A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə14/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
O

Tuproq unumdorligi – namlik sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi, mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik tarkibi, ozuqa moddalarining umumiy zaxirasi bilan o‘lchanadi.

  • Tuproqning tarkibiy unumdorligi – yerga vaqtincha dam berish, daraxt barglari, yovvoyi o‘tlar tanalari, ildiz chirishi, dukkakli ekinlar ekish bilan tuproq ozuqasi boyitiladi.

  • Tuproqning sun’iy unumdorligi – kishilarning o‘z mehnati va qo‘shimcha kapital sarflashi yo‘li bilan ozuqani ko‘paytirish tushuniladi.

    Yerning unumdorligini oshirish organik, mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish, progressiv texnologiyalarni qo‘llash, agrotexnika, mehnat vositalari, ishlab chiqarish vositalaridan, rejalarni to‘g‘ri, real tuzish, sho‘rlanishga yo‘l qo‘ymaslik kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.


    3.1.1-jadval.


    Qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydonlari dinamikasi

    2006- yilda


    Ekin turlari 1980 y. 1990 y. 2000 y. 2004 y. 2005 y. 2006 y. 1980- yilga


    nisbatan %






    Donli ekinlar

    1173,8

    1008,1

    1614,0

    1666,5

    1615,2

    1616,5

    137,7







    Texnika

    1912,1

    1876,3

    1512,5

    1516,8

    1517,7

    1476,9

    77,2







    ekinlari


































    shundan:




























    paxta

    1877,1

    1830,1

    1444,5

    1455,7

    1472,0

    1447,5

    77,1







    sabzavot,

    104,3

    140,2

    129,9

    137,6

    137,4

    154,2

    147,8







    kartoshka,

    23,3

    41,8

    52,2

    52,4

    49,6

    52,6

    225,4







    poliz ekinlari

    52,1

    79,8

    36,9

    35,0

    33,8

    37,0

    71,0





































    Jami:

    3994,6

    4194,2

    3778,3

    3691,5

    3646,0

    3633,6

    90,9







    -25-

    Respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni keyingi jadvalda keltirilgan.

    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turubdiki, respublikaning ekin maydonlari 1980-yilni 2006-yilga nisbatan solishtirilganda 90,9 foizga kamaygan bo‘lsa, donli ekinlar 37,7%, sabzavot 147,8%, kartoshka 212,8 foizga oshdi. Paxta ekin maydonlari qariyb 429,6 ming gektarga kamaydi.


    Respublikadagi mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanishni bozor munosabatlarida tashkil etish mulkchilik munosabatlari asosida yerga va uning hosildorligini oshirishga qaratilgan. Qabul qilingan «Yer» kodeksi yerdan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini yaratib bergan. Yerdan foydalanuvchi har bir fermer qonunda belgilangan tartib asosida yerdan foydalanishda tuproq unumdorligini va bonitet balini oshirmoqda.


    Bu tadbirlarni bajarishda fermer xo‘jaliklarining hissasi katta bo‘lib, ular yerdan samarali foydalanib kelmoqda. Shuning uchun fermer xo‘jaliklari soni va ularga biriktirilgan ekin maydonlari ortib bormoqda. Bu holat quyidagi diagrammada aks etgan.




    3.1.1-diagramma.


    Fermer xo‘jaliklarida yer maydonining o‘sishi


    (gektar hisobida)

    4953179

    3776100

    2935300

    2148000

    1591700

    1054700
    889600

    665600

    446500

    201506




    1 9 9 2

    199 8

    199 9

    2 0 0 0

    2 0 0 1

    2 0 0

    2

    2 0 0

    3

    20 0 4

    20 0 5

    2 0 0 6

    yil

    yil

    yil

    yil

    yil

    yil




    yil




    yil

    yil

    yil




    -26-

    1992-yilda fermer xo‘jaliklari 201 506 gektar yerda dehqonchilik qilgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 495 3179 gektarga yoki 25 baravarga oshdi. Chunki, fermerlar har bir gektar yerdan samarali foydalanib, yuqori hosil olishga va tuproq unumdorligini ko‘tarishga harakat qilmoqda.


    Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

    1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yer fondidan foydalanish darajasi (qishloq xo‘jalik yerlarining umumiy yer maydoniga nisbati).

    2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi (100 ga qishloq xo‘jalik yeriga yetishtirilgan mahsulot, pul va natura ko‘rinishida).




    1. Yerdan samarali foydalanish, har bir gektar yerdan olingan hosil, bir gektar yerga to‘g‘ri keladigan sof daromad, rentabelligi va hokazo.



    3.2. Yerni iqtisodiy baholash va uning monitoringi

    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosi (me’yoriy narxi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-may-dagi 120-sonli «1998 -2000- yillarda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohot-larni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosi mavjud me’yoriy ma’lumotlar asosida aniqlash uchun mo‘ljallangan.


    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me’yoriy baholari, banklar-dan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turarjoylar qurish uchun yer ajratib berish va dehqon xo‘jaliklariga me’yordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer solig‘i stavkalari miqdorini aniqlash, auksion orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda shu yerning dastlabki ba-hosini belgilash uchun qo‘llaniladi. Demak, yerlarning me’yoriy bahosi quyi-dagicha hisoblanadi:





    • xo‘jalikning ichki miqyosida; tuproq sifati (boniteti) bir xilda teng bo‘lgan ekin yerlari va boshqa qishloq xo‘jalik yerlarining alohida uchastkalari: bu holda yerning me’yoriy bahosi xo‘jalik ichidagi masalalarni yechish, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, qurilishga, sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiyalashga va boshqa maqsadlarga yer ajratish uchun aniqlanadi;




    • umumiy miqyosda: qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning yer maydoni yoki qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy turlari. Bu holda, yerning me’yoriy bahosi, yerga soliq solish stavkasi

    -27-

    miqdorini hisoblab chiqish, banklardan yer uchastkalarini garovga qo‘yib kredit olish uchun aniqlanadi. Davlat rejalarini tuzish maqsadida yerning me’yoriy bahosini hisoblashning hududiy birligi tuman miqyosida yer uchastkalari, viloyat miqyosida esa ma’muriy


    tumanlar hisoblanadi.


    Yer uchastkasi – o‘z chegaralangan belgisi, maydoni, joylashish joyi, huquqiy strukturasiga (yer egasi, yerdan foydalanuvchisi va boshqalar) ega bo‘lgan yer sathining qismi.



    Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə