A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagogik faoliyatda qo`llaniladigan metodlar



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ijtimoiy pedagogik faoliyatda qo`llaniladigan metodlar


69 
bog‘liq.vosita usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi. 
Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini 
bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga 
qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun qo‘llanadigan moddiy, emotsional, 
aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra 
faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror - bir pedagogik 
maqsad (masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va 
boshqalar)ga yetishishi uchun qo‘llanilganida faoliyat usuliga 
aylanishadi. 
Savol va topshiriqlar: 
1) Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlari qaysilar?
2) Ijtimoiylashuv omillari va mexanizmlarini ayting. 
3) Ijtimoiy pedagogika atamalariga ta’rif bering. 
4) Ijtimoiy pedagogikaning funksiyalarini aniqlang. 
5) Ijtimoiy o‘qitish va ijtimoiy tarbiyaga ta’rif bering. 
6) Bola rivojlanishiga muhitning ta’siri qanaqa bo‘ladi? 


70 
 
REJA: 
1. Ijtimoiy pedagogik nuqtai-nazardan oila turlari. 
2. Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod 
va vositalari.
3. Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy - pedagogik yordam shakllari 
4. Yetimlikning kelib chiqish sabablari. Vasiylik va homiylik 
tushunchasi.
Tayanch tushunchalar:
tashxis, ijtimoiy pedagogik tashxis
mikromuhit, psixologik tavsif, oila tarbiyasi, pedagogik jarayonlar
shaxsning individual - psixologik tavsifi, ijtimoiy pedagogik tekshiruv, 
oila tashxisi, oila tarbiyasi. 
 
 
 
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan 
taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. Chunki, aynan oilada 
individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar 
shakllanadi. Oila omili insonga butun umur davomida ta’sir etadi. 
Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa 
hisoblanadi. Oila insonning o‘z - o‘zini belgilab olishga, uning ijtimoiy 
- ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy 
qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O‘zbekistonda oilaning 
ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o‘z mavqe’ini hozirgacha 
ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu 
jumladan, o‘zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko‘p bolali O‘zbek 
oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning 
barqarorligini ta’minlagan, chunki O‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy 
omil va ko‘nikmalar avloddan - avlodga o‘tib keladi. Oila a’zolari 
sonining 
qisqarishi, 
avlodlarning 
uzoqlashuvi 
muammosining 
kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish 
masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Oila 
bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy 
ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo‘lib qolgan.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə