonidan to‘ldirilgan anketa va ariza 
bilan tanishib chiqib, bevosita oila bilan tanishadi, oila a’zolari bilan 
suhbatlar o‘tkazadi, undagi pedagogik iqlimni, oila a’zolarida yomon 
odatlar borligini va boshqa jihatlarni aniqlaydi. So‘ngra ijtimoiy 
pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda oilaning yaqin 
atrofdagilarini (qo‘shnilar, hamkasblar, do‘stlar) o‘rganib chiqadi. Bu 
suhbat yoki maxsus ishlab chiqarilgan anketalar yordamida bajarilishi 
mumkin. Beshinchi bosqich bo‘lajak ota - onalarning ilk o‘qitish bilan 
bog‘liq bo‘lib, unda 2-3 kun mobaynida bola joylashgan muassasada 
nazariy bilimlar amaliy malaka oshirish o‘tkaziladi. Bunda ijtimoiy 
pedagog ta’lim beruvchi funksiyasini bajaradi, kirish kurs dasturini 
ishlab chiqadi. oltinchi bosqich bolani qabul qiluvchi oilaga topshirish 
bilan bog‘liq. Bu holatda asosiy faoliyat vasiylik va adliya organlari 
tomonidan bajariladi. Bolani oilaga topshirgan vaqtdan boshlab ijtimoiy 
pedagog patronaj o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Bolaning qabul 
qiluvchi oilasiga adaptatsiyasi boshlanadi. Bu esa ham bola ham ota-
onalarga muammolar tug‘diradi. Shuning uchun bu bosqichda kirish 
kursining davomli bo‘lishi ota - onalarni o‘qitishning chuqurlashtirilgan 
kursi o‘tiladi. Ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda 


97 
yangi dasturni ishlab chiqadi. Qabul qiluvchi oilada ota - onalarni 
o‘qitish mazmuni ko‘p holatlarga bog‘liq-bolani qanday oila bolalikka 
oldi (ko‘p bolali, bolasiz, ota - ona bir kishi hisoblanadigan), qabul 
qiluvchi ota - onaning yoshi, bolalikka olishga undagan sabablar, oilaga 
qabul qilishgan bolaning shaxsiyati (yoshi, jinsi, biologik ota - 
onalarining bor - yo‘qligi). Davlat qaramog‘i muassasalarida ijtimoiy 
pedagog faoliyati Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning 
psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning obyektiv 
holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg‘un oila hayotini ko‘rmagan bolalar 
juda kam holatda to‘liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday 
sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar - oila, nikoh, bolalar, ota-
onalarning qadriya pasayadi. So‘nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi 
ishda ham inqirozli o‘zgarishlar ro‘y berdi, chunki aksariyat ota - onalar 
bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fiziologik jihatdan ham ta’minlay 
olmadilar. Kambag‘allik va uning oqibatlari bola, o‘smir olamini vayron 
etadi, chunki uning ota - onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha 
ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi. Qarovsiz qolgan bolalar-
oilaviy aloqalarning barbod bo‘lishi natijasidir. Ijtimoiy yetimlar soni 
borgan sari oshib bormoqda. Shuning uchun davlat birinchi navbatda 
bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun 
topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda. Agar bolani 
oilada saqlab qolish iloji bo‘lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq 
bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning 
etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog‘liq muhitda qolishi uchun 
barcha narsa qilinadi. Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga 
tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. 
ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo‘ladi: bolani o‘z oilasida saqlab 
qolish, o‘z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa 
davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish. Agar 
bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda 
uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug‘ullanadi. 
Go‘daklar uyida 3 yoshgacha bo‘lgan tashlandiq bolalar, tug‘ma 
yyetimlar tarbiyalanadilar, keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar 
yoki bolalar uyi hamda maktab internatlarga o‘tishadi. Bolalar uyining 
maktab internatdan asosiy farqi uning tarbiyalanuvchilari shu atrofdagi 
maktablarda ta’lim olishadi, maktab - internat tarbiyalanuvchilari esa 
o‘sha muassasaning o‘zida ham yashashadi ham ta’lim olishadi. O‘z 
oilasidan boshqa joyda ulg‘ayayotgan bola-doimo g‘ayitabiy hodisadir. 


98 
Go‘dak hayotining ilk haftalarida hayotga eng qulay sharoitlarda onasiz 
tarbiya 90% holatlarda uning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. 
Internat turidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va 
emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor jihatdan och 
qolishadi, ular real hayotdan ajratib olinganlar. Bolalar uylari, maktab 
internatlarini deyarli barcha tarbiyalanuvchilari ruhiy jarohatniboshdan 
kechirishgan, bu esa ularning rivojlanishi uchun yomon oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Bunday bolalar chuqur ijtimoiy pedagogik qarovsizlik 
holatida bo‘lishadi. Ijtimoiy tarbiya sharoitlari, emotsional-shaxsiy 
aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi ijtimoiy infantilzim, 
kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi. Bu vaziyatda go‘daklar 
uylari, bolalar uylari, maktab - internatlar nafaqat ta’lim - tarbiya 
funksiyalarini 
bajarishga 
qaratilganlar, 
ular 
bolaning 
normal 
ijtimoiylashuvi, uning to‘liq rivojlanishini ta’minlashadi, nuqsonlarini 
to‘g‘irlashadi, tarbiyachilarning huquqiy va psixologik himoyalarini 
ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va o‘smirlarning psixologik 
xususiyatlarini yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagog o‘z o‘rniga ega. 
Go‘daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari Go‘daklar uyi yosh bolalarni 
tarbiyalash tizimida alohida o‘rin egallaydi. Bu tarbiyaviy-
sog‘lomlashtirish muassasalari ota - onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga 
oila o‘rnini bosishga, ona mehridan judo bo‘lgan bolaning normal 
rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Hozirgi 
kunda go‘daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi 
tarbiyaviy ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy 
qoidalarining amalga oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga 
olib kelmoqda. Go‘daklar uylarida bolalar tarbiyasi tizimining 
effektivligini belgilab beruvchi asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, 
o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi hisoblanadi. Har bir 
tarbiyalanuvchiga mehr bilan munosabatda bo‘lish bolalar sog‘ligi va 
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy shartdir. Go‘daklar uyi 
tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma’lumotli bo‘lishi, balki 
yuqori axloq, madaniyatga ega bo‘lishi, bolalarni sevishi lozim. Bolalar 
uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratishda bolalarning yoshini emas, uning sog‘ligi, holati va yetishgan 
rivojlanish darajasini inobatga olish kerak. Bolalarning bir qismi tarbiya 
jarayoniga yoshiga qarab qurilishi mumkin, biroq aksariyat 
tarbiyalanuvchilar o‘zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga mos keluvchi 
ta’lim tarbiyaga ehtiyoj seziladi. Odatda go‘daklar uyiga ijtimoiy noxush 


99 
oilalardan kuchsizlangan go‘daklar kelib tushishadi, ularning ba’zilari 
esa bundan oldin uzoq vaqt shifoxonada ham davolanishgan. Ularga 
alohida e’tibor qaratish lozim. Go‘daklar uyining spetsifik xususiyatlari 
bola organizmi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan o‘z salbiy jihatlariga 
ham ega. Odatda tarbiyachining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash 
qiyin bo‘ladi. Biroq bu go‘daklar uyining asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta’sirini 
susaytirishi, bola hayotini taassurotlar bilan boyitishi lozim. Go‘daklar 
uyining asosiy vazifasi bolalarning to‘liq jismoniy va ruhiy 
rivojlanishlarini ta’minlashi, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash, ularning 
ijtimoiy adaptatsiyalarini yengillashtirishdir. Go‘daklar uyida pedagogik 
ishni tashkil qilayotganda yosh bolalarning asab - ruhiy rivojlanishlari 
qonuniyatlariga tayanish, ularning quyidagi xususiyatlari: jadallik, 
bolalar organizmining past qarshilik ko‘rsatish darajasi, jismoniy va 
ruhiy rivojlanishning yaqin o‘zaro munosabati, bolalarda kattalar bilan 
muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, harakat faolligiga, yangi 
taassurotlarga katta ehtiyoj borligi kabilarni inobatga olish lozim. 
Go‘daklar uyida bolalar sog‘ligini saqlashga, xususan ularning asab 
tizimlarini asrashga katta e’tibor beriladi. Bu esa harakat, nutq, xotira, 
diqqat, tafakkur, tasviriy faoliyat, estetik va axloqiy rivojlanish asosi 
hisoblanadi. Go‘dak hayotining ilk uch yili ichida kerakli ko‘nikmalarni 
egallay olmasa keyinchalik buni o‘rnini to‘ydirishning iloji bo‘lmaydi. 
Shuning uchun go‘daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk 
oylaridanoq rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik. Go‘daklar 
uyida tarbiyalanayotgan bolalar kontingenti bir qator xususiyatlari bilan 
ajralib turishadi. ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar 
noxush ijtimoiy va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko‘rsatuvchi 
shaxslar bola qichqirig‘iga vaqtida javob bermasalar bolada shaxsiy-
emotsional muomala aloqasi o‘z vaqtida shakllanmaydi. Natijada 
hayotining ilk yilidayoq uning yurish-turishida ikki nuqson paydo 
bo‘lishi mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi 
past, bu esa salbiy odatlar (bammoq so‘rish, boshini qimirlatib 
o‘tirish)ning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchisi, notinch uyqu, 
sababsiz yig‘i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va buning natijasi 
yurish - turishida salbiy streotiplar paydo bo‘lishidir. Bu nuqsonlari bor 
bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo‘lish nutq rivojining ortda 
qolishiga sabab bo‘ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining 
shakllanishiga yetarli e’tibor bermaslik bu tizimning rivojiga 


100 
keyinchalik ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hayotining ikkinchi yilida 
bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada 
maqsadsiz 
harakatlanadi, yangi odamlardan qo‘rqadi yoki aksincha ular bilan 
ortiqcha jismoniy aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, 
salbiy odatlar ham saqlanib qoladi. Hayotining uchinchi yilida bolada 
mavhum anglashning ilk belgilari namoyon bo‘lishi lozim: bola o‘zini 
shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala vositasiga aylanishi 
mumkin va boshqa go‘daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalarda bu 
borada ortda qolish kuzatilishi mumkin.asabiy namoyon bo‘lishlar 
kuchayadi (bolaga biror narsa rad etilganda yig‘i bilan o‘zini polga 
tashlashi mumkin), boshqa bolalarga, ba’zan kattalarga nisbatan 
agressivlik kuchayadi. Bular mikro ijtimoiy muhit xususiyatlari va 
sog‘liq holati kabi obyektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan 
muomala qilishning yetishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi 
asosiy o‘rin tutishini inobatga olib, bularning o‘rnini bolaga tarbiyaviy 
ta’sir orqali to‘ldirishga harakat qilish lozim. ijtimoiy pedagog oliy nerv 
faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ ko‘rsatkichlardan 
kelib chiqishi kerak. Go‘daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi 
jarayonida ijtimoiy pedagogning o‘rni Bola hayotining ilk yillarida unda 
u o‘sib - rivojlanayotgan mikro ijtimoiy muhit talablarini aks etuvchi 
ijtimoiy yurish - turishning muayyan turi shakllanadi. Mikro ijtimoiy 
muhitning o‘zgarishi yurish - turishning o‘zgarishini ham keltirib 
chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo‘lib 
odatda adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi. Go‘daklar uyida 
bolalar doimo bolalar muassasasining mikro ijtimoiy muhitida bo‘lishadi 
va bu muhit ular uchun ijtimoiy yurish - turishni shakllanishining asosi 
hisoblanadi. Bu sharoitlarda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari 
bilan muomalaga ko‘nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə