A. A. Toshboyev


BOB TAKOMILLASHTIRISH



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə40/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137
O

BOB

TAKOMILLASHTIRISH















7.1. Infratuzilma va uning fermer xo‘jaligida tutgan o‘rni


Infratuzilma (lotincha infra - quyi, struktura-joylashuv, tuzilish) – turli-tuman xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta’minoti, suv bilan ta’minlash, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalarni o‘zi ichiga oladi.

Ishlab chiqarishning hajmi o‘sishi bilan qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslari, elektroenergiya, transport, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash joylariga bo‘lgan talab oshadi. Qishloq xo‘jaligining ta’mirlash – texnik xizmati, moddiy –texnika ta’minoti, zooveterinariya, agrokimyo servis xizmati kabi xizmatlar darajasi o‘sadi. Bu jarayondan samarali foydalanish tarmoqlari va xizmatlari iqtisodiyotda infratuzilma deb yuritiladi.




Infratuzilma bu – iqtisodiy va ijtimoiy ishlab chiqarish uchun me’yoriy shart-sharoitlarni ta’minlovchi majmuadir. Bu ishlab chiqarish uchun texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarning samarali ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma fermer xo‘jaliklari mablag‘lari, mehnat resurslari, xizmat qiluvchi tuzilmalarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bunda agrokimyo, zooveterinariya, axborot konsalting xizmatlariga katta e’tibor beriladi. Infratuzilma fermer xo‘jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligi o‘sishining eng muhim omili hisoblanadi.

Fermer xo‘jaliklarini sanoatlashtirish va kimyolashtirishga melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillarini tez sur’atda o‘sishiga mablag‘ resurslaridan samarali foydalanish tizimi tashkil etilishi hisobiga erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning ahamiyati katta. Fermer xo‘jaligi uchun material, resurslar, texnika bilan ta’minlovchi davlat tuzilmasi yo‘q. Shuning uchun moddiy ishlab chiqarish infratuzilmaning fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qilish faoliyati kamayib bormoqda. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Lekin, mahsulot ishlab chiqarmaydigan tarmoqlarda samaradorlikni kamaytiradi. Infratuzilma fermer xo‘jaliklari uchun kadrlar tayyorlashga ham yordam beradi.


Infratuzilmaga kiradigan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin ishlab chiqarishda o‘ziga xos o‘rin egallaydi.



-75-

Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini industrlashtirish va ixtisoslash-tirishning rivojlanib borishi natijasida qishloq xo‘jalik korxonalarida moddiy resurslar bilan ta’minlanish, texnikani ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish, o‘g‘it solish, melioratsiya ishlarini bajarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha tarmoqlar vujudga keldi. Fermer xo‘jaligining barcha tarmoqlarini to‘liq industrlashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kimyolashtirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, melioratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Fermer xo‘jaligi tarmoqlarida ko‘p qirrali xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar rivojlantirilib, bozor iqtisodiyotiga mos quyidagi muammolar hal etilmoqda:





  1. Tuproq unumdorligini oshirish. 2. Seleksiya ishlarini tashkil etishni tubdan yaxshilash. 3. Har bir ekin o‘z tabiatiga mos ravishda tegishli agrotexnologiyaga amal qilishni talab etadi. 4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muammolarini ko‘rib chiqish.

Fermer xo‘jaliklariga agrotexnika xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, texnikalardan samarali foydalanish maqsadida, MTP, muqobil mashina traktor parklari tuzildi. Bu parklarda barcha haydov traktorlarining 43%i, don va sholi o‘rish kombaynlarining 48% bugungi kunda yer haydash bo‘yicha 60%, g‘alla yig‘ib olish bo‘yicha 55% ishlarni bajarmoqda. Hozircha, parklar qudratli kuchga aylangani yo‘q. Shuning uchun mashina-traktor parklari tizimining faoliyatini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini vujudga keltirishda servis xizmati ko‘rsatish shoxobchalarini tuzish maqsadga muvofiqdir.


Fermer xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirishda, infratuzilmalarni qayta bo‘lib, fermer xo‘jaligida xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish zarur. Xizmatlar bozoridagi infratuzilmalar quyidagilardan iborat: agrorximiya xizmati, seleksiya xizmatlari, urug‘chilik, MTP xizmatlari, yonilg‘i-moylash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, transport xizmatlari, uskunalar lizingi, ulgurji birjalar, birjalar bozori, moliya-kredit tizimi va boshqalar.


Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish davlat dasturi infratuzilma tarmoqlarini yanada takomillashtirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va kelgusida servis xizmatlarini yaxshilash orqali mahsulot hajmini oshirishga qaratilgan.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə