A. A. Toshboyev


Dehqonchilikda sug‘orish usullari va ilg‘or texnologiyalar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə19/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137
O

3.7 Dehqonchilikda sug‘orish usullari va ilg‘or texnologiyalar

Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning III bosqichi davom ettirilmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalarining qayta tuzilishi jarayoni intensiv ravishda amalga oshirilmoqda. Istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari asosida fermer xo‘jaliklari tashkil etilmoqda. 2005 -yilda fermer xo‘jaliklari soni 140 mingga yetdi. Ushbu fermer xo‘jaliklarini suv bilan muntazam ta’minlashda 268 ta SFUlar tashkil etildi. Ikkinchidan, suv resurslarini boshqarish gidrografik asosda o‘tkazildi. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik obyektlarini, inshootlarini modernizatsiya qilishni amalga oshirishga kirishildi. Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda sug‘orishning quyidagi usullari, turlari mavjud:





  1. Yer ustidan, yuzasidan sug‘orish.




  1. Yomg‘irlatib sug‘orish.




  1. Tuproq ostidan, ichidan sug‘orish.




  1. Tomchilatib sug‘orish.




  1. Purkab, mayda dispersli, aerozol, tumanlatib sug‘orish.

Sug‘orish usuli sug‘orish tartibiga, mehnat unumdorligiga, yerning meliorativ holatiga, tekislash ishlariga, suv tarmoqlari joylashishiga, konstruk-siyasiga, qurilish va ekspluatatsiya xarajatlariga, mahsulot unumdorligiga ta’sir qiladi. Uning turini to‘g‘ri tanlash qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini va mahsuldorligini belgilaydi.


Sug‘orish usuli va turini belgilashda quyidagi omillar hisobga olinadi:





  1. Tabiiy sharoitlar (maydon relyefi, tuproq qalinligi, unumdorligi, suv sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi, suvga ta’siri, tuz miqdori, sifati va boshqalar, tabiiy namlanganlik, shamol tezligi va yo‘nalishi, tuproq va havo, suv tanqisligi va bug‘lanish maydonining zovurlanganligi, grunt suvlarining chuqurligi va mineralizatsiya, suv manbayi turi va rejimi, massivning suv bilan ta’min-langanligi va boshqalar).

-41-

  1. Xo‘jalik sharoitlari mehnat resurslari, dala ishlarini mexanizatsiyalash darajasi, qurilish, elektr energiya, sug‘orish mexanizmlari mavjudligi.


  2. Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə