Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə1/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim


Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari

Annotatsiya


Kalit so’lar


XAVF GURUHIDAGI BOLALARNI DAVLAT TA’LIM- TARBIYA VA DAVOLASH-SOG’LOMLASHTIRISH MUASSALARIGA JOYLASHTIRISH MASALARI
Reja:

                  1. Bolani oilaviy sharoitdan uzoqlashishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish nimauchun muhim?

                  2. Deinstitutsionalizatsiya – ustuvor vazifalar

                  3. Bolalar uylari

                  4. Mehribonlik uylari

                  5. Voyaga etmaganlarni davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirish amaliyoti namunalari

Etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar qiyin hayotiy vaziyatda qolganlarida ularni o‘z oilasida saqlab qolishga urinish yoxud joylashtirishning oilaviy shakllariga yo‘llash birlamchi ahamiyatga ega. Zero, Vasiylik va homiylik organi bu masalani hal qilayotganda,birinchi navbatda,bolaning “oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish” kabi huquq va manfaatlarini inobatga olishi lozim (O‘zR “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, 13-modda).


Bola ota-ona qaramog‘isiz qolgan vaziyatda uning oilada yashashga bo‘lgan huquqini ta’minlashga vakolatli bo‘lgan organ bu – vasiylik va homiylik organidir.
Etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash masalasi haqida fikr yuritilayotganda, odatda, ularning ijtimoiy, moddiy, moliyaviy va boshqa hayotiy muhim bo‘lgan huquq va manfaatlari himoyalanishining ta’minlanishi nazarda tutiladi. Bu maqsadda bolani joylashtirish, uning moliyaviy va moddiy ta’minotini ta’minlash, ta’limi va tarbiyasi masalasining yo‘lga qo‘yilishi kabi qator chora-tadbirlar ko‘riladiki, bularning barchasi uning boquvchisiz va e’tiborsiz qolmasligi, asosiy ehtiyojlarining qondirilishi uchun sharoit ta’minlanishiga qaratiladi.
Lekin har doim ham bolani oilada saqlab qolish, bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, to oila o‘z muammolarini bartaraf etmagunicha bolani vaqtincha “o‘zga” oilaga tarbiyaga berish masalasini hal qilish imkoni bo‘lavermaydi. Odatda, bu masala oilaga joylashtirilishi imkoni bo‘lmagan vaziyatlarda bolaning manfaatlaridan kelib chiqib uni Bolalar uyi, Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasi kabi to‘liq davlat ta’minotidagi ta’lim va tarbiya muassasalariga joylashtirilishi hisobiga hal etiladi. Lekin bu aslida har doim ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib qilingan qaror deya olamizmi?
Bu savolga javobni institutsional muassasalarda tarbiyalanishning salbiy oqibatlari borasida mulohaza yuritishimiz asnosida qisman olishimiz mumkin, deb hisoblaymiz.
Birinchidan, Mehribonlik uyi qanchalik to‘liq davlat ta’minotidagi ta’lim-tarbiyaviy mukammal struktura bo‘lmasin, u bolaga muhim oilaviy hayot tajribasini bera olmaydi. Muassasada yaratilgan tayyor sharoitlar bolada boqimandalik, mas’uliyatsizlik kabi hisning paydo bo‘lishiga olib kelishi ehtimoli yuqori (bir qancha tadqiqotlar buni tasdiqlagan!). Bolalar oilaviy (aka-ukachilik, ota-ona–bola, er-xotin) munosabatlarini o‘rnatish kabi hayotiy tasavvur va ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmaydilar. Oilaviy hayot tarzining bir bo‘g‘ini bo‘lmish maishiy-xo‘jalik ko‘nikmalariga egalik sohasida ham qator muammolar mavjudki, ular muassasa bitiruvchisining kelgusida o‘z shaxsiy “ro‘zg‘orini qurishi”da, farzand oldida ota-onalik majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarda turli qiyinchiliklarga duch kelishiga olib kelishi mumkin.
Bolalarning erta bolalik davrida, ya’ni 0 yoshdan 3 yoshgacha Bolalar uyi kabi muassasalarga joylashtirilishi uning uchun psixik rivojlanishning turli sohalarida rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi. Bolada yagona ob’ektga doimiy hissiy bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sababli u bilish (nutqi, tafakkuri, idroki...), emotsional (xavotir, qo‘rquv, befarqlik, iliq his tuyg‘ular bilan murojaat qilishda...), shaxs sohasi (mas’uliyat, intiluvchanlik, boqimandalik...), xulqiy (agressivlik,janjalkashlik...) kabi sohalarda rivojlanishida qator psixologik, pedagogik, ijtimoiy salbiy oqibatlar bilan namoyon bo‘luvchi muammolarga duch keladilar.

Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə