A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Tarbiya 
o‘z - o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning 
(madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAV, maktab jamoasi, do‘stlar, 
bolalar bog‘chasi va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning 
jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy 
muhitning ta’siri qanchalik turli bo‘lsa, bola undan shuncha erkin va 
mustaqil bo‘ladi. Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida 
amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish. 
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini qabul 
qilishi bilan bir qatorda o‘z navbatida bola o‘zining ham individual 
xususiyatlarini sotsiumga qo‘shib borishi mumkin va bu jarayon 
bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi. Bu jarayonlar 
spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha 
boshqarilib, ma’lum maqsadga yo‘naltirilib ham borilishi mumkin. Bu 
jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil 
faoliyati esa o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi 
barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning 
ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan. 


65 
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy-
ma’naviy fazilatlarning yo‘qligi hamda ularning shakllanmay qolishi 
ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini 
olish hamda ma’lum chora - tadbirlar ishlab chiqish kerak bo‘ladi. 
Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy 
statusini qayta tiklashga, yo‘qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta 
tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb 
ataladi. 
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan 
iborat. Bu bo‘limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy 
amaliyoti 
turlaridan 
biri 
sifatida 
xarakterlashga 
va 
uni 
mukammallashtirish bo‘yicha muayyan yondashuv va tavsiyalarni 
berish imkonini yaratadi. 
Ijtimoiy tarbiya falsafasi falsafa, etika, ijtimoiyogiya va 
pedagogika to‘qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va 
dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va 
uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan tushunish 
asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy 
yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va 
tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar. 
Ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya 
konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. 
Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan foydalanish
ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan 
ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari 
va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy 
tarbiya ijtimoiyogiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyat 
tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi 
mumkin. 
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat 
yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya 
darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini 
inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima 
ekanligini va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə