A. A. Toshboyev


Fermer xo‘jaligida SFUlar faoliyatidan foydalanish



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə17/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
O

3.5. Fermer xo‘jaligida SFUlar faoliyatidan foydalanish

Suv resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida res-publika fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash bo‘yicha cho-ra-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, uning bajarilishi ta’minlanmoqda. Masalan, 2000-yilda 141 ta SFU tashkil qilingan bo‘lsa, 2006-yilda 406 ta SFU tashkil qilinib, respublikada jami bo‘lib 1502 ta uyushma faoliyat



-36-

ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2003-yildagi 476- sonli Qarorida bel-gilangan 255 ta SFUning o‘rniga 223 ta (87,4%) tashkil etilib, ularning ba-lansiga 4702 million so‘m mablag‘ o‘tkazildi hamda ko‘plab mol-mulk va texnika vositalari berildi.

Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi asosiy vazifalar:


- SFUlar suvdan foydalanuvchilarga ajratilgan limitlar doirasida suv yet-kazib beradi;





  • uyushma ta’sischilari va boshqa suvdan foydalanuvchilar hamda suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ichki suv xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va ishlatish bo‘yicha shartnomalar tuzishadi va uning bajarilishini ta’minlaydi;




  • uyushma xo‘jaligi hududidagi suv xo‘jaligi obyektlarini tozalash va ta’mirlash, rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etadi;




  • suv o‘lchash asboblarini qurishni tashkil etadi va ularni belgilangan tartibda pasportlarini tuzadi, shahodatlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlaydi;




  • yer egalariga sug‘oriladigan yerlarning sho‘rini yuvish, suvdan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;




  • suvni iqtisod qiluvchi ilg‘or tajribalarni hamda texnologiyalarni joriy etishni tashkil etadi;

  • uyushma balansidagi asosiy vositalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib bora-di, ta’mirlash va yangilash, resurslarni iqtisod qiluvchi texnika va texnologi-yalarni joriy qilish va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish hamda har bir su-vdan foydalanuvchining badallarini hisob-kitob qilib, belgilangan tartibda ta’sischilarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlaydi.

O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, SFUlar fermer xo‘jaliklariga suv yetkazib berish ishlarini amalga oshirmoqda. Respublika dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasining Farg‘ona shahri vakilligi qoshida «Vodiy-shar-shara» suvdan foydalanuvchilar markazi 120 dan ortiq fermer xo‘jaliklariga suv yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzgan.


Suvdan foydalanuvchilar markazi shartnomaga asosan, suvdan foydalanu-vchilarga ajratilgan limit doirasida suv yetkazib berish, ichki suv xo‘jalik obyek-tlarini ta’mirlash, tozalash va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etgan bo‘lib, bu sohada bir qancha muammolar mavjud. SFU tomonidan shartnomaga asosan, ichki suv xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash, tozalash va rekonstruksiya qilish ishlari talab darajasida bajarilmayapti. 2004-yilda SFUlari 35 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklar bilan 4848 mln. so‘mlik shartnoma tuzgan bo‘lib,



-37-

2402 mln. so‘mlik yoki 49,5 foiz xizmatlar ko‘rsatilgan, xolos. Tuzilgan shartnomalarning bajarmasligiga sabab, suvdan foydalanuvchilar uyushma-larining moddiy-texnika bazasi shakllanmaganligidir. Qashqadaryo viloyati-da Vazirlar Mahkamasining 476-sonli Qaroriga asosan, tugatilgan shirkat xo‘jaligi o‘rnida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 25 ta SFUlar tashkil etilgan. Lekin SFU balansida birorta texnika yo‘q. SFUlar fermer xo‘jaliklari bilan suv limiti asosida shartnoma tuzmagan. SFUning 2005-yil uchun xara-jatlar smetasi tuzilgan. Fermer xo‘jaliklariga yer taqsimlab berilgan. Xarajat-lar smetasida yillik ish haqi fondi 5379 ming so‘mni, ishlab chiqarish xara-jatlari 1562 ming so‘mni, ma’muriy xarajatlar 608 ming so‘mni, jami 2005-yil uchun xarajat 7549 ming so‘mni tashkil qilgan. Xarajatlar smetasida suv-dan foydalanuvchilar uyushmasining moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmagan. SFUlar xizmat ko‘rsatayotgan 121 ta fermer xo‘jaliklarida sug‘oriladigan yer maydoni 2649 gektarni tashkil etadi. Shundan har bir gektarga 2850 so‘m suvdan foydalanganlik uchun haq to‘lash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, o‘tkazilgan tahlil natijalari va Respublika dehqon fermer xo‘jaliklari uyushmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Res-publikamizning Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida tashkil etilgan ayrim Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari nomi-gagina faoliyat ko‘rsatmoqda. Moddiy-texnika bazasi va mablag‘iga ega bo‘lmagan suvdan foydalanuvchilar uyushmalari ilg‘or tajri-balarni, resurslar-ni, texnika va texnologiyalarni joriy qilish hamda asosiy vo-sitalarni yangi-lash kabi ishlarni olib borishlari kerak.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə