A. A. Toshboyev


Fermer xo‘jaligida agrokimyo servis xizmati va uning vazifalari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə42/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137
O

7.3. Fermer xo‘jaligida agrokimyo servis xizmati va uning vazifalari

1979-yildan boshlab mamlakatda yagona agrokimyo xizmatini tashkil qilish maqsadida «Qishloqxo‘jaliktexnika» davlat komiteti tarkibidan barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek, qishloq xo‘jalik vazirligiga qarashli qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatuvchi tarmoq agroximbirlashma, agroximtrest, maxsus bo‘lim, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish loyiha tadqiqot bo‘limi, agroximiya laboratoriyalari, tuman agroximiya markazi, mexanizatsiyalashgan otryad, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish texnika bazasi obyektlari, «Soyuzqishloqxo‘jalikkimyo» birlashmasi tarkibiga berildi.


«Soyuzqishloqxo‘jalikkimyo» birlashmasi tarkibiga kiruvchi «Qishloq-xo‘jalikkimyo» birlashmalari har bir viloyat, tuman va tumanlararo tashkil etilishi qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishda tub burilish yasadi.


2004-yilga kelib kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Bu Qarorga ko‘ra, «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik birlashmalari «O‘zkimyosanoat» DAK tarkibiga qo‘shib berildi.



-79-


«O‘zkimyosanoat» DAKning moddiy resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishining bugungi kundagi faoliyati quyidagicha bo‘lib, unda 12 viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» XAJ va uning 172 ta filiali, shundan 154 tasi tumanlarda va 18 tasi tumanlararo filiallari bo‘lib, 172 ta filialning 129 tasida omborxonalar mavjud. Ularning soni 519 ta bo‘lib, quvvati 1108,6 ming tonna, 115 ta filialdagi 237 ta omborxona to‘liq zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda ammiakli selitra saqlanmoqda. 43 ta tuman filiallarida ixtisoslashgan agrokimyo servis xizmati tashkil etilgan. Fermerlarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun 2005-yilgacha 513 ta shoxobchalar tashkil etilgan bo‘lib, uning quvvati 478,3 ming tonnadir. Shoxobchalar sonini 2006-yilda 741 taga yetkazish va mineral o‘g‘it sotishni 136923 mln. so‘mga, 2007-yilda 891 ta va 176959 mln. so‘mga yetkazish hamda quvvatini 827,8 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Hududiy markaziy omborxonalardan sof holda 23056 tonna azotli, 22288 tonna fosforli va 4359 tonna kaliyli o‘g‘itlarni tashish rejalashtirilgan bo‘lib, ularni tashish uchun 3207 ta traktor tirkamalari bilan, 1402 ta yuk avtomobili, shoxobchalardan 17860 tonna azotli, 20290 tonna fosforli va 2608 tonna kaliyli, o‘g‘itlarni tashib berish uchun esa 1918 ta traktor tirkamasi bilan 853 ta yuk avtomobili zarur ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun kompaniya oldida turgan asosiy vazifa xo‘jaliklarga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Agrokimyo servis xizmatini tashkil etish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishi va faoliyatidagi xizmatlarning samarali istiqbolli yo‘nalishlariini amaliyotga tatbiq etish zarur. Shuning uchun agrokimyo servis xizmati ko‘rsatishni jadal sur’atlarda olib borish bo‘yicha qilinayotgan tadqiqotlar va amaliy tajribalarni umumlashtirgan holatda bir butun rivojlantirish istiqbollarini belgilash zarur. Bozor munosabatlarida shakllangan respublika iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo servis xizmat ko‘rsatishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish davri boshlandi.

Qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral, organik o‘g‘it berish va zaharli ximikatlardan foydalanish hamda agrokimyoservis xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida bir qator olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borib, ko‘pgina masalalarni ijobiy hal etgan. Rossiyalik olimlardan L.M. Derjavin, V.A. Zaxarenko, V.V. Tokarev, N.N. Baronov, A.M. Artyushin, A.S. Mishelova, M.M. Alibekov, N.A. Dorofeyeva; O‘zbekistonlik olimlardan K.A. Xasanjonov, K.A. Choriyev, X.J. Xo‘jaqulov, A.J. Toshboyev, A.Mamadaliyev, A.Boymuhammedov, M.A. Sagatova, B.O. Mo‘minovlar shu borada tadqiqotlar olib borishgan.



-80-

Respublika qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishning iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi bugungi kunda ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Bizning fikrimiz bo‘yicha respublikada mulkchilik munosabatlari shakllanib, xo‘jaliklar soni bir necha barobarga ortib borishi, azotli o‘g‘itlardan qat’iy nazorat orqali foydalanish sababli mineral o‘g‘itlar va ximikatlardan foydalanishning ustivor yo‘nalishlarini izlab topib, amaliyotga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, fermer xo‘jaliklari ustivor yo‘nalish bo‘lib, uning soni yildan yilga ko‘payib, mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalarning xarid bahosining keskin ortib borishi hamda me’yor bo‘yicha yetishmasligi sababli xo‘jaliklarda va hududlarda raqobatbardosh agrokimyo servis xizmatlarini shakllantirish zarur. Unda kimyoviy ishlov berish, mineral va organik o‘g‘itlarni tashish, ishlatish, ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha agroximkartogramma asosida ishlov berish, monitoring olib borish, dilerlik konsalting xizmatlarini tashkil etish, kimyoviy vositalarni saqlash va ishlatish orqali hosilni oshirish bo‘yicha servis xizmatlari tashkil etilmoqda.


Qishloq xo‘jalik korxonalarida agrokimyo servis xizmat ko‘rsatishning zaruriyati agrokimyo servis xizmat ko‘rsatish korxonasi qishloq xo‘jalik subyektlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan iborat. Qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarishning natijasi unga juda bog‘liq.


Qishloq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish darajasiga e’tibor beriladi. Yangi shakldagi qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish bevosita yerlarni rejali unumdorligini oshirish bilan bog‘liq. Mineral o‘g‘itlarning iste’molchisi bo‘lgan o‘simlikchilik tarmog‘ining asosiy turi – paxtachilikdir. Paxta ko‘p mineral o‘g‘it talab etuvchi o‘simlikdir. O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 1965-yilda paxta bo‘yicha–2072,5 ming tonna fizik og‘irlikda bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib azotli o‘g‘itlar– 303,0, fosforli o‘g‘itlar–88,0, kaliyli o‘g‘itlar–37,0 ni tashkil etadi.


Yerga ishlov berish va pestitsidlarni ishlatish xususiyati qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish yo‘nalish tartibini asoslab beradi. Bu jarayon barcha ko‘riladigan choralarga bog‘liq. Rivojlangan davlatlarning ilmiy agrokimyoviy ta’minoti ilmiy-tekshirish tashkilotlari, xususiy tashkilotlar, davlat budjeti va fermerlar tomonidan moliyalashtiriladi. Agrokimyoviy ishlab chiqarish xizmatiga ixtisoslashgan kimyoviy kompaniya va tashkilotlar qishloq xo‘jalik korxonalari va bevosita fermerlarga xizmat ko‘rsatadi.


MDH davlatlarida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish davlat va kooperativ agrokimyoviy markaz rivojlanishiga bog‘liq. Davlatimizning katta e’tibori



-81-

asosida kimyolashtirish, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish oxirgi ikki o‘n yillikda yetarli darajada rivojlandi.

AQSHda o‘g‘it ishlab chiqarish darajasi MDH davlatlariga nisbatan 15 yil ko‘proq tajribaga ega. 1972-yilda MDH davlatlari jahonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq birinchi o‘ringa chiqib oldi. MDH davlatlaridagi kimyolashtirishning katta qismi qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni ixtisoslashtirish va biriktirishni talab qildi. Bu davlat chiqargan qishloq xo‘jalik texnika tizimining birinchi bosqichi qishloq xo‘jalik korxonalarini kimyolashtirish vositalari va ta’minot funksiyasi bilan shug‘ullanuvchi uncha katta bo‘lmagan agrokimyoviy ishlarni ta’minlaydi. Davlat qishloq xo‘jalik texnika ishlari tizimida agrokimyoviy xizmat xodimlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish natijasidan manfaatdor. Kimyolashtirish ishlari sifati, muddatlarning buzilishi, kuchi, o‘g‘itlarni tashish imkoniyati, uni saqlash va joylashtirish muammolari hal etilmasa o‘g‘itni ishlatish samaradorligi (qaytimi)ga ta’sir etadi.


Yana bir katta yetishmovchilik bor va bu o‘g‘itning yo‘qolishiga olib kela-digan ombor hajmining yetishmovchiligidir.


Davlat qishloq xo‘jalik texnika tizimi faoliyatida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish natijasiga bo‘lgan qiziqishni shakllantira olmadi. Bular agrokimyoviy xizmatlarni past daraja-ga olib keldi. Muddatlarning buzilishi, kuchining pastligi, o‘g‘itlarni yetka-zib berish, ularni saqlash va yetkazish sharoitlari davomida vositalarni qabul qilingandan keyingi qaytimining unchalik katta emasligi, bundan tashqari, kimyoviy vositalarni yetkazib berish hajmi va ulardan foydalanish uchun ba-zaga yetkazib berish o‘zaro mos kelmadi. Kimyoviy o‘g‘itlarni solish ishlari-ni mexanizatsiyalash muammosi sekin hal qilinmoqda. O‘g‘itning aralash-masini to‘liq yetkazib berish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.


Kimyolashtirishning material texnikaviy bazasini shakllantirishdagi yetishmovchilikdan tashqari, uning samarasiz ishlatilishi ko‘proq o‘simlikchilikda agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning kuchsi-zligiga bog‘liq.


Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi tizimdagi uzoq bo‘lmagan vaqtga amal qiluvchi o‘zaro idoralararo aloqa boshqarishda qiyinchilik tug‘diradi, vosi-talarni sotish vazifasini bajarish va qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishning barcha jarayonida oxirgi natija samarasini pasaytirishga olib keladi.


O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi islohotlar sharoitida agrokimyoviy xiz-matning roli pasaymadi. Regional kimyoviy vositalardan foydalanish javob-garligining barchasi agrokimyoviy ta’minotga yuklandi.



-82-

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishning ilmiy-uslubiy ta’minoti bilan birikishi asosida amalga oshirila-di, ishning sezilarli qismi qishloq xo‘jalik korxonalariga agrokimyoviy ishlab chiqarish xizmatini amalga oshiruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘p shakl-dagi funksiyani bajaruvchi o‘simlikchilik o‘sishida bevosita ishtirok etuvchi texnologik operatsiyalarni bajarishda «Agrokimyota’minot» bilan qishloq xo‘jalik korxonalari o‘rtasidagi alohida ishlab chiqarish iqtisodiy munosabat-lar orqali amalga oshiriladi. «Agrokimyota’minot» birlashmasi qishloq xo‘jalik korxonasiga ilmiy ishlab chiqarish va ishlab chiqarish agrokimyoviy xizmatini ko‘rsatadi.

Ishlab chiqarish, yetishtirish operatsiyalari ichidagi eng muhimlari qu-yidagilar:




1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə