A. A. Toshboyev


Moddiy-texnika resurslariga



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə32/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
O

Moddiy-texnika resurslariga – ishlab chiqarishning moddiy vositalari, binolar, inshootlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, urug‘liklar, yem-xashaklar, yonilg‘i-moylash, qurilish va boshqa materiallar kiradi.




    1. Moliyaviy resurslariga – davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, xo‘jaliklarning joriy, valuta hisoblaridagi, g‘aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aksiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarni amalga oshirish natijasida olayotgan mablag‘lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag‘lar kiradi.

-62-


6.1.1-jadval.


Fermerlar tomonidan lizing asosida olingan texnikalar









2004-yilda




2005-yilda










O‘rim-

Tirkama-




O‘rim-

Tirkama-




Hududlar nomi

Traktor-

yig‘im

lar (agre-

Traktor-

yig‘im

lar (agre-







lar soni

kombayn

gatlar)

lar soni

kombayn

gatlar)










-lari soni

soni




-lari soni

soni




Qoraqalpog‘iston

89







164




1




Respublikasi


































Andijon

21




23

64




41




Buxoro

158







244










Jizzax

125




27

195




79




Qashqadaryo

145




19

131




52




Navoiy

68




15

62




17




Namangan

43




19

212




75




Samarqand

161




18

152




64




Surxondaryo

63




8

56




9




Sirdaryo

118

2

45

107




193




Toshkent

58




26

28




21




Farg‘ona

47

21

17

102

62

38




Xorazm

26




3

50




5




























Jami

1122

23

220

1567

62

595




Fermer xo‘jaligining mablag‘lari quyidagilar:





  1. Fermer xo‘jaligining mablag‘lariga – mahsulot sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi hisoblangan mablag‘, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag‘lar kiradi.




  1. Chetdan jalb etiladigan mablag‘lar – Irrigatsiya-melioratsiyaga, ekologiyaga hamda ijtimoiy sohalarga davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan mahsulotlarga davlat hisobidan ajratiladigan transh mablag‘lari, tijorat institutlarining kredit

-63-

mablag‘lari, investitsiyalar, homiylardan, hamkorlardan va boshqa manbalardan jalb qilinadigan mablag‘lar kiradi. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan fermerlar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalansa, barcha turdagi tadbirlar vaqtida, sifatli amalga oshiriladi.

Tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi ta’minot korxonalari fermer xo‘jaliklarini moddiy texnika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlab tursa, mahsulot hajmi ortadi va fermerning to‘lov qobiliyati oshadi. Agar moddiy texnika ta’minoti o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, avval fermer xo‘jaligining ish faoliyatiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, undan keladigan daromadga salbiy ta’sir etib, to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar o‘z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash kerak.




6.1.2-jadval.


Fermer xo‘jaliklariga moddiy resurslar yetkazib berish ko‘rsatkichlari tahlili (2005).









Mineral o‘g‘itlar




Dizel yonilg‘isi







Hududlar nomi

Shart-

Hajmi,

Haqiqat-

Shart-

Hajmi,

Haqiqat-










noma

tonna

da olindi,

noma

tonna

da olindi,










soni

tonna

soni

tonna






















Qoraqalpog‘iston

7861

29102

31625

5453

37950,9

38055







Respublikasi

























Andijon

3664

14656

12508

3006

120024

12754,2







Buxoro

6778

35652,4

35114

6842

67875

67625







Jizzax

9665

29362

29335

10025

49563

48978







Qashqadaryo

13424

19730

19730

14862

58921

58921







Navoiy

3300

13874

11131

3167

10186

9328







Namangan

4997

29630

28753

4428

18818

16051







Samarqand

7786

28632

28621

7683

20541

20542







Surxondaryo

2375

32870

32811

2364

15143

14714







Sirdaryo

6753

44210

41480,6

7913

38643

42253







Toshkent

5227

20865

2576,1

5205

19920,7

15981,9







Farg‘ona

6913

38837

33593

6081

26835

22426







Xorazm

7827

29814

32125

7777

25114

23422


































Jami

86570

367234,4

339402,7

84806

509534,6

391051,1







-64-


Shartnoma bo‘yicha mineral o‘g‘it va dizel yonilg‘isi olingan bo‘lib, shartnoma bo‘yicha respublika fermer xo‘jaliklariga 367,2 ming tonna o‘g‘it yetkazib berilishi kerak edi. Aslida 339,4 ming tonna yoki 27,8 ming tonna yetkazib berilmadi. O‘g‘it hisobiga hosilning uchdan bir qismi yaratilsa – haqiqatda ushbu hosil olinmay qoladi. Dizel yonilg‘isi bo‘yicha respublikadagi 125,7 ming fermer xo‘jaligidan 84,8 mingta fermer ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzgan. Shartnoma bo‘yicha 509,5 ming tonna yonilg‘i yetkazib berilishi kerak bo‘lsa, haqiqatda 391,0 ming tonna yoki 118,5 ming tonna ta’minlab berilmadi. Xo‘jalikning mahsulot ishlab chiqarish uchun moddiy resurslari yetarli bo‘lmasa, mahsulot hajmi ham oshmaydi. Shuning uchun, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishlari kerak.

2005-yilda respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklarida paxtachilikda hosildorlik 19,0 sentnerni tashkil etdi. O‘tgan 1993-2005- yillar ichida 1990-yilda olingan 27,7 s/gadan kamayish 1995-yilda 24 s/ga dan (3,7 s/ga yoki 13,4 %), 2000 -yilda 18,9 s/gacha (8,8 s/ga yoki 31,8%); o‘rtacha kamayishi esa 6,7 sentnerni tashkil qildi. Ushbu yillar ichida paxta hosildorligining keskin pasayishi ba’zi bir obyektiv va subyektiv omillar (almashlab ekish tizimining buzilishi, mineral va organik o‘g‘itlarni solish me’yorining kamayishi, suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonlashuvi va sho‘rlanish darajasining kuchayishi, agrotexnologik jarayonlarni o‘z muddatida sifatli o‘tkazmaslik, hasharotlar, o‘simliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kurashish) tufayli bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan davr ichida paxtachilikda hosildorlikning pasayishiga ta’sir etadigan eng asosiy 8 ta omilning 4 tasi joylarda o‘simliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashlarning yetarli darajada olib borilmasligiga ko‘proq bog‘liq ekan.


Ushbu holatning bir nechta obyektiv va subyektiv sabablari mavjud bo‘lib, eng asosiysi, hali joylarda o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish, hasharot va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish shoxobchalarining samarali faoliyat ko‘rsatmasligi, ularning yetuk va tajribali kadrlar bilan ta’minlanmaganligi natijasida belgilangan tadbirlarni talab darajasida olib borilmasligi; «O‘zkimyosanoat» kompaniyasi va hududiy «Qishloqxo‘jalik-kimyo» bo‘linmalari fermer xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarining tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini «biznes-reja»ga asosan, aniq hisoblangan me’yorlar bo‘yicha mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanmasliklari natijasida ro‘y bermoqda.


Yonilg‘i-moylash materiallari ta’minotida hududlar o‘rtasidagi katta tafo-vut, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan transh mablag‘larida vege-tatsiya davrlari bo‘yicha yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va



-65-

boshqa moddiy xarajatlar summasining to‘liq ko‘zda tutilmasligi yoki mablag‘larni xarajatlar turlariga nomutanosib tarzda taqsimlanishi; transh mablag‘larini haqiqatda qilingan sarf-xarajatlar bo‘yicha taqsimot ishlarida mahalliy hokimiyatlarning noqonuniy aralashishi va ba’zi bir boshqa xarajat turlariga ortiqcha mablag‘larni o‘tkazib yuborishlari; joylarda paxta va g‘alla maydonlarida yuqori hosil olish uchun qo‘shimcha agrotexnika tadbirlarining o‘tkazilishi yoki tabiiy ofatlar natijasida qo‘shimcha maydonlarga qayta ekin ekish jarayonlari uchun zarur miqdorda yonilg‘i-moylash materiallari ta’minotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasligi; joylarda fermer xo‘jaliklari tomonidan yonilg‘i-moy-lash materialari uchun o‘z vaqtida pul mablag‘larining o‘tkazib bermasligi sa-bab bo‘lmoqda.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining yonilg‘i-moylash materiallariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini kamaytirish maqsadida, 2004 -yildan boshlab yonilg‘i-moylash materiallarini fond orqali taqsimot usuli bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun ortiqcha yonilg‘i-moylash materiallarini fond orqali taqsimot usuli bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun ortiqcha yonilg‘i-moylash materiallarini tovar xomashyo birjasi orqali sotilishi yo‘lga qo‘yildi.


Agroservis xizmati ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishda asosiy masala, ya’ni ularni qay darajada mijozlarga yaqin va qulay masofada joylashganligi hisoblanib, bunda buyurtmachilarning xizmat xarajatlarining tejalishi, barcha xizmatlarning arzon, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga erishiladi.


Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari o‘z hududlarida fermer xo‘jaliklarini turli xil servis xizmatlariga bo‘lgan talablarini muntazam kuzatib borishga ixtisoslashgan marketing bo‘limlarini tashkil etib, ular dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi zarur.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə