A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

1.A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: 
Tarbiya-insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va 
bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga 
mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rif 
to‘liq to‘g‘ri hisoblanmaydi. Bu faqat muallifning nuqtai nazarini aks 
ettiradi. 
Tarbiya ijtimoiylashuv omili sifatida


64 
Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi 
bo‘lgan tarbiya o‘z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli 
ravishda doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus 
tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida 
bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar - muhit, OAV, 
madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya 
boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega hamda boshqa omillarning 
o‘rnini to‘ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham. 
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri
 
vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. 
Bola qanchalik kichik bo‘lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p 
ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. 
Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi 
mustaqilligi ortadi. 
Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa 
bir jarayon - 
o‘z - o‘zini tarbiyalash
jarayoni rivojlana boshlaydi. 
Bolaning o‘z shaxsini mukammallashtirish, o‘z - o‘zini rivojlantirish 
bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini 
tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. 
Bizning modelga binoan insonning o‘z - o‘zini tarbiyalashi ehrom 
bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o‘z - o‘zini tarbiyalash 
jarayoni bir umrga cho‘ziladi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə