Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə7/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

III. Boshqa shartlar
3.1. Tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi hamda tuman (shahar) Bolalar uyi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama bitimning amal qilish muddati bitim imzolangan kundan boshlab 1 oy muddatga tuzildi.
3.2. Mazkur bitimda ko‘zda tutilmagan barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi


____________tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri
______F.I.SH.________ imzo
M.O‘.
Manzil: ________________
to‘liq yoziladi
Sana:




____________tuman (shahar) Bolalar uyi bosh shifokori

______F.I.SH.________ imzo


M.O‘.
Manzil: ________________
to‘liq yoziladi
Sana:





Mehribonlik uylari
Mehribonlik uylari quyidagi tiplarga ega:
“a) maktabgacha Mehribonlik uyi (3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun);
b) Mehribonlik uyi (maktabgacha va maktab yoshidagi yoki faqat maktab yoshidagi bolalar uchun);
v) maxsus korreksion Mehribonlik uyi (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun).
Bola Mehribonlik uyiga bola joylashgan tuman (shahar) hokimining qarori bilan joylashtiriladi. Bolani joylashtirish uchun hokim qarori ilova qilingan holda shahar XTMFMTTEB (viloyat XTB) ning bolani Mehribonlik uyiga yo‘llash haqidagi yo‘llanmasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mehribonlik uyi tipi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi”6. Muassasada tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 140 tadan oshmasligi kerak.
O‘zR da maxsus korreksion Mehribonlik uyi 1 ta – u Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, faqat Toshkent shahridan joylashtiriladigan bolalarni qamrab oladi. Boshqa viloyatlarda faoliyat yurituvchi Mehribonlik uyi ham muayyan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni muassasaga qabul qilishi mumkin. Bunday harakat bu XTMFMTTEB hamda hududiy tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalarning maxsus ta’limi masalasini hal etishda esa inklyuziv ta’lim dasturlaridan foydalanish yoki yaqin hududda joylashgan muayyan tipdagi maktab yoki maktab-internatda kunduzgi taxsil olishini ta’minlash orqali erishish mumkin. Maxsus korreksion ta’lim muassasasida o‘qishga moyil bo‘lgan bola Mehribonlik uyiga qabul qilinayotganda PTPK xulosasi talab etiladi.
Ta’kidlash joizki, har doim ham bola 17 yoshda umumiy o‘rta ta’limni, ya’ni 9-sinfni bitiravermaydi. Bu bolaning necha yoshda maktabga chiqqani va h.k. sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. SHu sababli bolaning Mehribonlik uyida tarbiyalanishining so‘nggi yili sifatida maktabning 9-sinfini bitirish davri deb hisoblash maqsadga muvofiq.
Mehribonlik uyiga yuboriladigan har bir bolaning hujjatlari yig‘ma jildida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
a) Mehribonlik uyiga yo‘llanma;
b) tuman (shahar) hokimining bolani Mehribonlik uyiga joylashtirish haqidagi qarori (qarorda balog‘atga etmagan bola, uning oilasi, turarjoy maydoni bolaga biriktirilganligi to‘g‘risidagi aniq qaydnoma bilan birgalikda turar-joy maydoni mavjudligi to‘g‘risidagi dalilli va to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi kerak);
v) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, guvohnoma bo‘lmagan taqdirda - bolaning yoshini aniqlaydigan tibbiy ekspertiza xulosasi;
g) analizlar natijalari va tibbiy-psixologik-pedagogik xulosasi ilova qilingan holda bolaning psixik va jismoniy sog‘lig‘i haqidagi tibbiy hujjatlar (tibbiy tekshirishlar natijalari ilova qilingan holda);
d) ma’lumoti haqidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
e) ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar, shuningdek, ota-onalarning yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma);
j) bolaning turmush sharoiti va tarbiyasi haqidagi tekshiruv dalolatnomasi;
z) bolaning yaqin qarindoshlari mavjudligi va ularning yashash joylari haqida ma’lumotnoma;
i) bolaning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar bor bo‘lsa) ro‘yxati, ushbu mol-mulkning qaerda joylashganligi, uni saqlash uchun qanday choralar ko‘rilganligi va ularni saqlash uchun javobgar shaxslar haqidagi ma’lumot;
k) bolaga turarjoy biriktirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turarjoy chizmasi nusxalari, turar-joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati to‘g‘risida tuman (shahar) er resurslari va davlat kadastri bo‘limidan ma’lumotnoma);
l) pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi sud qarori, omonat daftarchasi.


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə