A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


.Ijtimoiylashuvga  mezoomillar



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

4
.Ijtimoiylashuvga 
mezoomillar
mikroomillar orqali ta’sir qiladi. 
Mikroomillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar - oila
qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy
diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. 
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki 
mikrosotsium deyiladi. 
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham 
mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy 
ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida 
biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi. 
Biologik omillar . 
Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi 
umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota - onalardan bolalarga 
turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga 
ko‘ra bolaga ota - onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his - 
tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. 
Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar 
hisoblanadi. 
Shuningdek 
irsiyat 
bo‘yicha 
nerv 
faoliyatini 
rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning 
tabiiy xususiyatlari asosida biror - bir faoliyat sohasida muayyan 
qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga 
ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola 
qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, talim - tarbiya 
jarayonlariga bog‘liq. 
Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud - qon 
kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu 
kasalliklarni ginetika o‘rganadi. 


60 
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning 
buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning 
natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayotgan bolalar soni 
ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat 
yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga O‘qitishning 
yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy 
rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar 
bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari 
bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. 
Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib 
borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish 
kanallarini ochishdir. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə