A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Refleksiya mexanizmi 
- ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli 
institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘ e’tiborli shaxslarga xos 
xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. 
Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va hayoliy 
shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning 
shakllanishi ro‘y beradi. Bundan tashqari ijtimoiylashuvning ijtimoiy 
pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi:
1) ijtimoiylashuvning 
an’anaviy mexanizmi
 inson tomonidan oila, atrof 
-muhit, qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini 
o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga 
oshib taasurotlar yordamida sodir bo‘ladi.
2) institutsional mexanizm
insonning jamiyat institutlari va turli 
tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi.
 
 
“Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy - iqtisodiyotdan kelib 
chiqqan. U siyosiy - iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining 
umumiylashuvi ma’nosini anglatgan

“Ijtimoiylashuv” 
atamasining 
muammoli 
deb 
bu 
atamani 
“Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda 
qo‘llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning 
zamonaviy ma’nosi “ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini 
rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlash”dir. 
XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri 
mobaynida 
o‘rganuvchi 
mustaqil 
ilmiy 
sohaga 
aylandi. 
Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda 
ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: 
- sub’ektiv - obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv 
iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə